Foydalanuvchi:Abrorphy/qumloq
O'zMU Fizika fakulteti - Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining fakultetlaridan biri hisoblanadi. Fakultet fizika fanlari bo'yicha muhandis va pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan. Ayni paytda fakultetda 4 ta ta’lim yo‘nalishida bakalavr va 9 ta mutaxassislik bo‘yicha magistr tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, fakultetda tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) mavjud.
Tarixi
tahrirUniversitet tashkil etilgan dastlabki yillardayoq fizika fanini o‘rganishga asos solingan bo‘lib, fizika-matematika fakulteti tarkibida fizika, astronomiya, mexanika, geofizika yo‘nalishlarida talabalarga ta’limi bo‘yicha tahsil berish bilan bir qatorda fizikaning turli sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.
Universitetda 1928 yili, o‘sha paytda jahonda tengi yo‘q kashfiyot qayd etildi. Fizik-tadqiqotchi P.B. Grabovskiy rahbarligida tasvirni elektron nur yordamida uzoq masofaga uzatib beruvchi va qabul qilib oluvchi moslama “Telefot” ixtiro qilindi (Patent №5592, 1928 yil 30 iyun). Ushbu kashfiyot sanasi – 1928 yilning 26 iyuni zamonaviy televideniyaga asos solingan kun sifatida o‘zbek fizika fani tarixidagi eng yorqin sahifalardan biri bo‘lib qoldi.
O‘rta Osiy Davlat universiteti (xozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) rektorining 1959 yil 20 iyundagi 276-sonli buyrug‘iga asosan fizika-matematika fakulteti ikkita alohida fakultetga ajralib, 1959 yildan boshlab, fizika fakulteti mustaqil faoliyat ko‘rsata boshladi.
1991 yili universitetda, xususan, fizika fakulteti hayotida yangi davrning boshlanishi bo‘ldi. Mustaqillik yillarida fakultetda ta’lim-tarbiya, ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari tubdan o‘zgardi. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida rivojlanish yo‘lini tanlagandan so‘ng, dastlabki yillardayoq, yurt oldiga yuksak madaniyat va ma’naviyatga hamda jahon andozalari darajasidagi ta’limga erishish vazifalari qo‘yildi. Bu vazifalar bosqichma-bosqich, izchil islohotlar yo‘li bilan amalga oshirilmoqda.
Aloqalar
tahrirUniversitetda fizika fanini rivojlantirish, uning jahon va respublikadagi mavqeyini yanada yuqori bosqichlarga olib chiqish uchun yangi imkoniyatlar ochildi. Fizika fakulteti Koreya, Avstriya, Germaniya, Pokiston, Gollandiya, Belgiya, Rossiya, Italiya, Daniya, Angliya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Belorusiya kabi davlatlarning bir qator nufuzli universitet va ilmiy-tadqiqot institutlari hamda xalqaro tashkilotlardan YUNESKO, Xalqaro atom energetiyasi agentligi (IAEA-MAGATE) bilan o‘quv-ilmiy aloqalar olib borish bilan bir qatorda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi, Ion plazma va lazerli texnologiyalar, Polimerlar kimyosi va fizikasi, Astronomiya institutlari, “Fizika Quyosh” (Fizika-texnika hamda Materialshunoslik institutlari), O‘zMU qoshidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy tekshirish instituti, Nanotexlonogiyalarni rivojlantirish markazi, “Gidrometeomarkaz”, “Fonon”, “Foton”, “MELMA” ilmiy - ishlab chiqarish birlashma va korxonalari bilan kadrlar tayyorlash borasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirilmoqda. Bundan tashqari, O‘zR FA ilmiy-tekshirish institutlari qoshida 5 ta kafedraning filial va o‘quv markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Taniqli olimlari
tahrirFizika fakultetida faoliyat ko‘rsatgan taniqli olimlar akad. S.A. Azimov – yadro fizikasi va kosmik nurlar fizikasi; akad. U.O. Oripov – fizikaviy elektronika, prof. V.A. Djordjio – Atmosfera fizikasi, akad. P.K. Xabibullayev, dos. B.M. Nosenko – optika va spektroskopiya, prof. E.N. Nazirov – fizikani o‘qitish uslubi va tarixi, akad. M.M. Musaxanov - nazariy fizika, prof. A.T. Teshaboyev – yarimo‘tkazgichlar fizikasi, akad. S.R. Rashidova – polimerlar fizikasi, prof. A.T. Mirzayev – kvant radiofizikasi, prof. S.N. Nuritdinov – Astronomiya va astrofizika sohalarida o‘ziga xos ilmiy maktablarini yaratganlar.
Dekanlar
tahrirFizika fakultetining hozirgi istiqbolida unga rahbarlik qilgan taniqli olim va mutaxassislarning mehnatlari beqiyosdir. Bular fakultet dekanlari: prof. V.A. Djordjio (1959-1964), dos. B.G. Smirnov (1964-1967), prof. R.X. Mallin (1967-1972), akad. A.A. Abdurazzakov (1972-1980), dos. A.A. Adilov (1980-1991), akad. K.M. Mukimov (1991-1992), prof. S.Z. Zaynobiddinov (1992-1996), prof. A.T. Mirzayev (1996-1997), dos. A.S. Raxmatov (1997-2004) prof. O.O. Mamatkarimov (2004-2009), dos. B.X.Eshchanov (2009-2014), dos. I.Tadjibayev (2014-2015), prof. X.S.Daliyev (2015-2019), dos. Gʻ.B.Eshonqulov (2019 yildan-h.v.).