Foydalanuvchi:Abdusalomova Norxol/qumloq

Shukurova Norjon Gaybullayevna 1930-yil 10-mayda Buxoroda tugildi Otasi Shukurov Gaybulla 1931-yilda vafot etdi Onasi M. Vafoyeva uy bekasi boʻlgan. Norjon Shukurova 1938-yilda Buxoro shahridagi 9-maktabning 1-sinfiga oʻqishga kirdi. 1948-yil shu maktabning toʻliq kursini tugatdi. 1948-1952 yillar Buxoro Davlat pedagogika institutining tarix fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatdi va unga tarix fani boʻyicha maktab oʻqituvchisi mutaxassisligi berildi. 1952-yildan BDPIga oʻqituvchi boʻlib ishga keldi. 1960 yildan BDPIda katta oʻqituvchi lavozimida ishlab kelgan. 1957-1960 yillar OʻzP Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida aspiranturada oʻqigan. 1966-yilda „ Mehnatga haq toʻlash prinsipining Buxoro viloyati kolxozlarida qoʻllanishi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajaga ega boʻlgan. Norjon Shukurova Buxoro shahrining birinchi iqtisodchi-olima ayollaridan biri edi. Oliy dargohdagi mehnat faoliyatinioʻzbek adabiyoti kafedrasi muallimligidan boshlagan Norjon Gaybullayevna shu kafedraning dotsenti, mudiri lavozimiga koʻtarildi. Bu sergʻayrat, tashabbuskor olima uni yaxshi bilgan hamkasblari, shogirdlari xotirasida hamisha navqiron tarzida gavdalanadi. U yozgan va himoya qilgan nomzodlik tadqiqoti odatdagi oddiy dissertatsiya emas, balki muallifning shu, sohadagi chuqur bilimini, yorqin isteʼdodini namoyish etgan, katta ilmiy-nazariy ish edi. Norjon opa oʻzining halollligi, ishgga va doʻstlariga sadoqati bilan jamoatchilik oʻrtasida kattagina obroʻga ega edi. Opadagi prinsipiallik qobiliyati hammaga oʻrnak boʻlarli edi. Shogirdlari olima opani ana shunday fazilatlari borligi uchun ham nihoyatda hurmat qilar edilar. Ish faoliyati davomida oʻzining xushfeʼlligi, ochiqkoʻngilligi, talabalarga va kasbdoshlariga mehribonligi bilan ajralib turar edi. Norjon Shukurova oʻz ishiga vijdonan yondashar, har bir ishni vaqtida qilishga harakat qilar, oila tashvishlariga qaramasdan barcha ishlarga ulgurar edi. U 50 dan ortiq maruza va maqolalar muallifi, 70 ga yaqin kitob va usuliy qoʻllanmalar muallifi hisoblanadi. Umrining yarmidan ortigʻini, yaʼni 45 yilini shu oliygoh hayotiga, uning rivojiga baxshida etgan ayol yuzlab shogirdlarni voyaga yetkazgan maʼsuma olima va uch farzandning onasi edi. Olima 2001 yil 25-avgust kuni 73 yoshida bu yorugʻ olamdan koʻz yumdi. Olima umi taniganlar xorirasida zukko, chuqur maʼlumotli, kamtarin va oqil ayol sifatida qoldi.