Foydalanuvchi:Egzotika/qumloq
„Etnologiya“
tahrirEtnologiya atamasi qadimgi yunoncha „etnos“ (xalq, elat) va „logos“ (soʻz, maʼno) soʻzlaridan tashkil topgan. Uning asl maʼnosi „xalqshunoslik“ deb tarjima qilinadi. Qadimgi davrlarda greklar „etnos“ soʻzini boshqa gʻayri xalq (elatlar)ga nisbatan ishlatganlar.
ETNOLOGIYANING SHAKLLANISHIVA PREDMETI
Hozirgi murakkab ziddiyatlarga toʻla bizning zamonamiz har xil dramatik hodisalarga boy boʻlib barcha elat va xalqlarning turmush tarzi, madaniyati va maʼnaviyatiga ulkan taʼsir oʻtkazmoq-da. Ayniqsa, iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ayrim etnoslar hayotiga, ularning oʻzaro munosabatlari va aloqalariga ham jiddiy oʻzgarishlar kiritmoqda.
Jahon aholisi XXI asrga kelib 8 milliardga koʻpaydi. Soʻnggi bir asr davomida yer kurrasidagi xalqlar son jihatdan koʻpayibgina qolmay, ularning etnik tuzilishi, turmush tarzi va maʼnaviy dunyosi ham tubdan oʻzgarishga yuz tutdi. Ona tabiat naqadar rang-barang va xilma-xil boʻlsa, yer yuzida yashovchi aholining etnik qiyofasi ham shu qadar rang-barang, turli-tumandir. Statistik maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan asr oxirlarida jahonda ikki mingdan ortiq xalqlar va elatlar yashagan. Baʼzi manbalarda esa yer yuzida yashovchi katta-kichik etnoslarning soni uch-toʻrt mingga yaqin, deb koʻrsatiladi. Shularning 260 tasi bir milliondan ortiq kishiga ega xalqlardan ibo-rat boʻlib, jahon aholisining 96 foizini, dunyoda eng kam sonli aholiga ega bir yarim mingga yaqin elatlar esa bir foizini tashkil qiladi. Tili jihatidan bir-biridan ajralib turadigan etnik birliklarning soni uch mingdan ortiq.
XX asr iqtisodiy-ijtimoiy buhronlar, ekologik, etnik muammolar asri boʻldi. Bu muammolar oʻz-oʻzidan XXI asrga ham koʻchib oʻtdi. Shunday ekan bunday vaziyatda yoshlarning ongi va bilimini, jamiyatni boshqarishga aloqasi bor barcha shaxslarning tasawurla-rini etnologik maʼlumotlar bilan boyitish zaruriyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Alalxusus, ushbu darslikda etnologiya fani tushunchasi, uning mohiyati va qisqacha tarixi, asosiy maktablari va yoʻnalishlari, et-nogenez va antrogenez, oʻziga xos uslub va atamalar kabi nazariy masalalar koʻrib chiqilgan. Shu bilan birga mazkur fanning hozirgi kundagi eng muhim etnoslararo munosabatlar, umuminsoniy va umumetnik jarayonlar, etnik guruhlar va irqlaraing oʻzaro aloqalari, etnik ong stereotipi va etnik psixologiya kabi ustuvor masalalarga ham alohida eʼtibor berilgan.
Etnolog olimlarning juda koʻp ilmiy tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, insoniyat tarixining ibtidoiy davrlardan hozirgi kunlargacha bosib oʻtilgan barcha pogʻonalarida kishilar oʻzligini anglashga, anʼanaviy turmush tarzi, urf-odat va maʼnaviyatini tushunib olishga, ayniqsa, qoʻshni elatlarning etnik xususiyatlari va hayotini bilishga doimo ehtiyoj sezib kelganlar. Bunday ehtiyoj tufayli ming yillar davomida toʻplangan turli elatlar toʻgʻrisidagi boy maʼlumotlar davlatlararo munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyishga, tinchlik sari yoʻnalishga yordam berib kelmoqda. Hatto qadim zamonlarda ayrim mualliflar juda koʻp empirik xarakterdagi maʼlumotlarni muayyan tizimga solishga, xalqlarni xoʻjalik va madaniy jihatdan klassifikatsiyalashga intilganlar. Ammo bunday oʻy-fikrlar ilmiy asoslanmagan, mavhum xarakterda boʻlgan.
Jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan notekis rivojlanishi natijasida ayrim xalq va elatlarning hanuzgacha qoloq ibtidoiy tuzumda, baʼzilari esa oʻrta asrlar davri madaniyati darajasida qolganligi maʼlum. Bunday elat va etnik guruhlar Avstraliya, Afrika, Markaziy Amerika va Osiyoning baʼzi yerlarida hozirgacha saqlanib qolgan. Ular juda kam boʻlsalar-da, ammo ibtidoiy urugʻ-qabilachilik tuzum qonun-qoidalari, urf-odat va marosimlari, patriarxal turmush tarzi anʼanalariga haligacha amal qilib kelmoqdalar.
Asli koʻpchilik xalq va elatlar etnos sifatida quldorlik jamiyati davrlaridan tili yaqin boʻlgan bir necha urugʻ-qabilalarning birikishi, oʻzaro urushlar va koʻchishlar (migratsiya) tufayli aralashib ketishi natijasida shakllana boshlagan. Odatda etnoslar iqtisodiy, maishiy va madaniy jihatdan eng kuchli va rivojlangan koʻp sonli elatlar doirasida muayyan maʼmuriy, hududiy va til umumiyligi zaminida paydo boʻlishgan. Ular koʻpincha tiliga qarab ayrim xalq nomi bilan tanilgan.
Aytish joizki, hozirgi siyosiy va ilmiy atamalarning koʻpi ikki-ikki yarim ming yillar muqaddam Yunonistonda paydo boʻlgan. Jumladan, hozir koʻp ishlatiladigan „demokratiya“ yoki „demografiya“ soʻzlari qadimgi grek (yunon) tilidan olingan boʻlib, uning negizini „demos“, yaʼni tub maʼnoda „xalq“ degan soʻz tashkil etadi. Shu maʼnoda, ilk jamiyat asosini tashkil qiluvchi xalq tushunchasini ifodalovchi yana bir atama — „etnos“ ham ishlatilgan. Masalan, „demografiya“ fani jahon yoki ayrim mamlakat aholisining soni, joylashuvi, tugʻilishi va oʻlimi, ijtimoiy-jinsiy va yosh tuzilishini, tabiiy oʻsish va koʻchish (migratsiya) jarayonini oʻrganadi. Lekin, jahondagi xalq va elatlar oʻz tili, kelib chiqishi va joylashuvi, moddiy va maʼnaviy madaniyati, anʼanaviy xoʻjaligi, maishiy turmushi va xarakteri, milliy psixologiyasi va urf-odatlari bilan ham bir-biridan ajralib turadilar. Xalqlarning oʻzaro tafovuti, umumiyligi yoki oʻxshashligini, ularning oʻziga xosligi va xususiyatlarini jiddiy oʻrganuvchi maxsus fan sohasi „etnografiya“ va „etnologiya“ nomi bilan XIX asr oʻ rtalarida isteʼmolga kirdi.
Ayrim mamlakatlarda hozirgacha etnologiya atamasi bilan birga etnografiya, madaniy yoki sotsial antropologiya, xalqshunoslik nomlari ishlatiladi. Baʼzi yevropalik olimlar etnologiyani nazariy fan, etnografiyani esa taʼriflovchi fan sohasi deb aytadilar. Aslida ikkala atama ham mazmunan sinonim, yaʼni bir maʼnoni anglatuvchi tarix fani sohasi desa boʻladi. Hatto qadimgi yunon mualliflari dastlabki etnografik maʼlumotlarni xalqlarai taʼriflash bilan cheklab qoʻymasdan, balki ularni muayyan guruhlarga boʻlib, yaʼni ilk bora tasniflashga intilib nazariy fikrlarni bayon qilganlar. XIX asrlargacha „etnologiya“ atamasi fanda baʼzan ayrim etnografik jarayonlarni tasvirlashda ishlatilib kelingan. Mazkur atamani xalqlarni va madaniyatlarni oʻrganishdagi yangi fan sohasi sifatida birinchi marta fransuz olimi Jan Jak Amper ishlatgan. U 1830-yilda „antropologik“, yaʼni gumanitar fanlar umumiy klassifikatsiyasini ishlab chiqqan va shu tizimga „etnologiya“ soʻzini kiritgan. Bu atama qisqa muddatda keng tarqalib mustaqil fan sifatida tanilgan.
