Tabobat ilmining sultoni Ibn Sino va uning hayot yo'li

Buyuk mutafakkir, faylasuf, tibbiyot, falakiyot sohasining bilimdoni va tilshunos olim Abu Ali ibn Sino barcha davrlarda o’tgan olimu-ulamolar ichida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. U insoniyat tarixida yorqin chuqur iz qoldira olgan buyuk dahodir.

Bolalik va yoshlik yillari

Abu Ali ibn Sino (to’liq ismi Abu Ali Husayn ibnAbdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino) 980 yil 21 avgust kuni Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida dunyoga keldi. Uning otasi mansabdor shaxs bo’lib, o’z obro’siga ega bo’lgan.

Ularning oilasi Buxoroga ko’chib kelgandan keyin yosh, biroq ilmga chanqoq Husayn uchun ilm olishga keng imkoniyatlar eshigi ochildi,chunki Buxoro poytaxt shahar bo’lib, u yerga saroy kutubxonasidan foydalanish uchun turli soha vakillari – faylasuflar, tabiblar, shoirlar tashrif buyurar edilar.

Ibn Sino erta bolalik chog’laridanoq qiziqqonligi bilan ajralib turar, kattalarni o’z savollari bilan qiynab yuborar edi. U avvaliga oddiy musulmon maktabida 10 yil davomida tahsil oldi. Maktab dasturidan tashqari Husayn qo’shimcha ravishda savodxonlik, arab tili, stilistikani o’rgandi. Husayn 10 yoshligida Qur’oni Karimni butunlay yod oldi, qori darjasiga erishdi.

Husaynning atrofidagilar iqtidorli o’smirning erishgan yutuqlaridan hayratga tushar edilar. Otasi o’g’liga yanada kuchliroq ta’lim berish uchun uni maktabdan chiqarib olib, uyga alohida bilimi kuchli muallimni yolladi. Bu muallim ulug’ yoshdagi qariya bo’lib, Husaynga fizika, astronomiya, falsafa, geogafiya va boshqa shu kabi fanladan chuqur ta’lim berdi.

Husayn oilada yolg’iz farzand emas edi, uning ukasi ham bor edi. Otasi o’g’illarining ruhiy tarafdan ham bekamu ko’st bo’lishlariga e’tibor berar edi.

Ko’p o’tmay zehni o’tkir Husayn o’quvchi bo’lishiga qaramasdan, uy muallimi bilan bir darajadagi ilmga ega bo’ldi, shundan keyin u turli xil fanlarni mustaqil ravishda o’rganishga kirishdi. Bilim darajasida kattalarni ham ortda qoldira oladigan Husayn 14 yoshida tabobat bilan qiziqa boshladi. Shahardagi barcha ilmiy asarlarni o’qib-o’rgandi, ushbu sohaning sir-asrorlarini o’rganish uchun eng og’ir bemorlarni borib ko’rdi. Ibn Sinoning tabobat bilan shug’ullanishiga o’sha davrning tabibi va tabobat darsligining muallifi – Abu Sahl Masihiy sabab bo’ldi. Bir kuni saroyda noodatiy holat yuz berdi: mamlakat amiri kasal bo’lib qoldi, biroq saroy tabiblaridan birortasi uni davolay olmadi. Shunda amirni davolash uchun yosh Ibn Sino taklif qilindi. U esa o’z navbatida to’g’ri tashhis qo’yib, kasallik turini aniqlay olgan va amirni muvaffaqiyatli davolagan. Bu paytda Husayn 17 yoshda edi, shunga qaramasdan u amirning shaxsiy tabibi etib tayinlandi.

Ibn Sino saroydagi yangi kitoblarni o’qib, chuqur bilim olishni davom ettirish bilan birga o’z shogirdlarini ham yetishtira boshladiva shu bilan birga 18 yoshda bo’lishiga qaramasdan Sharq va O’rta Osiyoning buyuk olimu-ulamolari bilan bahslasha olgan.20 yoshida Ibn Sino bir necha kitoblar yozib ulgurgan edi:                                                                      1.Katta entsiklopediya                                                                                                              2.Etikabo’yicha nashr                                                                                                                 3.Tabobat lug’ati

Biroq boshlangan urush shahardagi tinchlikni buzdi. Buxoro turk qabilalari tomonidan ishg’ol qilindi. Poytaxtda vayronalar, yong’inlar avj oldi. Husaynning otasi aynan shu davrda halok bo’ldi, va u savdo karvonlariga qo’shilib, Xorazmga yo’l oldi.

Tabobat

Xorazmda yosh tabib ko’plab do’stlar orttirdi, ko’p o’tmay esa uning ustozlari Masihiy va Beruniy ham yetib keldilar. Mahalliy shahar hokimi saroyda olimlarning yig’ilishib, samarali muloqot qilishlariga izn berar va shu bilan ilm-fan rivojiga hissasini qo’shar edi.

Shu yo’sin Husayn va uning safdoshlari bir necha yillar davomida ilm-fan tadqiqotlari va ishlari bilan xotirjam shug’ullandilar. U davrlarda inson tanasining tuzilishini o’rganish maqsadida o’lgan odamlarning jasadini yo’rish ta’qiqlangan edi. Bu qonunni buzgan inson o’lim jazosiga mahkum qilinar edi, biroq Ibn Sino va Masihiy bu ishni xufyona qilib yurdilar. Biroz vaqt o’tgach, bu ikki olimni poytaxtga sulton huzuriga chaqirib qoldilar. Bunday chaqiruvlar olim va shoirlarni qatl qilish uchun uyushtirilar edi.

