Foydalanuvchi:Asadbek Bekmirzayev1/Neves Mariya das

Mariya das Neves Keyta Baptista di Souza
11-San-Tome va Prinsipi Bosh vaziri
Mansab davri
7-oktyabr 2002-yil – 18-sentyabr 2004-yil
Prezident Fradique de Menezes
Oʻtmishdoshi Gabriel Costa
Vorisi Damião Vaz d'Almeida
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1958 (yoshi 65–66)
Portugaliya San-Tome va Prinsipi
Siyosiy partiyasi San-Tome va Prinsipi ozodlik harakati
Boshqa siyosiy
birlashmalari
Sotsial-demokratik partiya

Mariya das Neves Keyta Baptista di Souza (portugalcha: Maria das Neves Ceita Baptista de Sousa, 1958-yilda tugʻilgan) — San-Tome va Prinsipi siyosatchisi, 2002-yil 7-oktyabrdan 2004-yil 18-sentyabrgacha mamlakat Bosh vaziri sifatida faoliyat koʻrsatgan. Neves Mariya San-Tome va Prinsipi ozodligi uchun harakat qilgan. Sotsial-demokratik partiyaning (MLSTP-PSD) asosiy arboblaridan biri boʻlgan va mamlakatdagi birinchi ayol hukumat rahbari boʻlgan.

Hayoti

tahrir

Mariya das Neves Kubada davlat moliyasiga ixtisoslashgan iqtisodchi sifatida tahsil olgan. Mariya das Neves hukumat boshligʻi boʻlgunga qadar Moliya vazirligi, Jahon banki va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasida (YUNISEF) davlat xizmatchisi boʻlib ishlagan. Neves Mariya das oila qurdi va ikki qiz farzandli boʻlib ularni barkamol qilib tarbiyalad. Iqtisodiyot vaziri (1999-2001), Moliya vaziri (2001-2002) va Savdo, sanoat va turizm vaziri (2002)kabi muhim davlat idoralarida ishladi.

2001-yilda Fradique de Menezes Markaz partiyasi koʻmagida San-Tome va Prinsipi prezidenti etib saylandi. Ammo parlamentda aniq koʻpchilik yoʻq edi va natija qisqa muddatli muxolifat boshchiligidagi kabinetlar bilan beqaror oʻzaro hamkorlik boʻldi. Sotsialistik Gabriel Kosta boshchiligida uchta partiyadan iborat koalitsiya tuzildi va Mariya das Neves paydo boʻlgan hukumat aʼzosi edi[1].

Bosh vazir sifatida

tahrir

Mariya das Neves 2002-yil 7-oktyabrdan 2004-yil 18-sentyabrgacha San-Tome va Prinsipi bosh vaziri lavozimida ishlagan va bu lavozimni egallagan birinchi ayol boʻlgan. Prezident Fradique de Menezes uni bu lavozimga Gabriel Kosta boshchiligidagi uch partiyali milliy birdamlik hukumati armiyaning tayinlovlarga qarshi noroziliklari ortidan qulaganidan keyin tayinladi. Mamlakat ogʻir ahvolga tushib qoldi, katta qarzlar va tashqi yordamga qaram edi. Mamlakatning siyosiy muhitida sezilarli boʻlinishlar va hokimiyat uchun kurash bor edi. Nigeriya bilan neft shartnomasi imzolanganda, 2003-yil 16-iyulda harbiy toʻntarish sodir boʻldi. Prezident chet elda edi, armiya va yollanma askarlar Mariya Das Neves va boshqa hukumat amaldorlarini hibsga olishdi. Davlat toʻntarishi yetakchilari korruptsiyadan shikoyat qilib, boʻlajak neft daromadlari adolatli taqsimlanmasligini aytdi. Xalqaro bosimdan soʻng kelishuvga erishildi va bir haftadan soʻng Menezes qayta tiklandi. Mariya das Neves yengil yurak xurujidan soʻng kasalxonaga yotqizildi. U bosh vazirlikdan isteʼfoga chiqdi, biroq prezident Menezes unga boʻlgan ishonchini bildirganidan keyin ishini davom etishga rozi boʻldi[2].

Prezident Menezes 2004-yil 15-sentyabrda uni bosh vazir lavozimidan chetlatib, unga va hukumat aʼzolariga nisbatan korrupsiya ayblovlari qoʻzgʻatilganidan keyin oʻz partiyasini yangi bosh vazir saylashni taklif qildi. U korrupsion harakatlarga aloqadorligini rad etdi. Isteʼfoga chiqqanidan uch kun oʻtib, Damian Vaz d’Almeyda boshchiligidagi yangi hukumat qasamyod qildi. Mariya das Neves qoʻshimcha parlament aʼzosi etib saylandi va deputatlik lavozimini egalladi.

Hayotidan qoʻshimchalar

tahrir

Mariya das Neves oʻz mamlakatlarining amaldagi va sobiq ayol prezidentlari va bosh vazirlaridan iborat xalqaro tashkilot boʻlgan Jahon yetakchi ayollar kengashi aʼzosi. Uning vazifasi butun dunyodagi eng yuqori darajadagi ayollar yetakchilarini ayollar va adolatli rivojlanish uchun muhim masalalar boʻyicha jamoaviy harakatlarga safarbar etishdan iborat.

Manbalar

tahrir
  1. Skard, Torild (2014) „Maria das Neves“ in Women of power — half a century of female presidents and prime ministers worldwide, Bristol: Policy Press, ISBN 978-1-44731-578-0, pp. 299—300
  2. Jensen, Jane S. (2008) „Maria das Neves“ in Women Political Leaders — breaking the highest glass ceiling, New York, NY: Palgrave Macmillan, ISBN 978-0-312-22338-0, p. 58; Skard (2014), pp. 299—300

Havolalar

tahrir