Rasmiy ravishda etnologiya mustaqil fan sifatida 1839-yili Parij etnologiya jamiyatiga asos solingan davrdan boshlab tan olingan. Albatta, bunday holat yengil, murosasiz oʻtmagan, yangi fanning predmeti, maqsad va fan olamida tutgan oʻrni tevaragida jiddiy ilmiy-nazariy kurashlar boʻlib, ayrim yoʻnalish va maktablarni yuzaga keltirgan. Bunday munozara va tortishuvlar hozirgacha davom etib kelmoqda, ayniqsa, mazkur fan atamasi, uning mohiyati va predmeti doirasida turli tushunchalar va mulohazalar mavjud boʻlib, etnologiya atamasini turlicha talqin qilish va izohlash keng koʻlamda shu kungacha saqlangan.
Soʻnggi vaqtda taniqli tadqiqotchilar etnologiyani tarixiy fan ekanligini taʼkidlab, uni jahondagi barcha elat va xalqlarni, qoloq yoki rivojlangan boʻlishidan qafi nazar, teng, baravar oʻrganuvchi fan sohasi deb tan oldilar. XIX asr oʻrtalarida gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida etnologiya fanining tez sur’atlar bilan oʻsishi mustamlakachilik siyosatining keng miqyosda oʻtkazilishi bilan bogʻliq boʻlgan. Mustamlakachi davlatlar Afroosiyo oʻlkalarida oʻziga qaram qilib olgan oʻlkalarni boshqarish maqsadida har tomonlama xilma-xil etnografik maʼlumotlarga muhtoj edilar. Shuning uchun ham bunday maʼlumotlarni faqat etnologiya yetkazib berishi mumkin edi.
Shuni ham alohida qayd etish lozimki, bu fan sohasi hozirgacha yagona taʼrifga ega emas. Yaqin davrlargacha adabiyotlarda ikki turdagi taʼrif mavjud edi. Barcha ensiklopedik lugʻatlarda chop etilgan taʼrif asosan, mashhur rus olimi S. P. Tolstovning soʻzlarini qaytalagan. Uning yozishicha, „Etnografiya turli jahon xalqlarining madaniy va maishiy hayoti xususiyatlarini asosan, bevosita kuzatish yoʻli bilan oʻrganadigan, mazkur xususiyatlarning tarixiy oʻzgarishi va rivoji, xalqlarning kelib chiqishi (etnogenez), joylashuvi (etnik geografik) va madaniy-tarixiy oʻzaro munosabatlari muammolarini tadqiq qiluvchi tarixiy fan“dir. M. G. Levin, S. A. Tokarev, Yu. V. Bromley va G. E. Markov kabi mashhur etnolog olimlarning ikkinchi turdagi etnografiya (etnologiya) taʼriflari bir oz qisqa va ixcham boʻlsa-da, ammo mazmunan S. P. Tolstov taʼrifini takrorlaydi.
Har bir fanning oʻziga xosligi uning tadqiqiy predmeti va uslubi bilan belgilanadi. Etnologiya fani shakllana boshlagan davrdan hozirgacha mufassal saqlanib kelayotgan mavzu etnik madaniyatlarning oʻzaro munosabatlarining genezisi muammolari bilan bogʻliq boʻlgan. Ammo etnologiya predmeti doimo kengayib, oʻzgarib davr talabiga javob beradigan masalalarni oʻrganishga qaratilgan. Oqibatda hozirgacha etnologiya fani tevaragida, har xil mulohazalar saqlanib, umumiy, barchaga maʼqul taʼrif topilgani yoʻq. Shiihday boʻlsa-da ham mavjud yoʻnalishlar va konsepsiyalar koʻpligiga qaramay mazkur fan sohasi hozirgi kunda eng dolzarb va muhim muammolarni tadqiq qiluvchi fan hisoblanadi.
