Foydalanuvchi:Azizbek9220/Gipoteza

GIPOTEZA (yun. hypothesis — asos, taxmin) — hodisalarning qonuniy (sababli) bogʻlanishi toʻgʻrisidagi taxm. mulohaza, faraz. Gipoteza ilmiy bilishni rivojlantirish uchun asos boʻladi. Gipotezaning mantiqiy jihatdan tahlil qilish (taqqoslash, analiz va sintez, mavhumlashtirish va umumiylashtirish) asosida bevosita bilimga oʻtish, sababiy bogʻlanish asosida qonuniyatlarni ochish kabi bosqichlari bor. Umumiy Gipoteza bir guruh hodisalar, jarayonlar xususiyati va sababi toʻgʻrisidagi, xususiy Gipoteza alohida, yakka hodisalar, jarayonlar sababi toʻgʻrisidagi taxmindir. Har qanday Gipoteza tekshirishni talab qiladi. Natijada uning ehtimolligi ortadi yoki kamayadi, haqiqatligi isbotlanadi yoki rad etiladi. Yangi faktlarni eski nazariyalar bilan izohlash mumkin boʻlmaganda, cheklangan miqdordagi faktlar va kuzatishlarni izohlashda Gipotezaga ehtiyoj tugʻiladi. U keyingi bilimlarga, tekshirishlarga yoʻl ochadi, yangi nazariyalar esa yana boshqa Gipotezani tugʻdiradi. Gipoteza bilish jarayonining ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/g/gipoteza/