Foydalanuvchi:Abduvokhidov Shukurjon/qumloq
Xarizmatik legitimlik (qadimgi yunoncha — muruvvat, ilohiy qobiliyat) — siyosat va sotsiologiyada — umumiy ommadan ajralib turuvchi shaxs xususiyatlarining majmuyi, rahbar shaxs xususiyatiga yoki uni oʻz tarafdorlarini jalb qilish qobilyatiga asoslangan taʼsiri. Biror shaxsning boshqalarga nisbatan misli koʻrilmagan darajada ustun xususiyatlarga ega ekanligi.[1] Xarizma tushunchasini ilk bor italiyalik ruhoniy Avliyo Paul moʻjizaviy qobiliyatga ega boʻlgan Iso paygʻambarga nisbatan ishlatgan. Ammo „xarizma“ni ilmiy tushuncha sifatida nemis sotsiologi Maks Veber chuqur tadqiq qilib, uni „xudo bergan neʼmat“ deb nomlagan. Qadimgi davrlarda faqat ilohiy mazmunga ega boʻlgan tushuncha vaqt oʻtishi bilan olimlar tomonidan real hayotga tatbiq etila borib, ilohiy qobiliyatga ega boʻlmagan, ammo alohida xususiyatlarga, yuksak fazilatlarga ega boʻlgan yetakchi tarixiy shaxslarga nisbatan ham ishlatila boshlangan.
Adabiyotlar
tahrirMuhammadsidiqov M. M. Zamonaviy xalqaro munosabatlarning mintaqaviy jihatlari. Darslik. T.: Qaqnus media, 2019. −207 b.
Havolalar
tahrir- https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_milliy_ensiklopediyasi
- https://elibrary.namdu.uz/66%20%D0%A1%D0%B8%D1%91%D1%81%D0%B8%D0%B9%20%D1%84%D0%B0%D0%BD%D0%BB%D0%B0%D1%80/Siyosatshunoslikka%20kirish.%20Bito%60rayev%20O%60.B.pdf
- ↑ Muhammadsidiqov M.M. Zamonaviy xalqaro munosabatlarning mintaqaviy jihatlari. Darslik. T.: Qaqnus media, 2019. -207 b..