Foydalanuvchi:Abdurayimova Mashhura/qumloq

Ozod Sharafiddinovning " Ona tilimiz"ga bagʻishlangan maqolalari toʻgʻrsida

tahrir

Abdurayimova Mashhura Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi

Annotasiya: Ushbu maqola publitsist va adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinovning " Ona tilimiz"ga bagʻishlangan maqolalari asosida tayyorlandi. Unda tilimizning qadr-qiymati, millat hayotidagi oʻrni,etimologiyasi, rang-barangligi va OAVdagi diktor, jurnalistlar nutqidagi xatoliklar tanqid ostiga olinganligi xususida soʻz yuritiladi.

Аннотация: Данная статья подготовлена ​​на основе статей публициста и литературоведа Азода Шарафиддинова, посвященных «Нашему родному языку». В нем говорилось о ценности нашего языка, его месте в жизни нации, его этимологии, многообразии, а также о том, что были подвергнуты критике ошибки в речи дикторов и журналистов в средствах массовой информации.

Annatatsion: This article was prepared based on the articles of Azod Sharafiddinov, publicist and literary critic, devoted to "Our mother tongue". It spoke about the value of our language, its place in the life of the people, its etymology, diversity, and the criticism of the mistakes in the speech of announcers and journalists in the mass media.

Kalit soʻzlar: til birligi, millat tushunchasi, adabiyotshunos, etimologiya, oʻzlashma soʻzlar, yangi soʻzlar, sayohat jurnalistikasi, tanqid, mulohaza.

Kirish qism: Millat uchun asosiy omil bu tildir. Ona tilimizni bugungi va ertangi kuni haqida qaygʻurish va uni sofligicha asrab qolish har birimizning insoniy burchimiz. " Har gal ona tilimiz bilan uchrashish men uchun ulugʻ bayram, ona tilim bilan muloqotga kirishish, uning toʻgʻrisida mulohaza yuritish menga cheksiz huzur baxsh etadi. Bir zamonlar bizga dorilfununda millatning nima ekanligini oʻrgatishib, uning eng asosiy belgilaridan biri til birligidir, butun xalqning bir mushtarak tilga ega ekanligidir, deb uqtirishgan edi" . Albatta, til birligini teran anglay olgan insongina millat tushunchasini chuqur his qila oladi va uning ertangi kuni haqida qaygʻuradi. Ozod Sharafiddinovning Ona tilimizga bagʻishlangan maqolalarida ham koʻproq tilimiz ahvolidan qaygʻurish hissi yaqqol koʻzga tashlanadi. Chunki adabiyotshunos, avvalo, ziyrak kuzatuvchi sifatida tilimiz haqidagi fikr-mulohazalarni, jarayonlarni, bevosita faoliyatlarni ham birma-bir gʻalvirdan oʻtkazib boradi. Uning tarixini gʻaliz, tushunarsiz, chigal deb bilganlarni esa suzishni bilmagan odamning suvni koʻrib vahima qilishiga oʻxshatadi. Bu oʻxshatish aynan turkiy tilimiz asoschisi Alisher Navoiy asarlari tushunishga va oʻrganishga erinayotganlarga juda mos keladi. Aslida ham shunday: nimaniki oʻrganish, tushunish qiyin boʻlsa, uni gʻaliz, tushunarsiz deb jar solish oson, ammo bu degani ona tilimizga tosh otish degani emas nazarimda. Shu oʻrinda adabiyotshunos ona tilimizning etimologiyasi, oʻzlashma soʻzlarning nutqimizdagi ahamiyati, gazetani roʻznoma, jurnalni mahallada, arxeologiyani qadimshunoslikka almashtirishga urinib chiranayotganlar xususida shunday deydi:  — "Gap shundaki, til zinhor-bazinhor zoʻravonlikni koʻtarmaydi, sun'iylikka toqati yoʻq. Undagi lugʻat boyligini dekretlar yoʻli bilan koʻpaytirib ham, ozaytirib ham boʻlmaydi. Yuzlab, balki minglab soʻzlar borki, ular oʻzbek tiliga qanday kirgan boʻlsa shunday oʻrnashib qolgan — uni bugun ombir bilan ham sugʻurib olib tashlay olmaysiz". Ushbu fikrlar bugun ham oʻz dolzarbligini yoʻqotgan emas, faqat oʻzlashma soʻzlardan foydalanish, yangi soʻzlarning nutqimizga kirib kelishi biroz boshqacha tus olgan. Ya'ni, yangi kirib kelayotgan chet el soʻzlari yoki endi oʻzlashayotgan oʻzlashma soʻzlardan foydalanib soʻzlashish zamonaviylik, zamondan ilgarilab ketgandek koʻrinish vositasiga aylangan. Misol uchun: " sayohat jurnalistikasi" emas, " travel jurnalistikasi", "mavzu" oʻrnida "tema" yoki "tadbirkor ayol" demasdan, "biznes women" yoshlar orasida esa "qisqasi" demasdan "karochi" kabi.

