Foydalanuvchi:ELBEK2622/LIBERALIZM
LIBERALIZM
tahrirLiberalizm (fransuzcha: libéralisme) — odamlarning oʻzini, xatti-harakatlarini, mulkini boshqarishda erkin degan nuqtai nazarga asoslangan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy dunyoqarash, nazariya. Liberalizm XVII-XVIII asrlarda Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan, u Jon Lokk, Adam Smit, Sharl Lui Monteskye va boshqalarning mutlaq hokimiyatga qarshi qaratilgan nazariyalariga asoslanadi. Liberalizm gʻoyalari birinchi bor AQSH Konstitutsiyasi (1787) hamda „Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi“da (1789) mujassam boʻlgan. XIX asr va XX asr boshlarida liberalizmning fuqarolik jamiyati, shaxs huquqlari va erkinliklari, huquqiy davlat, demokratik siyosiy muassasalar, xususiy tadbirkorlik va tijorat erkinligiga oid asosiy qoidalari shakllangan. Hozirda liberalizm gʻoyalariga koʻra, erkin bozor mexanizmi samarali iqtisodiy faoliyat yuritish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni tartibga solib turish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi; ayni chogʻda bozor va raqobatchilik normal sharoitda rivojlanishi uchun bu sohaga davlatning muntazam ravishda aralashuvi zarur. XX asr oxirida liberalizm, konservatizm va sotsial-demokratiya gʻoyalari bir-biriga yaqinlashdi.
- ↑ 1.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2. Two Treatises on Government, archived from the original on 2002-07-13.