Foydalanuvchi:Dinara Muhitdinova/Chebotaeva Valentina Georgievna
CHEBOTAREVA Valentina Georgiyevna – 1935-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakulteti xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi boʻlimining 1958-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-tarixchi-hindshunos, tarix fanlari doktori, professor(1989). 1958-yildan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 144-maktabda hind tili oʻqituvchisi; 1960-yilda OʻzFA Tarix va arxeologiya institutining aspiranti; 1963-yildan mazkur institutda ilmiy xodim, katta ilmiy xodim; 1979-yildan Oʻzbekiston MK Partiya tarixi institutida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari; 1988-yilda Moskvada, KPSS qoshidagi Marksizm-leninizm institutining filiallari va koordinatsiya boʻlimining boshligʻi; 1991-yilda Rossiya Respublikasining milliy masalalar boʻyicha Davlat komitetida, keyinchalik, Rossiya Federatsiyasining milliy ishlar va mintaqaviy siyosat vazirligida masʼul xodim. Ilmiy yoʻnalishi – Oʻzbekistonda milliy masala va Oʻrta Osiyoda integratsiya jarayonlari. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi(1989), OʻzR Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan. Asosiy ilmiy ishlari: Nomz. diss. mavzusi: “Iz istorii vzaimootnosheniy SSSR s sopredelnыmi stranami Srednego Vostoka cherez Srednyuyu Aziyu (1918 – 1924 gg.)”. – T., 1963. Dokt. diss. mavzusi: “Sotsialisticheskiy internatsionalizm i osnovnie integratsionnie protsessi v respublikax Sredney Azii i Kazaxstane na etape razvitogo sotsializma”. – T., 1979.
1. Resheniye natsionalnogo voprosa v Uzbekistane / jamoaviy monografiya. – Toshkent: Fan, 1979. 2. Istoriya Rossiyskix nemsev v dokumentah /tuzuvchilar jamoasi – Tashkent, 1993 – 1994. 3. Oʻzbekiston atoqli davlat arboblarining siyosiy portretini aks ettiruvchi 20 ta maqola.