Sulton-Uvays Qoraynin Yaman Arab davlatida, Qoraynin qishlogʻida milodiy 625-yilda dunyoga kelgan. U kishi dunyoga keladigan kuni butun olamni mushki-anbar hidi tutgan. Paygʻambarimiz tong namozidan chiqib, bu hidni anglab bugun Sulton Uvays Qoraynin dunyoga keldi deganlar. Paygʻambarimizdan sahobalar soʻradilar: bu tugʻilgan Sulton Uvays Qoraynin hazratlarida ne alomatlar boʻladi, shunda Paygʻambarimiz Salollohu Bassalam aytadilar: Qorayninning ong qoʻli kaftida tanga miqdori oq boʻladi, yetti kungacha onasini emmaydi, qiz bola olsa yigʻlaydi, oʻgʻil bola olsa tinadi, qirq kungacha roʻzador boʻladi, onasini kunduzi emmay kechasi emadi. U kishi yetti yoshga toʻlganda Olloh taoloning ishqiga mast boʻlib, har xil karomatlar koʻrsatadi. U kishi ertaga, indinga nima boʻlishini, odamlarning qalbiqandayliginiaytib bera oladi. U hamisha jinnisifat holda, yaʼni devona holda odamlar orasida yashaydi. Yaman xalqi bu kishini dalli devona deb Yaman viloyatidan quvadi. Shunda onasini olib tinch joy izlab Xorazmga keladi. Qoraynin hazratni 14 yoshga toʻlganda, shu yerning mashhur boylaridan biri boʻlgan Yuzboy degan kishining tuya, qoʻylarini boqishga choʻpon boʻladi. Bu kishining karomatidan qoʻylari semirib egiz tugʻa boshlaydi. Bu karomatni koʻrgan xalq bobomizning avliyoliklariga tan bera boshlaydilar. Olloh taolo oʻziga yaqin doʻst bilganodamlariga bir qator darajalarni bergan ediki, ayni shu darajalar bobomizda ham mujassam edi. Birinchi darajasi Maqomi toy (maʼnosi: xohlagan joyida boʻladi xohlagan joyiga boradi.) Ikkinchi darajasi Qashshoful qubur (maʼnosi: har bir odamning qalbida neki niyat boʻlsa biladi.) Uchinchi darajasi Qashshoful qulib (maʼnosi: qabrdagi odamning ahvolini, qabr yonidan oʻtganda ayta oladi.)