Ushbu fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda shuni alohida qayd qilish zarurki, XX asr davomida etnologiya fani doirasida nihoyatda boy empirik va nazariy materiallar toʻplanib, har xil tarixiy xulosalar va mulohazalarni yuzaga keltirgan. Agar XIX asrning birinchi yarmida etnologik tadqiqotlar asosan, akademik xarakterga ega boʻlib, oʻtmishdagi madaniyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashdan iborat ekanligini qayd qilsak, XX asrning ikkinchi yarmida etnologik bilimlar toʻplash tubdan oʻzgarib koʻproq pragmatik ahamiyatga ega boʻla boshladi. Hozirgi kunda etnologiya fanining yutuqlari ijtimoiy hayotning turli sohalarida siyosiy, iqtiso-" diy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda, ommaviy muloqotlar, xalqaro savdo va diplomatik munosabatlarni mustahkamlashda muhim rol oʻynamoqda. Demak, barcha mavjud mulohaza va oʻy-fikrlarni, konsepsiya va yoʻnalishlarni umumiylashtirib quyidagi taʼrifni berish maqsadga muvofiq: „Etnologiya — har xil elat va xalqlarning kelib chiqishi, etnik tuzilishi va shakllanishi, oʻziga xos moddiy va maʼnaviy xususiyatlari, turmush tarzi, etnik tabiati, xa-rakteri va his-tuygʻularini oʻrganadigan fan sohasidir“.
Etnologiya fanining umumilmiy ahamiyatini kamsitmay, uni umumtarix fani tarkibida mustaqil metodologik (dunyoqarash) xususiyatiga ega ekanligini alohida qayd qilish lozim. Etnologiya ayrim xalq va elatlarni oʻrganishda etnik tarixning barcha tomonlari ijtimoiy jarayon bilan bogʻliq boʻlganligi tufayli keng maʼnoda madaniyat sohasida milliy-madaniy xususiyatlarni tarixiy arxeologik, iqtisodiy-geografik tadqiqotlar oʻtkazishda eng zarur materiallarni yetkazib berishi mumkin. Bunday holat fanning boshqa soha vakillari etnologik tadqiqotlar natijalaridan foydalanib uni qoʻshimcha (yordamchi) soha sifatida munosabat bildirishlarida kuzatiladi. Soʻnggi yillarda paydo boʻlgan etnosotsiologiya, etno-psixologiya, etnogeografiya kabi egizak fan tarmoqlarining paydo boʻlishi bejiz emas.
Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida jiddiy tus ola-yotgan millatlararo etnik jarayonlarning qonuniyatlarini ochib be-rish, maishiy-madaniy integratsiya va assimilyatsiya tarixini obyektiv yoritish, milliy chegaralanish va anʼanaviy joylashuv muammolari-ni haqqoniy hal qilishdek etnologiya fani yutuqlari nihoyatda dol-zarb ekanligi isbotlanmoqda.
Demak, etnologiya zamonaviy fan sohasi sifatida umumilmiy va sotsial ahamiyatga ega ekanligini qayd qilib, uni 1) insoniyat tarixiva ayrim xalqlarning etnik muammolarini metodologik jihatdan mustaqil hal qilishga qobil dunyoqarash; 2) inson va jamiyatni oʻrganuvchi boshqa ijtimoiy fanlarga qoʻshimcha materiallar beruvchi ilmiy soha; 3) davlatlar va hukumat arboblari siyosiy jihatdan dolzarb milliy muammolarni toʻgʻri hal qilishda, kqchilik, millatchilik va shovinizm kabi illatlarga qarshi kurashda muhim asos boʻlib xizmat qiladigan fan hisoblanadi.
Maʼlumki, tarixiylik va tarixiy-qiyoslash ilmiy dunyoqarashning butun metodolbgik negizini tashkfl qiladi. Tarixiy yondashish har bir predmetni, shu jumladan, ayrim fanni ham toʻgʻri tushunishning birdan-bir haqqoniy usuli sanaladi. Shu bois etnologiya fanining mohiyati va jamiyatda tutgan oʻrnini belgilash uchun uning tarixiga bir nazar tashlash zarur.
