Foydalanuvchi:Dilshodbek1997/qumloq
Dukkakli ekinlar asosan tuproq harorati 8-10°C boʻlganda ekiladi, urugʻlarini tez va qiygʻos unib chiqishi uchun tuproq harorati oʻrtacha 12-14°C boʻlganda kuzatiladi, urugʻ ekilgandan 3-7 kun keyin maysa unib chiqadi.
Dukkakli ekinlarni ekish ishlarini birinchi navbatda tez yetilib qiziydigan yengil, oʻrtacha qumoq maydonlarda, keyin esa ogʻir tuproqlarda oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Urugʻlar mexanik tarkibi ogʻir, sekin qiziydigan tuproqlarda 3-4 sm, boshqa barcha tuproqlarda 4-5 sm chuqurlikda ekiladi.
Ekish muddati: bahor faslida urugʻlar 10-20-aprelda ekiladi va yoz mavsumida esa 15-iyundan 1-iyulgacha. 5-iyuldan soʻng ekilgan dukkakli ekinlar hosildorligi nisbatan past boʻladi.
Hosilni yigʻishtirib olish: dukkakli ekinlar asosan yigʻishtirib olishda navlar kesimida oʻsuv davri va tuproq iqlim sharoitiga qarab belgilanadi. Hozirgi kunda dukkakli ekinlarning davlat restriga kiritilgan navlarini oʻsuv davri 70-120 kunni tashkil etadi.
Dukkakli ekinlar oʻsib rivojlanishi uchun 20-25°C daraja harorat eng maqbul sharoit hisoblanadi. Tezpishar navlari uchun foydali harorat yigʻindisi 1800 °C, oʻrtapishar navlari uchun 2000 °C hisoblanadi.
Dukkakli don ekinlari – don (urut) olish uchun ekiladigan oʻsimliklar; dukkakdoshlarning (Fabaceae) ka-palakgullilar kenja oilasiga (Papilionaceae) mansub; shuningdek, ulardan tuproq unumdorligini oshirish uchun almashlab ekishsa foydalaniladi. Dunyo boʻyicha D.d.e.ning 17 turkumiga mansub 60 dan ortiq turi maʼlum. Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonda oʻris-noʻxat, soya, loviya, yasmiq, burchoq, vika, noʻxat, lyupin va b. tarqalgan. Poyasi tik (noʻxat), chirmashib (loviya), oʻrmalab (vika) yoki yer bagʻirlab (mosh, yasmiq) oʻsadi. Barglari murakkab patsimon yoki panjasimon. Ildizi har xil shaklda, gul tuzilishi kapalakgullilarniki singari. Mevasi – dukkak (2-9 urugʻli). Urugʻi mayda (mas, yasmiq) va juda yirik, dumaloq, buyraksimon, yapasqi va b. shaklda, batamom yoki nuqtali rangli poʻstloq bilan oʻralgan. Urugʻining oʻziga xos belgisi – urugʻ ker-timining borligidir. Oʻrta Osiyo sha-roitida oʻsuv davri 60-90 kundan (oʻrisnoʻxat, yasmiq) 90-160 kungacha (noʻxat, soya, loviya) davom etadi. Gʻunchalash va gullash davrida yer ustki qismlari kuchliroq oʻsadi. Koʻpchilik D.d.e. mevalari birin-ketin, pastdan yuqoriga qarab joylashadi, shuning uchun urugʻlar baravar pishib yetiladi. Soya, loviya issiqqa ancha talabchan, maysalari 10-13°C, lyupin, noʻxat urugʻlari 5-6°C, yasmiq, burchoq 3-4°C temperaturada unib chiqadi. Oʻrisnoʻxat, burchoq maysalari −8 °C, soya −4 °C gacha chidamli, loviya esa – G da nobud boʻladi. D.d.e. don toʻli-shishi va uning pishib yetilishi fazasida issiklikni koʻp talab qiladi. Soya, lyupin namga ancha talabchan. Noʻxat va burchoq qurgʻoqchilikka chidamli. D.d.e. yengil qumloq va qumoq tuproqlarda juda yaxshi oʻsadi. Noʻxat, vika hamda dukkaklilar neytral reaksiyali tup-roqlarda, loviya va soya nim nordon, lyupin nordon tuproklarda yaxshi usadi. D.d.e. fosforli-kaliyli oʻgʻitlarga talabchan. D.d.e. oziq-ovqat hamda ozuqa ahamiyatiga ega, oqsilga boy don olish uchun ekiladi. Doni, ayniqsa, toʻla pishib yetilmagan doni oqsil (12-60%), uglevod (11-60%), yogʻ (0,5-52%; quruq modda hisobida), vitamin, karotinga boy. Pishib yetilgan doni be-vosita taomlarga ishlatiladi. Ulardan yorma, un tayyorlanadi. Dumbul mevalari sabzavot sifatida foydalaniladi. D.d.e. doni, kunjarasi, poyasi va po-xoli chorva mollari hamda parrandalar uchun qimmatbaho, proteinga boy ozuqadir. D.d.e. tuproqni azotga boyitadi va ekinlar uchun muhim oʻtmishdosh oʻsimlik hisoblanadi. Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida D.d.e. angʻiz yoki oraliq ekin sifatida (yakka oʻzini yoki boshoqdoshlar bilan qoʻshib kuz-qish va qish-bahor davrida) ekiladi. Koʻk massasi qoramol uchun ozuqa yoki koʻkat oʻgʻit sifatida ishlatiladi.
