Foydalanuvchi:Amina Ravshanovna/qumloq
Hifni Nosif | |
---|---|
Tavalludi |
16-avgust 1856-yil Qalnubiyya shahri Barakatulhaj qishlog‘i |
Vafoti |
25-fevral 1919-yil |
Sohasi | sharqshunos arabshunos |
Institutlar | Al-Azhar Dor-ul-ulum |
Kirish
tahrirHifni Nosif-1856-yil 16-dekabrda Qalnubiyya shahri yaqinidagi Barakatul haj qishlog‘ida tug‘ilgan. U dastlabki taʼlimni qishloq kuttobi — boshlang‘ich maktabida oldi. Unda Nosif o‘qish-yozishni o ‘rganadi,Qur’oni Karim ni yod oladi. 1869-yildan 1879-yilgacha o ‘n yil mobaynida Al-Azhar da tahsil oladi. 1879-1882-yillarda Dor-ul -ulum institutida oʻqishi davomida talabalar orasida doimo birinchi bo‘ldi.
Faoliyati
tahrir1880-yilda hali "Dor-ul-ulum "da tahsil olayotganida Imom Muhammad Abdun uni Misr voqealari tarixini yozishda hamkorlikka oladi. Oʻqishni bitirgani zahoti Xoʻrs va Imyon maktabiga dars berish uchun ishga kiradi.1885-yilda Shafiq Mansurbek uni o‘ziga kotiblikka taklif qildi. Shafiq Mansurbek qonun sohasida ishlardi. Shu tariqa Hifni Nosif qonunchilik, sud sohasiga kirib keldi, qonunchilik va huquqiy tarjimaning boshida turdi, ularni tartibga soldi.
1887-1892-yillarda „Tarixiy huquqlar maktabi“da „yuridik tizim“ fanidan, shuningdek, nutq, munozara odobidan dars berdi.1892-yilda Qonun bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, unda imtiyoz bilan gʻalaba qozondi. 1892-yilda sudya yetib tayinlandi va Qohira , Quna, Tant viloyatlarida ishladi. 1908-yilda shu yili ta ’sis etilgan „Xalq universiteti“ni boshqardi, undagi birinchi o‘qituvchilardan bo‘ldi. „Birinchi, til maktabi“ni tashkil etishda ishtirok etdi. U 1912-yilda sud sohasidan ketdi. Shu yildan Maorif vazirligida arab tili noziri lavozimida ish boshlab, nafaqaga chiqqunga qadar ishladi. 1914-yilda Misr maorif vazirligi Hifni Nosifga Hazrat Usmon (r.a.) Mushafi asosida nashr etilgan Mushafi Sharif ni tadqiq etishni topshirdi. Bu ishda unga Ahmad Iskandariy, Shayx Mustafo Inoni hamkorlik qildi. Sharqshunos olimlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Avstriya poytaxti Vena dagi Sharqshunoslar konferensiyasiga aʼzo etib saylandi. U hayoti davomida Yevropaga bir necha bor safar qildi.
Faoliyatidagi oʻzgarishlar
tahrir1918-yilda Hifni Nosif falaj bo‘lib qoladi. Biroq kurash va mehnatda o‘tgan hayoti unga umid bag‘ishlaydi va shifo topadi hamda „Mushafi Sharif“ ustidagi ishiga qaytadi.1918-yilda oktyabrda qizining oʻlimi unga katta yoʻqotish boʻldi.
Vafoti
tahrirOlim 1919-yil 25-fevralda vafot etdi.
Manbalar
tahrir- ↑ Arab filologiyasiga kirish — 83-84-bet. Qaraldi: 9-dekabr 2022-yil.