Foydalanuvchi:Abdulazizabdullayevv/qumloq
“Mikrokreditbank” ATB tizimida jismoniy shaxslar uchun “Mobile Banking” xizmat turi ishga tushirildi. Bunda mijoz mobil telefon apparati orqali istalgan joydan o‘z hisob raqamini boshqarishi va nazorat qilishi mumkin.
"Mavrid" ilovasi foydalanuvchilarga ishonchli va xavfsiz xizmat ko‘rsatadi.
Jumladan:
— 3 million so‘mgacha bo‘lgan p2p o'tkazmalarini bepul amalga oshirish;
— plastik kartochkani onlayn buyurtma qilish va boshqarish;
— omonat hamda kredit xizmatlaridan foydalanish mumkin.
Ilova 24/7 rejimda qulaylik taqdim etadi.
TIZIM IMKONIYATLARI:
- uyali aloqa operatorlari va shahar telefoni xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- internet provayderlar va raqamli televideniyelar xizmatlari uchun to‘lovlar;
- kommunal to‘lovlarini (elektr energiya, uztransgaz, toshissiqquvvat, suvsoz, maxsustrans) amalga oshirish;
- iste’mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- hisobraqamlar holatini ko‘rish va to‘ldirish;
- omonat qoldiqlari va unga hisoblanayotgan foizlar bo‘yicha ma’lumotlar olish;
- onlayn Smart Vista plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari bo‘yicha ma’lumotlar olish;
- byudjetga to'lovlar;
- mablag'larni kartadan kartaga kontaktsiz o'tkazish.
TIZIMNI O‘RNATISH VA FOYDALANISH
Jismoniy shaxslar masofadan xizmat ko‘rsatish tizimida quyidagi usulda foydalanishlari mumkin: tizimning “Mobile Banking” ilova dasturida ishlashi uchun internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi Android va IOS tizimida ishlovchi smartfon telefon apparati yordamida Play Market yoki App Store ilovalaridan “MAVRID" (logo belgisiga ega) yuklab olinadi.