Foydalanuvchi:Azizbek9220/ChERCHILL Uinston
ChERCHILL Uinston Leonard Spenser (1874.30.11, Blenim, Oksfordshir — 1965.24.1, London) — Buyuk Britaniya davlat arbobi, Konservatorlar partiyasining rahbari (1940—55). Sandxerst harbiy kavaleriya maktabini tugatgan. 1896—98 y. larda Hindistonning shim. gʻarbiy chegarasida qoʻzgʻolon koʻtargan qabilalarni bostirishda qatnashgan. 1896 —98 y. larda Hindistonda xizmat qilgan. 1900-y. Konservatorlar partiyasidan parlamentga deputat qilib saylangan. Mustamlaka ishlari (1906—28; 1921—22), Savdo (1908—10), Ichki ishlar (191011), Harbiy dengiz (191115), Harbiy taʼminot (1917—18), Moliya (1919—21), Harbiy va aviatsiya vaziri (1924—29) lavozimlarida ishlagan.
Buyuk Britaniya ikkinchi jahon urushshʼ kirgach, 1939-y. sent. da N. Chemberlen xukumatida Harbiydengiz vaziri boʻlib tayinlandi. 1940-y. N. Chemberlen isteʼfoga chiqqach, Cherchill koalitsion xukumat bosh vaziri. Cherchill hukumati gitlerchilar Germaniyasiga qarshi birgalikda kurashish toʻgʻrisida SSSR bilan imzolangan bitim (1941-y. iyul) va ittifoqchilik toʻgʻrisidagi shartnoma (1942-y. may)ga qaramasdan SSSRni kuchsizlantirish maqsadida ikkinchi frongsht belgilangan muddatda ochmagan. Cherchill SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya davlat boshliqlarining Tehron (1943), Yalta va Potsdam (1945) konferensiyalari qatnashchisi. 1945-y.t parlamen saylovlarida Konservatorlar partiyasining magʻlubiyatga uchrashi tufayli Cherchill xukumati isteʼfoga chiqqan. 1951—55 y. larda yana bosh vazir. Ch. 1955-y. isteʼfoga chiqqan va umrining oxirigacha vakillar palatasining aʼzosi boʻlgan. Bir kancha tarixiymemuar asarlar muallifi. Adabiyot buyicha Nobel mukofoti laureati (1953).
Manba