1936-yili To‘rtko‘lda tug‘ilgan. 1959-yili Toshkent tibbiyot institutining tibbiyot fakultetini tamomlagan.

Faoliyatini jarroh sifatida Mo‘ynoq tumanida boshlagan. 1960-yillar Mo‘ynoq tuman shifoxonasi bosh vrachi bo‘lgan.

1970-yillarda Qoraqalpog‘iston ASSR sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan. 1981–1986yillarda O‘zbekiston SSR sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan.

2004-yilga qadar Xudoyberganov akademik Vosit Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.