Barqaror qishloq xoʻjaligi amaliyoti uchun agrotexnologik yoʻnalishlar
tahrirQishloq xoʻjaligida katta mablagʻ sarflab kam foyda olish emas, balki kam xarajat qilib koʻp foyda olish toʻgʻrisida oʻylab koʻrish vaqti yetdi.
tahrirQishloq xoʻjaligi Oʻzbekiston iqtisodiyotida eng muhim soha boʻlib qolmoqda va yalpi ichki mahsulotning 17 foizini tashkil etmoqda. Mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan talabini qondirish maqsadida qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish va qishloq aholisini ish bilan taʼminlash hamda ularning daromadini oshirish muhimdir.
Oʻzgarib turuvchi iqlim aniq bir meʼyorga ega boʻlmagan yogʻinlar, sovuq qish va yozning quruq issigʻi ekinlar hosildorligining bir maromda oshishiga salbiy taʼsir etmoqda. Qishloq xoʻjaligida ekinlar hosildorligining pasayishiga taʼsir etuvchi omillardan yana biri bu yer va suvdan oqilona foydalanilmaslikdir. Irrigatsiya tarmoqlaridan samarali foydalanishning nisbatan pastligi va katta hajmdagi irrigatsiya tizimlarining ishlamasligi yerlarning meliorativ holatining yomonlashuviga, suvdan samarasiz foydalanuvga olib kelmoqda.
Suvni boshqarish va undan samarali ravishda foydalanish uchun sugʻorish texnologiyalarini fermer xoʻjaliklarida turli suv manbalaridan (yogʻingarchilik, qoʻshimcha suvlar va suvning alternativ manbalari) foydalanilgan holda amalga oshirilishi, asosiy ekinlar uchun ozuqa elementlari va tuproq unumdorligini saqlash va kelajakda oshirish ekinlar xilma-xilligi (ekinlar diversifikatsiyasi) boʻyicha qilinadigan ishlarning birgalikda olib borilishi ekinlar hosildorligini maʼlum darajada oshishiga sabab boʻladi. Oʻzbekiston Prezidentining 2015-yil 29-dekabrdagi „2016−2020 yillarda qishloq xoʻjaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori va mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun gʻoʻza va kuzgi bugʻdoy maydonlari 220 ming gektarga qisqartiriladi va ulardan boʻshagan yerlarga sabzavot, poliz, yem-xashak ekinlari va intensiv tipdagi mevali daraxtlarni joylashtirish rejalashtirilgan.
Birlashgan millatlar tashkilotining oziq ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan 2004-yildan beri amalga oshirilayotgan tuproq va suvdan unumli foydalanish hamda ekinlar xilma-xilligi boʻyicha olib borilayotgan ishlar qaror va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu loyihalar muayyan darajada xizmat qilmoqda. Bu ilmiy amaliy ishlar asosan ishlab chiqarish sharoitida yer va suvdan foydalanishdagi muammolarni yechishda ekinlar mahsuldorligini oshirish baroborida tuproq unumdorligini saqlash, ozuqa elementlari va suvdan samarali ravishda foydalanishni oshirishga qaratilgan. Olingan natijalar shuni koʻrsatmoqdaki, yangi namoyish etilayotgan yaxshilangan texnologiyalar evaziga yer va suvdan foydalanish hisobiga ekinlarning mahsuldorligini oshirish mumkin, qishloq aholisining daromadlarini hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va mintaqani tabiiy zahiralarini saqlash hamda qishloq xoʻjaligining barqarorlashuviga olib keldi.
FAO oʻz eʼtiborini lalmi va sugʻoriladigan yerlarda fermerlar daromadini oshirish yaʼni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishda ekilayotgan ekinlarning hosildorligini barqaror ravishda oshirish boʻyicha ishlarni joriy etgan. Tavsiya etilgan texnologiyalar fermerlar tomonidan qabul qilinib, ularning qatnashuvida katta maydonlarga joriy etilmoqda. Qoʻshimcha ravishda FAO tomonidan 2017-yil martdan oʻz ishini boshlagan „Qishloq xoʻjaligi ekinlarini diversifikatsiya va intensifikatsiya qilish“ loyihasi yuqorida boshlangan ishlarni davom ettirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.