O’lim daragini sezgan ikki tabib qochishga qaror qildilar. Ular cho’ldan yurib borar ekanlar, qum bo’roniga duch kelib qoldilar, yo’ldan adashib, suv va ovqatsiz qoldilar. Keksa yoshdagi Masihiy bunday og’ir sharoitga bardosh bera olmay vafot etdi, Ibn Sino esa bu qiyin sharoitni yengib o’ta oldi. U uzoq yillar davomida jahldor sulton qahridan qochib, berkinib yurdi, ismini o’zgartirib, ishini davom ettirdi va kitoblar yozdi.

1016 yilda Ibn Sino Xamada shahrida qo’nim topdi. U paytda bu yerlarni savodi kam bo’lgan amirlar boshqargan, bu narsa esa Ibn Sinoga juda qo’l kelgan. Bu yerda u mahalliy amirning bosh tabibi lavozimini egalladi hamda bosh vazir unvoniga ega bo’ldi.

Xamada shahrida yashar ekan Husayn o’zining asosiy ishi – “Tib qonunlari” nomli kitobini yozib tugatdi. Ushbu kitob beshta tomdan iborat:                                                        

*1-tom: tibbiyot ilmi – o’tkir va surunkali kasalliklarning ta’rifi, ularning tashhisi, davolanishi, jarrohlik.

*2-tom: tabiiy giyohli dorilar haqida hikoyalar.

*3- va 4- tomlar: inson tanasidagi kasalliklar, a’zolardagi sinishlarni davolash bo’yicha tavsiyalar.

*5-tom: Ibn Sino tarafidan mustaqil tayyorlangan murakkab tarkibli dorilar xususiyatining ta’rifi hamda Yevropa va Osiyodagi qadimgi tabiblarning yozuvlaridan manba sifatida foydalanilganligi.

Ibn Sinoning aniqlashicha, viruslar infektsion kasalliklarning qo’zg’atuvchisi hisoblanadi, biroq bu faraz 800 yildan keyingina fransuz olimi Paster tomonidan tasdiqlandi.

Ibn Sinoning tomir urishi haqidagi falsafasi ham diqqatga sazovordir. U kitobida bu haqda kengroq ma’lumot bergan. Olim shuningdek, o’lat, gepatit, vabo va boshqa shu kabi kasalliklarga birinchilardan bo’lib, ta’rif bergan.

Qisqa davr ichida Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobi barcha mamlakatlarda foydalanadigan dunyo miqyosidagi entsiklopediyaga aylandi.

Falsafa

Afsuski, Ibn Sinoning ko’pgina qo’lyozmalari yo’qolib ketgan yoki o'sha davrning kam savodli tarjimonlari tomonidan noto’g’ri tarjima qilingan. Bu narsa uning falsafiy fikrlari haqidagi tushunchani o’zgartirib yuborgan. Biroq uning ba’zi qo’lyozmalari saqlanib qolingan:

1.Oliy.

2.O’rta.

3.Pastki

Adabiyot va boshqa ilmlar

Ibn Sino ba'zi jiddiy mavzularga she’riy tomondan yondoshgan. Shunday ishlarga “Muhabbat ta’rifi”, “Hay ibn Yakzan”, “Qush” vaboshqa shu kabi asarlar kiradi.

Olim shuningdek, psixologiya sohasiga ham katta hissa qo’shdi. U insonning mijozlari (issiq, sovuq, ho’l va quruq) masalasi bo’yicha o’z ta’limotini ishlab chiqdi. Olim mexanika, musiqa sohalariga ham o’z hissasini qo'shdi.

Ibn Sinoning kitob va qo’lyozmalari haqidagi ma’lumotlar turli manbalarda turlicha keltirilgan. Ba’zi tarixchilar uning kitoblari 453 ta desa, arab adabiyotlarida olimning 10ga yaqin ishi mavjud (astronomiya, kimyo va boshqa mavzularga oid). Hozirda bularning hammasi dunyoning turli mamlakat kutubxonalarida saqlanadi.

Shaxsiy hayoti

Afsuski, Ibn Sinoning shogirdlari yozib qoldirgan manbalarda buyuk olimning shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlar keltirilmagan. Faylasuf, olim va shoir bo’lmish Ibn Sino tarafidan yozilgan ko’plab poemalarda ayol go’zalligi, uyg’unlik va mukammallik kuylangan. U  hayoti davomida ko’h sayohat qilgan, muqim bir yerda yashamagan, shuning uchun uni bir oilaning boshi bo’lgan, deb aytish qiyin.

Vafoti

Ibn Sino juda boy ilmiy hayot yo’lini bosib o’tdi. U yuksaklikka ko’tarildi, pastga ham tushdi. Vatanidan qochib chiqib ketgan Ibn Sinoga o’z ona yurtiga qaytib kelish nasib etmadi, 1037 yilda begona yurtda vafot etdi. Buyuk ilm namoyondasi Hamaron shahrida dafn etildi, 8 oydan so’ng esa uning jasadi Isfaholga ko’chirib olib kelinib, shu yerga dafn etildi.