O‘zbek Vikipediyasida til islohotlari loyihasi

Kirish

tahrir

Ensiklopedik maqolalar yozish uchun til qoidalariga qat'iy amal qilinishi zarur. Lekin o‘zbek tili bilan bog‘liq bir qancha muammolarga duch kelayotganimiz uchun til islohotlari o‘tkazishni taklif qilaman. Ushbu til islohotlari o‘zbek vikipediyasida qo‘llaniluvchi o‘zbek tili grammatikasini standartlashtirishga xizmat qiladi, degan umiddaman.

Til islohoti faqat Vikipediya uchun!

tahrir

Taklif qilinayotgan islohotlar mavjud til qoidalariga mos kelmasligi mumkin. Shuning uchun bu islohotlar faqat Vikipediya sarhadlarida qo‘llanilishi kerak. Zero bizning maqsadimiz o‘quvchilarga qulaylik yaratishdir, aslo mavjud til normalarini o‘zgartirish emas.

Takliflar

tahrir

Quyida til islohotlarini tashkil etuvchi takliflarni keltiraman, o‘z fikringizni qoldirishingiz mumkin.

1. Ism-shariflar

tahrir

Agar biror shaxsning ona tili lotin yozuviga asoslangan bo‘lsa, o‘sha shaxsning ismini hech qanday transkripsiyaviy o‘zgartishlarsiz yozish kerak. Masalan: Isaac Newton (Isaak Nyuton emas), Albert Einstein (Albert Eynshteyn emas) va hk. Albatta, maqola ichida bu ism-sharifning o‘qilishi keltirilishi zarur. Qolaversa, traskripsiyaviy ismlarni ham ta'qiqlash kerak emas, balki shunday maqolalarni asl ismli maqolalarga yo‘naltirish lozim (masalan, Isaak Nyuton maqolasi Isaac Newton maqolasiga yo‘naltirilgan). Istisno: agar ism-sharif egasining ona tili turkiy bo‘lsa, u holda shu ism-sharif o‘zbekcha yoziladi. Masalan: Ümit Davala emas, balki Umid Davala; Abdullah Gül emas, balki Abdulla Gul va hk.

Fikrizga qo'shilaman, lekin istisnoga qo'shilmayman. Abdullah Gül ning o'qilishi Abdulla Gul emasligni hamma yaxshi biladi, turkiy til bo'lgan bilan o'zbek va turk yoki qozoq tilllari o'rtasida farqlar bor. Shuning uchun bu tillardagi xususiy ismlarni ham qanday bo'lsa shundayligicha yozish maqsadga muvofiq deb o'ylayman - Bien 17:09, 23 Avgust 2007 (UTC)

Bahsli savol. Gap shundaki, qardosh tillarga oid ayni ism o'sha oiladagi har tilga moslashtirib yoziladi, biz ham shunday qilsak, devdim. --Abdulla 08:15, 24 Avgust 2007 (UTC)

2. Administrator

tahrir

Administrator so‘zini Ma'mur so‘ziga almashtirishni taklif qilaman. O‘z variantlaringiz bo‘lsa, iltimos, yozib qoldiring.

-Fikrimcha "administrator" qanday boʻlsa, shunday qolgani maʼqul. Asror 23:05, 16 Aprel 2008 (UTC).

3. Shablon

tahrir

Shablon so‘zini Qolip so‘ziga almashtirishni taklif qilaman. O‘z variantlaringiz bo‘lsa, iltimos, yozib qoldiring.

-"Andoza" desak qanaqa boʻladi? Qolip ham toʻgʻri keladi.Asror 23:07, 16 Aprel 2008 (UTC).

4. Kategoriya

tahrir

Kategoriya so‘zini Turkum yoki Toifa so‘zlaridan biriga almashtirishni taklif etaman. O‘z variantlaringiz bo‘lsa, iltimos, yozib qoldiring.

-"Turkum" maʼqul. Asror 23:07, 16 Aprel 2008 (UTC).