Foydalanuvchi:Azizbek9220/Gerodotning to`qqiz kitobi

Gerodot

tahrir

Galikarnasslik Gerodot — taxminan mil. avv. 484—425 yillar yashagan— qadimgi yunon tarixchisi, yunon-fors urushlari va oʻz davrining koʻplab xalqlarini urf-odatlarini taʼriflagan, birinchi toʻliq tarixiy traktat — „Tarix“ning muallifi. Gerodotning asarlari antik madaniyat uchun katta ahamiyatga ega boʻlgan. Sitseron uni, hayotligidayoq „tarix otasi“ deb ataydi.

Fa`olyati

tahrir

Gerodot (yuncha. Herodotos) (mil. av. 490 va 480 yil orasi, Kichik Osiyoning janubi-gʻarbidagi Galikarnas —mil. av. taxminan 425, Afina yoxud Furiya, Janubiy Italiya) —"tarix otasi" deb nom olgan yunon tarixchisi. Yoshligida mustabid hokimiyat (tiraniya)ga qarshi faol kurashgan va Galikarnasda shunday hokimiyat oʻrnatilgach, vatanini tark etishga majbur boʻlgan. Bir necha vaqt Samos o.da yashagan. Mil. av. taxminan 455—447 yillarda butun Kichik Osiyo, Misr, Bobil, Finikiya, Kirena, Yunonistonning Bolqondagi shaharlari. Qora dengiz sohillari boʻylab (Olviya sh.gacha) sayohat qilib, skiflar haqida maʼlumot toʻplagan. Uzoq muddat Afinada yashagan; Gerodotning Afina demokratiyasining yoʻlboshchisi Periklga yaqinligi uning siyosiy qarashlariga kuchli taʼsir qilgan. Gerodot. taxminan 443 yil Afinadan Furiyaga koʻchib oʻtgan. Gerodotning asari shartli ravishda "Tarix" deb nom olgan boʻlib, yunonlar tarixining eng muhim siyosiy voqeasi —yunonfors urushlari (mil. av. 500—449 yillar)ga bagʻishlangan. Keyinchalik aleksandriyalik olimlar Gerodot. asarini muzalar soniga karab 9 kitobga ajratganlar, har bir kitob muzalardan birining nomi bilan atalgan. Gerodot. "Tarix"ining asosiy gʻoyasini yunon dunyosining sharqdunyosi bilan kurashi tashkil qiladi. Gerodot. Lidiya, Midiya. Axomaniylar davlati tarixi, tabiiy sharoiti va murakkab hayoti, aholisining oʻtmishi, dini, oʻziga xos urf-odatlari hamda madaniy yodgorliklarini ustalik bilan bayon etib, tarixiy voqealarni keng taxlil qilgan. Asarning 5-kitobida Gerodot. oʻzining asosiy maqsadi —yunon-fors urushlari tarixini bayon qilishga kirishgan. Antik adabiyotda birinchi boʻlib skiflarning hayoti va turmush tarzlari Gerodot. asarida tadrijiy suratda bayon etilgan. Xususan Gerodot. Oʻrta Osiyoda yashagan massagetlar haqida batafsil maʼlumotlar keltirib, massagetlar malikasi Toʻmarisning axomaniylar podshosi Kir II bilan boʻlgan jangini yuksak mahorat bilan bayon qilgan.