Nozima Habibullayeva
Tavalludi 1996-yil
Fargʻona viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Janr realizm
Mukofotlari Zulfiya

Nozima Habibullayeva — oʻzbek shoirasi. 1996-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan (2019). “Moviy qo‘shiq” nomli she’riy to‘plami O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘n ming nusxada chop etilgan[1]. Zomin respublika yosh ijodkorlar seminari ishtirokchisi. Rus, turk va ozar tillaridan tarjimalar qilib boradi. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori (2020)[2]. “Duel” respublika tanlovining final bosqichi ishtirokchisi (2021).

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Oliy adabiyot kursini tamomlagan (2021). 2022-yilda "Kamalak tovushi" bayoziga she'rlari kiritilgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. „"Xurjunimda so'zlar bug'lanaverib, Bulutga aylanib ketadi oxir"/ maqola“ (o'zbek). "Xalq so'zi" gazetasi (2021).
  2. „Зулфия номидаги Давлат мукофоти билан тақдирлаш тўғрисида“. UZA (7-mart 2020-yil). Qaraldi: 2-avgust 2022-yil.
  3. Charos Avazova. Kamalak tovushi M.Nuriddinova: . Toshkent: Nurafshon business, 2022. ISBN 978-9943-7379-1-4.