Asosiy qism: Ozod Sharafiddinov Ommaviy axborot vositalarini ham doimiy ravishda kuzatib boradi. Yutuq va kamchiliklarni tahlil qiladi, savodsizlikalar, e'tiborsizliklarga esa koʻzgu tutadi. Chunki adabiy til unsurlarini xalqqa tushuntirish, uning qadr-qimmatini oshirish, shubhasiz, OAVning eng muhim vazifasidir. Tanqidchi, ayniqsa, televidenieya sohasidagi yoʻl qoʻyilgan xatoliklarni sanab oʻtib, tanqid ostiga oladi. Mana Ozod Sharafiddinov OAVda  koʻrib, mulohaza qilib,  koʻz yumib keta olmagan chala jumlalar: " Xorazmda Amudaryo boʻylab yangi koʻprik qurilishi davom etmoqda" deb xabar berishdi. Koʻprik daryoga koʻndalang qurilardi " daryo boʻylab" uzunasiga quriladigan koʻprikni ham topishibdi-da azamatlar!. " Yaqin oʻn yillikda dengizda suzib yuradigan shaharlar chiqar ekan. Ular 500 km. tezlikda suzar ekan". — 500 km. tezlikda suzgan shahar qayoqqa borar ekan? Har oʻn kunda biror qit'aga borib urilib turarmikan?. "Ben Laden oʻz ajali bilan halok boʻlgan". Sira-sira qovushmagan gap — oʻz ajali bilan oʻlgan odam halok boʻlgan hisoblanmaydi. Ushbu jumlani esa tanqidchi gʻalizlik va noaniqlikda birinchi oʻringa munosib deb baholaydi: "Kelinglar, bobolarimiz ot izini toy bosar deganlaridek buyuk bobokalonimizning qadami yetgan joylarni biz ham sayohat qilaylik". Ozod Sharafiddinov ilgʻay olgan, tilimiz obroʻsini tushurayotgan bu jumla va gaplarni oʻqib turib, oʻzim ham kuzatib, eshitib yurganlarim esimga tushdi-yu, ahvolimiz kechagidan-da ogʻirroq ekanligini angladim. Shu kunlarda televideniyadagi mashhur kanallarning birida diktor: " Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni rivojlantirish xususida uch kunlik seminar trening tashkil etildi" deb lavhaga navbatni berdi. Qadimdan bobolarimiz bekorga "Oʻynab gapirsang ham oʻylab gapir" demagan ekanliklariga amin boʻldim.   

Xulosa: Xulosa oʻrnida shuni ayta olamanki, til birligini taʼminlash hammamizning burchimiz, uni bilib-bilmay qoʻllayverish hurmatsizlikdan boshqa hech narsa emas. Ozod Sharafiddinovning Ona tilimiz haqidagi fikr-mulohazalari, qaygʻurishlari esa butun uchun ham dolzarb va muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Ozod Sharafiddinov tanlangan asarlar.

2. "Jahon adabiyoti" jurnali.

3. Ziyo.uz