Foydalanuvchi:Azizbek9220/Radiobialogiya

RADIOBIOLOGIYA (radio… va biologiya) — ionlovchi nurlarning tirik organizmlar, ular uyushmalari va umuman biosferaga taʼsirini oʻrganadigan fan, radiologiyaning bir boʻlimi. Radiobiologiya tibbiyot, va sanoatda yadro nurlaridan foydalanish, tirik organizmlar, ayniqsa, insonni ionlovchi nurlardan muhofaza qilishning nazariy asosi. Radiobiologiya infraqizil, yorugʻlik va ultrabinafsha diapazonlarda taʼsir etadigan elektromagnit toʻlqinlari hamda mm va sm diapozonidagi radiotoʻlqinlar taʼsirini oʻrganadigan fotobiologiya bilan bevosita bogʻliq. Radiobiologiya radioaktiv zarrachalarni nurlanayotgan obyektlarning ichki qismiga kirib borib, ularning atom va molekulalardan tashkil topgan barcha tarkibiy qismlariga taʼsir etish xususiyatlarini hamda yuqori energiyaga ega boʻlgan kvantlar va zarrachalar (azarracha, elektronlar, pozitronlar, protonlar, neytronlar va b.) bilan bogliq jarayonlarni oʻrganadi. Ionlovchi nurlarning biologik taʼsirini oʻrganish V. K. Rentgen rentgen nurlarini (1888), A. Bekkerel radioaktivlikni (1896), P. Kyuri va M. KyuriSklodovskaya tomonidan radiy elementining kashf etilishi bilan deyarli bir vaqtda boshlangan. Lekin Radiobiologiya mustaqil fan sifatida faqat 20-a. ning 1-yarmida shakllandi. Bu koʻp jihatdan texnika va yadro fizikasining rivojlanishi bilan bogʻliq. 1925-y. da ionlovchi nurlarning mutagen taʼsiri kashf etilishi radiatsion genetikaning fan sifatida shakllanishiga imkon berdi. 20-a. ning 20—30-y. larida Radiobiologiya sohasida qilingan tadqiqotlar tahlili asosida hujayraning nurlanish dozasidan halok boʻlishini tushuntirish uchun unda sezgir — nishon — moʻljal mavjudligi haqidagi gipoteza ishlab chiqildi. Gipotezaga koʻra, ionlashgan zarrachalarning «nishon»ga tegishi radiatsion effektni paydo qiladi. «Nishon» nazariyasi ingliz olimi D. Li (1946), rus olimi N. V. Timofeyev — Resovskiy va nemis olimi K. Sitter (1947) tomonidan toʻliq ishlab chikilgan.

20-a. ning 40—50-y. larida yadro fizikasi va texnikaning jadal rivojlanishi, atom energiyasi va radioaktiv izotoplarning texnika, tibbiyot va i. t. ishlarida keng qoʻllanilishi hamda yadro qurollarining sinovdan oʻtkazilishi bir qator yangi muammolarni paydo qildi. Bu muammolar koʻp hujayrali organizmlar yoppasiga nurlanganida ularning radiatsion shikastlanganini tadqiq qilish; organizmlarning nurlanishga turli darajada sezgirligi sabablarini aniqlash, zararli mutatsiyalarning paydo boʻlishida radiatsiyaning ahamiyatini aniqlash, nurlanish taʼsiri oqibatlarini oʻrganish (umrning qisqarishi, oʻsma kasalliklarining koʻpayib ketishi, immunitetning pasayishi sabablari) va b. dan iborat. Radiobiologiyaning aktual amaliy vazifalariga organizmni nurlanishdan himoya qilish va shikastlangan toʻqimalarni postradiatsion tiklash, atrof muhitda radiatsiya ortib ketishining insoniyatga taʼsirini bashorat kilish, q. x., oziq-ovqat va mikrobiologiya sanoatida ionlovchi nurlardan foydalanishning yangi istiqbolli yoʻllarini aniqlash kiradi.

