Foydalanuvchi:Boboxonovna/Nelli Vladimirovna Uvarova

Boboxonovna/Nelli Vladimirovna Uvarova
Tavalludi
ruscha: Нелли Владимировна Уварова

14-mart 1980-yil (1980-03-14) (44 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi aktrisa
Faoliyat yillari 1999-yildan


Boboxonovna/Nelli Vladimirovna Uvarova

}Nelli Vladimirovna Uvarova (1980-yil 14-mart, Мажейкяй, Litva SSR, SSSR ) - rus teatr va kino aktrisasi, dublyaj ustasi. "Не родись красивой" teleserialidagi Katya Pushkareva roli bilan mashhur.

Biografiyasi

tahrir

Dastlabki yillar

tahrir

1980-yil 14-martda Litvaning Mazeikay shahrida rus-gruzin- arman oilasida tug'ilgan[1][2][3].

Otasi - Vladimir Georgiyevich Uvarov - texnologik muhandis, onasi - Galina Grigoriyevna Uvarova (turmush qurishdan oldin[4] familyasi Xalatova bo'lgan), kasbi bo'yicha iqtisodchi, sobiq sportchi, asosiy mutaxassisligi bo'yicha ishlashdan tashqari, u badiiy gimnastikadan dars bergan. Katta opasi Yelena -dizayner.

Oila onasining ota-onasi yashagan Tbilisiga ko'chib o'tganda Nelli ikki yoshda bo'lgan. U 9 yoshida Gruziya siyosiy beqarorlik davriga kelib qolgan, bu etnik nizolar va fuqarolar urushiga aylanib ketgan. Oila bu og'ir sharoitda 5 yil yashagan. 1994-yilda ular Moskvaga ko'chib o'tishgan va u yerda uy-joy, pul va ishsiz qochqin maqomini olishgan. Ammo asta-sekin barcha qiyinchiliklarni yengib o'tishgan. 1997-yilda Nelli maktabni tugatgan va VGIKning aktyorlik bo'limiga o'qishga kirgan.

Aktrisa VGIKni 2001-yilda tugatgan.

Karyerasi

tahrir

Nelli Uvarova 1999-yildan beri turli xil filmlarda rol o'ynab keladi.

Aktrisa 2001-yildan beri Rossiya Akademik Yoshlar Teatrida (RAMT) xizmat qiladi, u yerda "Волшебнике изумрудного города" filmidagi Ellidan tortib "Береге Утопии" filmidagi Natali Gertsengacha turli xil rollarni ijro etgan. Nelli Uvarova Rossiya Akademik Yoshlar Teatrining (RAMT) yetakchi aktrisalaridan biri[5] hisoblanadi.

"Zamonaviy jamiyatda o'zini tutish qoidalari" yakkaxon spektakli uchun Nelli 2004-yilda "Kamalak" xalqaro festivalida eng yaxshi aktrisa uchun mukofotiga sazovor bo'lgan. Bundan tashqari ushbu spektakl chiqqandan so'ng, aktrisa "Oltin niqob" mukofotiga nomzod ham bo'lgan.

Aktrisa 2005-yilda "Не родись красивой" serialining bosh roliga taklif qilingan va unda "maftunkor xunuk qiz" - Yekaterina Pushkareva rolini o'ynagan. Suratga olish jarayonlarida u singlisi Yelena Uvarova bilan birga ishlagan. Yelena - kostyumlar dizayneri.

2006-yilda Nelli Uvarova ishtirokidagi birinchi to'liq metrajli film ("Бумере" epizodini hisobga olmaganda), Karen Oganesyanning "Я остаюсь" filmi chiqqan.

Aktrisa 2007-yilda STS (Rossiya) va "1+1" (Ukraina) kanallarida muvaffaqiyatli namoyish etilgan 40-qismli "Атлантида" serialida Vera rolini o'ynash uchun taklif olgan.

2011-yilda u "Наивно? Очень"[6] ijtimoiy biznes loyihasining g'oyaviy ilhomlantiruvchisi va tashkilotchisi bo'lgan. Internet-do‘kon birinchi 21-sonli kollej ijodiy ustaxonalarida malaka oshirish kursidan o‘tayotgan og‘ir nogiron bolalar mahsulotlarini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan. Keyin ular o'zlarining ishlab chiqarish va ijodiy ustaxonalari, ish joylari va o'zlarining do'konlariga ega bo'lganlar.

Nelli 2016-yilda raqqosa Yevgeniy Rayev bilan birgalikda Rossiya telekanalining "Танцы со звёздами" ko'rsatuvida ishtirok etgan. Ularning juftligi ushbu loyihada 2-o'rinni egallagan va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'lgan[7].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Aktrisaning birinchi turmush o'rtog'i rejissyor Sergey Pikalov[8] bo'lgan. Ularning turmushi 2005-yildan 2009-yilgacha davom etgan. Sergey Pikalov bilan ajrashgandan so'ng 2001-yilda Nelli ikkinchi turmush o'rtog'i aktyor Aleksandr Grishin bilan oila qurgan[9]. Ularning farzandlari:

Qizi Iya (2011-yil 7-aprelda tug'ilgan).

O'g'li Ignatius (2016-yil 1-noyabrda tug'ilgan)[10].

Videolardagi syomkalari

tahrir
  • 1998-yil - "Ребята с нашего двора" (Любэ)
  • 2005-yil - " " (Yuliya Savicheva)

Ovozlashtirish

tahrir


[[Turkum:Rossiyalik aktrisalar]] [[Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar]] [[Turkum:Yashayotgan insonlar]] [[Turkum:1980-yilda tugʻilganlar]] [[Turkum:14-martda tugʻilganlar]]

  1. „Сердечные тайны Нелли Уваровой“. 2022-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-dekabr.
  2. „Зов крови: Нелли Уварова возвращается в Грузию | KM.RU“. 2013-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-fevral.
  3. „Страсти и тайны Нелли Уваровой (фото)“. 2013-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-fevral.
  4. Нелли Уварова: «Ереван я не увидела, но окунулась в приключение…»
  5. „Уварова Нелли Владимировна“. 2020-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-fevral.
  6. „Наивно? Очень: могут ли зарабатывать социальные проекты“. www.forbes.ru. 2016-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-mart.
  7. „«Танцы со звёздами» — финал!“. 2020-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-fevral.
  8. „Нелли Уварова: «Не стоит делать из внешности культ!»“ (2012-yil 17-sentyabr). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-mart.
  9. „История любви Нелли Уваровой и Александра Гришина: «Однажды нам не захотелось расставаться»“ (2014-yil 26-noyabr). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-mart.
  10. „Нелли Уварова беременна вторым ребенком“. 2016-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-sentyabr.