Foydalanuvchi:Azamatjon Mirzamahmudov/qumloq/Xoja Xisrav

Xo'ja Xisrav (XIV asrda yashagan) — //Nima uchun wikipediyaga kerak:// Samarqandlik xoʻjalar avlodidan kelib chiqqan shayx. Ilm olish uchun Buxoroga ketayotgan paytida Karmanaga kelib qolgan va shu yerda umrini oxirigacha yashagan. Xalq orasida avliyo sifatida tanilgan.

Hayoti va faoliyati

tahrir

Sarlavha(==)

Yoshligi

tahrir

Kichik sarlavha(===) Xoʻja Xisravning hayoti haqida juda kam maʼlumot saqlangan. Hatto uning tugʻilgan va vafot etgan yillari ham nomaʼlum. Yetib kelgan maʼlumotlarga koʻra Xoʻja Xisrav samarqandlik xoʻjalar avlodidan boʻlib, Bahouddin Naqshband, Mavlono Orif Deggaroniylar bilan bir davrda yashagan va ular bilan muloqotda boʻlgan. Xalq orasida islom dinining peshvosi va avliyo sifatida nom qozongan.

Faoliyati

tahrir

U Naqshbandiya tariqatiga amal qilgan hamda uni keng targʻib qilgan. Samarqanddan Karmanaga koʻchib oʻtgan, umrining oxirigacha shu yerda yashagan.

Tarixiy qoʻlyozmalarda eslanishi

tahrir

Xoʻja Xisrav haqida ayrim tarixiy asarlarda yozib qoldirilgan. Jumladan, Abul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Alining „Bahouddin balogardon“ asarida Mavlono Orif Deggaroniydan quyidagi gaplar keltirilgan:

“ Bir kuni Hazrati Xoja qaddasallohu sirrahu-l-aziz bilan yoʻlda ketayotgan edik. Qish fasli edi. Oyogʻimda na kovush va na etik bor edi. Qor yogʻa boshladi. Ogʻir tashvishda qoldik. Men Hazrati Xojaga yuzlanib, „Bu qanday hol boʻldi?“ - dedim. Xoja ajoyib holatda edilar, haybat bilan osmonga boqdilar. Bir lahzada qor toʻxtadi va havo juda yoqimli boʻlib qoldi.