Agʻdarib haydash va anʼanaviy chuqur shudgorlashga asoslangan qishloq xoʻjaligidani agrotexnik tadbirlar tuproq holatining yomonlashuviga olib kelganligiga qaramay, qishloq xoʻjaligida shunday tushuncha borki, unga asosan agʻdarib haydash bilan chuqur xaydash yuqori hosildorlik garovi deb hisoblanadi. Lekin, shuni taʼkidlash joizki, katta mablagʻ sarflab kam foyda olish emas, balki kam xarajat qilib koʻp foyda olish toʻgʻrisida oʻylab koʻrish vaqti yetdi. Jahon amaliyotida resurslarni tejagan holda qishloq xoʻjalik ekinlaridan yuqori hosil olayotgan mintaqalar soni yildan yilga oshib bormoqda.
Oʻzbekistonda toʻgʻridan-toʻgʻri ekish texnologiyasini gʻoʻza qator orasiga kultivator yoki disk bilan yerni tayyorlab bugʻdoy ekish texnologiyasining oʻrniga qoʻllash mumkin. Hozirgi vaqtda kultivator bilan ekilayotgan maydonlarda bugʻdoyning ekish meʼyori ancha yuqoridir (250 kg/ga). FAO tomonidan amalga oshirilgan turli loyihalarda ekish meʼyorini kamaytirish va fermerlarning iqtisodini koʻtarishda bir qancha izlanishlar olib borilgan. Paxtasi ikki-uch marta terib olingan gʻoʻza dalalarida toʻgʻridan-toʻgʻri ekish seyalkasida ekilganda anaʼanaviy ekish usuliga qaraganda yuqori hosil berishi bilan birgalikda qoʻshimcha daromad ham keltirmoqda. Bunda toʻgʻridan-toʻgʻri ekish seyalkasidan kuzgi bugʻdoy, kungaboqar, kunjut, gʻoʻza kabi bir qator qishloq xoʻjalik ekinlarini ekishda foydalanildi. Chet eldan keltirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri ekish seyalkalarining ish unumdorligi hamda uning iqtisodiy koʻrsatkichlari eskidan ishlatilib kelinayotgan (SZ-3,6) seyalka koʻrsatkichlari bilan taqqoslangan va quyidagi jadvalda aks ettirilgan. Agar mazkur qishloq xoʻjalik mashinalari (toʻgʻridan-toʻgʻri ekadigan seyalkalar) Oʻzbekistonda ishlab chiqarilsa, fermerlar ekinlarni yetishtirishdan yanada koʻproq foyda olgan boʻlar edi.
Anʼanaviy seyalka bilan ekish usulida shudgorlash, molalash, chizellash va ekish kabi bir necha texnologik jarayonlar bajarilib, gʻalla SZ-3,6 rusumdagi seyalka bilan ekilganda 100 gektar ekin maydoni uchun 7360 litr yoqilgʻi moylash materiallari sarflangan boʻlsa, toʻgʻridan-toʻgʻri ekish imkonini beruvchi yangi seyalka bilan bugʻdoy ekilganda esa bir getar ekin maydoni hisobiga 860 litr (10 marta kamroq) yoqilgʻi moylash materiallari sarf qilingan. Yaʼni, 100 gektar ekin maydoni hisobiga tejab qolingan neft mahsulotlari miqdori 6500 litrni tashkil etgan.
Agarda tejab qolingan neft mahsulotlariga, qoʻshimcha ravishda ish haqi va traktorlar amortizasiyasi sarfini ham qoʻshadigan boʻlsak, bir gektar maydon hisobidan fermerning tejamkorlik xisobiga oladigan foydasi miqdori ancha salmoqli boʻlishi koʻrinib turibdi. Shuningdek, ekin maydoniga tuproqqa ishlov berish uchun traktorlar kirishi soni kamayishi hisobiga tuproq zichlashishi jarayoni ancha kechikishi, yana qoʻshimcha ravishda ekinlar hosildorligi ortishi degani.
Xuddi shunga oʻxshash natijalar pushtaga ekilgan kuzgi bugʻdoyda ham olingan hamda bu usulda urugʻ sarfi 50 foiz kamaygan va suv sarfi esa 30 foiz kamayganligi kuzatildi. Pushtaga ekuvchi seyalka bilan ekilgan joʻxorida suv sarfi (Oʻzbekistonda suvdan foydalanish juda muhim omildir) 32 foizgacha kamayganligi tajriba natijalariga koʻra aniqlandi. Pushtaga ekish texnologiyasi kuzgi bugʻdoy, makkajoʻxori, joʻxori va boshqa ekinlarda sinab koʻrildi olingan natijalar esa kelajakka ishonch bilan qarashga undaydi. Pushtaga ekadigan seyalkalar Oʻzbekistonda ishlab chiqilsa, uning joriy etilish maydoni oshishiga sabab boʻlar edi.