Foydalanuvchi:Baxromova/qumloq
Munojat Yo'lchiyeva(1960-yil 26-noyabr Buloqboshi tumani, Andijon viloyati) o'zbek xonandasi , Oʻzbekiston xalq artisti ,Oʻzbekiston Qahramoni,Oʻzbek mumtoz ashulalari ijrochisi.San’atkor ijodiy faoliyati davomida hukumatning ko‘plab mukofotlariga sazovor bo‘lib kelmoqda. Xususan, 1990-yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”, 1994-yil “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” unvonlari, 1998-yil “El-yurt hurmati”, 2004-yil “Fidokorona xizmatlari uchun”, 2011-yil “Buyuk xizmatlari uchun”, 2019-yil “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlanadi.
Hayoti
tahrirMunojot Yoʻlchiyeva 1960-yil Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida tavallud topgan Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1985). Oʻzbekiston teleradioqoʻmitasining „Maqom“ ansamblida (1980—82), Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1982-yildan, 1996-yildan „Oʻzbeknavo“)da xonanda.
Karyerasi
tahrir1980-yilning 9-fevral kuni “Nazm va navo” ko‘rsatuvida bir qancha yosh ijrochilar “Munojot” va “Ushshoq”ni ijro etishadi. Mazkur loyihadagi chiqishdan keyin 19 yoshli Munojot el nazariga tushadi. Xuddi shu ko‘rsatuvni ko‘rgan O‘zbekistonning o‘sha vaqtdagi rahbari Sharof Rashidov “Maqom yo‘nalishida kuylaydigan yoshlar bor ekan-ku. Shu qizlarni ‘Maqom’ ansambliga ishga olinglar”, deya ko‘rsatma beradi.Munojot Yo‘lchiyeva tayyorlov bo‘limining ikkinchi bosqichini tamomlash arafasida “Maqom” ansamblining zabardast darg‘alari — Orif Alimahsumov, Berta Davidova, Komunna Ismoilova, Hadya Yusupova, Eson Lutfullayev, Matluba Dadaboyeva bilan ishlash baxtiga muyassar bo‘ladi.U 1980-yilning yozida ikki yillik tayyorlov kursini tugatgach, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining maqom yo‘nalishiga o‘qishga kiradi. Ustozi Shavkat Mirzayev bilan san’atning eng murakkab yo‘lida ijod qilishda davom etadi.
Mukofotlari
tahrirSan’atkor ijodiy faoliyati davomida hukumatning ko‘plab mukofotlariga sazovor bo‘lib kelmoqda. Xususan, 1990-yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”, 1994-yil “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” unvonlari, 1998-yil “El-yurt hurmati”, 2004-yil “Fidokorona xizmatlari uchun”, 2011-yil “Buyuk xizmatlari uchun”, 2019-yil “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlanadi.1995-yili Fransiya, 1997-yil Germaniyada audio albomlari chiqarilib, ko‘p nusxalarda sotiladi. 1997-yil “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida birinchi o‘rin sohibasiga aylanadi.
2000-yildan buyon O‘zbekiston davlat konservatoriyasida pedagoglik faoliyatini yuritib kelayotgan san’atkor 2006-yilda faxriy professor ilmiy unvonini olgan.1995-yili Fransiya, 1997-yil Germaniyada audio albomlari chiqarilib, ko‘p nusxalarda sotiladi. 1997-yil “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida birinchi o‘rin sohibasiga aylanadi.
2000-yildan buyon O‘zbekiston davlat konservatoriyasida pedagoglik faoliyatini yuritib kelayotgan san’atkor 2006-yilda faxriy professor ilmiy unvonini olgan.