Foydalanuvchi:Azizbek9220/Germanidlar
GERMANIDLAR — germaniynint metallar bilan hosil qilgan birikmalari. Germanidlar yaltiroqligi metallarga xos, moʻrt, qattiq moddalar. Ikkilamchi (mas, FeGe, Cu3Ge) va uchlamchi (mas, MnAlGe) G. mavjud. Koʻpchiligining suyuqlanish t-rasi yuqori. Mac, Zr5Ge3 ning suyuqlanish t-rasi 2330°, HfGe3 niki 2200», Th3Ge2 niki 2000°. G. aksariyatining elektr oʻtkazuvchanligi metallarga oʻxshash, oʻta oʻtkazuvchanlik holatiga oʻtish t-ralari yuqori. Mac, V3Ge uchun u 6,0°K va Nb3Ge uchun esa 6,9°K. G. orasida yarimoʻtkazgichlar (mas, Mg2Ge), ferromagnetiklar (mas, Mp5Se) ham bor. Ishqrriy va ishqoriy yer metallarining Germanidlari havoda oksidlanadi, suvda gidrolizlanadi, kislotalar taʼsirida ajraladi. Germanidlar tegishli elementlarni qizdirish yoki eritish, shuningdek eritmalarni elektroliz qilish, oksidlarni qaytarish va boshqa. usullar bilan olinadi. Baʼzi Germanidlar yarimoʻtkazgich va magnit materiallar, yadro texnikasi va termoelementlar uchun xom ashyo, qotishmalarning mustahkamligini oshiruvchi moddalardir.
Manba