ETNOLOGIYA FANINING QISQACHA TARIXI VA ETNOS NAZARIYASI
Har bir fan dastlab fakt va raqamlarni toʻplaydi, keyin ularning mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. Etnografik bilimlarning oʻziga xos xususiyati shundaki, ularning paydo boʻlishi, zarur maʼlumotlar toʻplanishi, faktlar anglab olinishi bir vaqtda sodir boʻladi. Masalan, ayrim qoʻshni qabila, xalq va elatlarning maishiy turmushi, madaniyati, urf-odatlari, etnik xususiyatlarini oʻrganish, ularni aniq tushunish amaliy ehtiyojlarni qondirish taqozosi bilan vujudga kelgan. Eng qadimgi sharq mamlakatlarida uzoq-yaqin qoʻshnilar bilan samarali savdo-sotiq munosabatlarni oʻrnatish, shu-ningdek, ularga qarshi muvaffaqiyatli urushiar olib borish uchun ham, birinchi navbatda etnologik bilimlarga ega boʻlish zarur edi. Sharq mustabidlari, ayniqsa, Qadimgi Bobil, Ossuriya va Eron hukmdorlari oʻzlarini ulugʻlash maqsadida toshga bittirgan zafarnomalarida bosib olingan va boʻysundirilgan turli elat va xalqlar tilga olinadi. Qadimgi Gretsiya va Rim mualliflarining asarlarida qoʻshni qabilalar va elatlarning etnik tuzilishi, turmushi va madaniyati toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar bilan bir qatorda baʼzi nazariy tushunchalar va fikrlar ham keltiriladi.
Odatda etnologiya (etnografiya) mustaqil fan sifatida XIX asr oʻrtalarida tashkil topgan, deb hisoblaydilar. Mazkur atama oʻsha davrdan boshlab ancha muntazam ravishda ishlatila boshlandi, dastlabki etnografik ilmiy jamiyatlar, maxsus asarlar va toʻplamlar paydo boʻldi. Yangi fanning tashkil topishida, shubhasiz, oʻsha davrda tabiiy fanlarning gurkirab oʻsishi, ayniqsa, fanda evolyutsiya gʻoyaning gʻalabasi katta ahamiyatga ega boʻldi. Bu gʻoya tufayli tartibsiz bilimlar, barcha xom, tarqoq maʼlumotlar muayyan tartibga solindi va insoniyat tarixining ibtidoiy davrdan to yuksak madaniy darajaga koʻtarilishini pogʻonama-pogʻona aniqlab olish imkoniyati tugʻildi.
Albatta, „Odam toʻgʻrisidagi fan“ning tez sur’atlar bilan rivojlanishi va etnologiya fanining mustaqil ilm sohasi boʻlib qolishi negizida asrlar davomida toʻplanib kelgan etnologik bilimlar, jahon xalqlari toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlar, har xil tushuncha va nazariyalar yotadi. Bularning tarixini qisman boʻlsa ham bilib olishning oʻzi muhim ahamiyat kasb etadi.
Yozuv kashf etilgan dastlabki davrdan boshlab oʻqishni hamda uzoq xalq va elatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qadimgi Misr, Mesopatamiya va Eronda yaxshi bilganlar, qoʻshni elatlar toʻgʻrisida faqat yozma manbalardagina emas, balki xalq ogʻzaki ijodida ham toʻqilgan turli rivoyatlar, hikoyalar va afsonalardan bilib olganlar. Mil. aw. XX asrlarda Misrda yaratilgan „Sinuxeta sarguzashtlari“, keyinroq tosh va qabrlarga bitilgan zafaraomalar, Tell-Amarneda topilgan arxiv hujjatlari, qadimgi Shumer va Ossuriya obidalarida-gi yozuvlar, eron-ahmoniy podsholari bittirgan jangovar solnomalar tevarak-atrofdagi mamlakatlar aholisi toʻgʻrisida nodir maʼlumot-larni bizgacha yetkazganlar.
Yahudiy va nasroniylarning qadimiy muqaddas kitoblaridan Tavrot (Bibliya)da tilga olingan turli elat va qabilalarning nomlari Yaqin Sharqda yashovchi xalqlarning genealogiyasi bilan bogʻliq ekanligini qadimgi zamon mualliflari ham alohida qayd qilgan edi. Maʼlumki, Tavrot mil aw. XIII-V asrlar oraligʻida turli janrdagi har xil adabiy asarlar yigʻindisidan tashkil topgan va taxminan V asrlarda toʻplam shaklida yozilgan diniy qoidalar kitobidir. Ayniqsa, uning „Podsholar kitobi“ va „Paygʻambarlar“ nomli tarixiy qismlarida, yahudiylar olib borgan urushlar toʻgʻrisidagi rivoyatlarda juda boy etnologik maʼlumotlar jamlangan. Hatto Nuh paygʻam-barning uch oʻgʻli — Sim, Xom, lafetdan tarqagan avlodlarning nom-lari „Jahon xalqlari shajarasi“ni tashkil qiladi, degan „nazariya“ asosida dunyodagi tillarning klassifikatsiyasi tuzilgan. Tavrotda tilga olingan maʼlumotlar xalqlar shajarasi boʻlmay, balki qadimgi koʻchmanchi xalqlarning oʻtroq holatga oʻtish davridagi turmush tarzi va madaniy hayotining turli shakllarini ifodalovchi rivoyatlar-dan biri, deyish mumkin. Shunisi muhimki, Nuh avlodlarining nom-lari koʻpincha qadimgi badaviy va qoʻshni koʻchmanchi qabilalar nomlariga oʻxshaydi. Chunki yahudiylar dastlab koʻchma badaviy-larning ayrim qabilasi sifatida paydo boʻlgan.
