Foydalanuvchi:Dostonqurbonov2311/Bubon
BUBON (yun. bubon — chov, chovdagi oʻsma) — teri ostidagi limfa tugunlarining yalligʻlanishi («bez kelishi»). Koʻproq chov va boʻyin sohasida uchraydi. Bubon ayrim tanosil (mas, zaxm) va b. baʼzi yuqumli kasalliklar (sil, oʻlat) bilan birga kechadi yoki ularning asorati sifatida vujudga keladi. Bubon turli kattalikda boʻlib, ogʻriqli (yumshoq shankrda) yoki ogʻriqsiz (zaxmda) oʻtadi. Bubon yiring boylab yoriladi va chandik hosil qilib bitadi. Dastlab Bubonga sabab boʻlgan asosiy kasallik davolanadi, ular yordam bermasa, jarroxlik usuli qoʻllaniladi.
Manba