Foydalanuvchi:Bahodor0303/SUDAN YANGI DAVRDA

SUDAN YANGI DAVRDA

tahrir

Sudan (XV XVIII asrlarda).O‘rta asrlarda hozirgi Sudan hududida bir necha xristian davlatlari mavjud bo‘lib, ulardan eng kattasi Dongola davlati edi. 1317 yili misrliklar Dongolaning oxirgi xristian shohini ag‘darib, taxtga uning islomni qabul qilgan qarindoshini o‘tqazdilar. Shundan so‘ng Nubiyaning (Sudanning qadimgi nomi)  tezlikda «arablashish» va «musulmonlashish» jarayoni yuz berdi. Sudanning cho‘l va savannalarida istiqomat qiladigan badaviy arablar islom dini, arab madaniyati va arab xalq tilining tarqalishiga katta hissa qo‘shdilar. Sudanning ming yillar davomida shakllangan madaniy qiyofasi bir necha asr ichida keskin o‘zgardi. Biroq badaviylar yangi siyosiy tuzumning asosini tashkil qila olmadilar. Bu rolni ikkita hosildor dehqonchilik viloyatlari – Fung va Darfur uddaladi. Fungning poytaxti Sennar shahri edi. Shu sababli 1504 yili tashkil topgan davlat Sennar sultonligi deb ataldi. Sennar sultonligining shakllanish jarayoni sulton Dakin dav-rida yakunlandi. U yosh davlatning sud va ma’muriy tizimini isloh qildi. Sennarning siyosiy tarixini uning geosiyosiy joylashuvi belgilab berdi. Sennar Usmoniylar imperiyasining janubiy chegaralaridan Efiopiya va Borna imperiyalariga eltuvchi yo‘lda joylashgan edi. Sennar hukmdorlari Usmoniylar bilan ham, Efiopiya bilan ham (1611 1641 yillardagi urush harakatlari olib borildi) asosan tinchlik aloqalarini saqlab keldi. XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida Sennarda ham, Efiopiyada ham markaziy hokimiyatning inqirozi boshlandi. Ikkala kuchsizlanayotgan monarxlar – sulton Badig IV Abu-Shilluk (1723 –1762) va imperator Iyasu II (1730 –1755) o‘zaro urushga kirishdilar. Natijada Sennarda sulton hokimiyati to‘liq inqirozga yuz tutib, hokimiyat Xamaj vazirlar sulolasiga o‘tdi. Bu sulolaning asoschisi efioplar ustidan g‘alabaning asosiy tashkilotchisi Muhammad Abul Kaylak Kamtur (1710 –1776) bo‘ldi. Bu davrda Sudanning eng kuchli va boy davlati Darfur sultonligi edi. Darfur savdo aylanmasi bo‘yicha Sennardan ko‘p marta oldinga o‘tib ketdi. Eng katta foyda keltiradigan asosiy tovar qullar bo‘lib qoldi.[1]

  1. Shuhrat Ergashev ,,Jahon tarixi " Toshkent 2013-yil.