1950—1960 yilarda Radiobiologiya sohasidagi ilmiy texnikalarda biofizika va biokimyo metodlaridan keng foydalanila boshlandi. Natijada hujayra strukturalari va makromolekulalar fakat kvantlar va zarrachalarning bevosita taʼsiri ostida emas, balki suv va boshka kichik molekulali birikmalar radikallari (peroksidlar, gidroperoksidlar, xinonlar, semixinonlar) kislorod ishtirokida ham nurlanishi maʼlum boʻldi. Ana shu davrda radiatsiyadan himoya qiluvchi vositalar (radioprotektorlar), kimyoviy moddalar ham kashf etildi. Nurlanish kasalligini davolashning samarali usullari ishlab chiqildi.

Xalq xoʻjaligining turli sohalarida radioaktiv moddalardan keng foydalanishi, yadro qurollarining sinovdan utkazilishi, atom elektrostansiyalarining koʻplab qurilishi tufayli Yer yuzining radioaktiv moddalar, birinchi navbatda stronsiy va gneziyning uzoq yashaydigan nuklidlari bilan ifloslanishi Radiobiologiya oldiga yangi vazifalarni quydi. Bularga organizmga tushgan radioaktiv moddalarning uziga xos taʼsirini urganish, ularning toʻqimalarda taqsimlanishi, hujayralarning surunkali nurlanishi, organizmdan chiqib ketishi muddatlarini aniqlash kiradi. Kichik dozali radiatsiyaning organizmga surunkali taʼsir etish muammolarini oʻrganish ham muhim ahamiyatga ega. 1960—70 y. larda reparatsiya, yaʼni qayta tiklanish hodisasi, radioaktivlik taʼsirida zararlangan DNK molekulasining fermentlar yordamida qayta tiklanishi aniqlandi. Bu kashfiyot radiatsiyaning taʼsir mexanizmi haqidagi oldingi xulosalarni qayta koʻrib chiqishni taqozo etdi. Nurlangan toʻqima va hujayralardagi biokimyoviy oʻzgarishlarni hamda hujayra strukturaviy elementlarining zararlanishini oʻrganish radiatsiyaning taʼsirini tushuntiruvchi yangi strukturaviy — metabolik gipotezani ishlab chiqishga imkon berdi (A. M. Kuzin, 1970). Bu gipotezaga koʻra, radiatsiya taʼsiriga uchragan organizmdagi radiatsion effektning xarakteri molekulalar va ulardan yuqori turuvchi strukturalarda sodir boʻladigan jarayonlarni boshqaruvchi sistemalardagi moddalar almashinuvi bilan bogʻliq. Zamonaviy Radiobiologiya koʻp qirrali boʻlib, uning ekologiya, sitologiya, genetika, biokimyo, seleksiya va kosmos bilan bogʻliq boʻlgan sohalari ayniqsa jadal rivojlanmoqda.

Radiobiologiya sohasidagi tadqiqotlar ionlovchi nurlardan amalda foydalanishni koʻrsatib berdi. Hoz. nur kasalliklarini davolashning samarali usullari ishlab chiqilgan. Ionlovchi nurlardan q. x. zararkunandalariga qarshi kurash, hosildorlikni oshirish maqsadida uruglarni ekishdan oldin nurlantirish, q. x. mahsulotlarini sakdash muddatini uzaytirish va tibbiy preparatlarni sterillashda keng foydalanilmokda. Hoz. barcha rivojlangan mamlakatlarda Radiobiologiya markazlari mavjud. Oʻzbekistonda bunday markazlar Toshkent, Samarqand va b. viloyatlarda faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston FA yadro fizikasi inti, biokimyo, genetika va eksperimental biol. intlarida Radiobiologiyaga oid tadqiqotlar olib boriladi. Gammanurlar va radioaktiv fosfordan foydalanib gʻoʻzaning yangi navlari yaratilgan. Radiatsiyaning tirik xujayralarda boradigan fizik-kimyoviy jarayonlarga taʼsiri oʻrganilmoqda. Respublikada Radiobiologiyaning rivojlanishi J. Xamidov, N. Nazirov, A. Ibroximov, A. Krsimov, A. Miraxmedov, A. Aminov, L. Murtazayeva, P. Xoliqov, S. Xoliqov va b. ning tadqiqotlari bilan bogʻliq.

Adabiyotlar.: Osnovы radiatsionnoy biologii, M., 1964; Kuzin A. M., Kaushanskiy D.

A., Prikladnaya radiobiologiya, M., 1981; Yarmonenko S. P., Radiobiologiya cheloveka i jivotnыx, M., 1984.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/r/radiobiologiya-2/