Demak, Tavrotda insoniyat genealogiyasi birinchi marta tartib-langan. Undagi maʼlumotlarga koʻra, insoniyatning yagona oila-dan kelib chiqishi, qarindosh-genealogik munosabatlari bilan bevo-sita bogʻliq ekanligini tasdiqlovchi rivoyatlar monogenetik nazari-yani yuzaga keltirgan. Ammo insoniyat urugʻining birligi toʻgʻrisi-dagi mazkur gʻoya diniy tusda berilgan boʻlib, olamni va barcha kishilarni oʻzaro bogʻliq muayyan sharoitda, muayyan hududda bir-ga yaratgan yakka-yagona xudodir, degan afsonaga tayanadi. Tav-rotning 2-bobidagi keyingi afsonaviy rivoyat bir oiladan chiqqan xalqlarning har xil tilda soʻzlashishini izohlashga intiladi.
Afsonada dunyoda dastlab yagona til, yagona sheva boʻigan, deb hikoya qilinadi. Sharqdan kelgan kishilar Bobil yurtidagi Sennaar tekisligida joylashganlar, ular loydan yasalgan gʻishtni pishirib, shahar qurganlar, samoga yetadigan minora tiklay boshlaganlar. Osmondan yerga tushib, shaharni tomosha qilgan xudo yagona tilda birlashgan xalq nimalar qilishga qodir ekanligini koʻrib, bu kishilar samoga — xudo dargohiga ham chiqishi mumkin deb, ularning beadabligidan dargʻazab boʻlgan. Xudoning farmoyishi bilan barcha xalqlar, elatlar va tillar aralashtirilib, butun dunyoga sochib yubortirilgan.
Etnologik xarakterga ega boʻlgan bu afsona keyinchalik nasroniy va islom mafkurasiga oʻtibgina qolmay, soʻnggi davrlargacha butun Yevropa tarixshunoslik faniga ham taʼsir qilib kelgan. Tavrotdagi xalqlar genealogiyasi turli nazariyalar, mulohaza va tortishuvlarga sabab boʻlgan. Adabiyotda „Bobil aralash-quralashuvi“ nomi bilan maʼlum boʻlgan bu afsona mantiqiy jihatdan Tavrot „monogenetik“ nazariyasinjng uzviy davomi boʻlib, tarixda eng birinchi ommaviy etnologik konsepsiya hisoblanadi.
Qadimgi davrga kelib, etnografik bilimlar kengayib va koʻpa-yibgina qolmay, madaniyatning oʻsishi bilan umumiy va nazariy xulosalar ham yuzaga keladi. Qadimgi Gretsiya dostonlari „Iliada“ va „Odisseya“da yaqin qoʻshni elatlar toʻgʻrisida afsonaviy maʼlumotlar keltirilgan boʻlsa, keyingi asrlar davomida amalga oshgan greklarning „buyuk kolonizatsiya“si (milaw. VII-V asr-lar)dan soʻng tevarak-atrofdagi xalqlar toʻgʻrisidagi bilimlar doirasi juda kengayadi va boyiydi. Xususan, ana shu davrga mansub Gerodotning noyob etnologik maʼlumotlar bilan toʻla mashhur 9 jilddan iborat boʻlgan tarix kitoblari tadqiqiy xarakterga ega.
Buyuk Iskandarning Sharqqa qilgan yurishlari natijasida vujudga kelgan katta imperiya gʻarbdan sharqqacha keng hududda yashagan xalqlarning turmush madaniyatini bilishdagi yangi bosqich boʻldi. Bu davrda greklarning umumiy madaniy saviyasida ham shiddatli oʻzgarishlar sodir boʻlib, fanning barcha sohalari gurkirab oʻsdi. Ellinizm davrida grek madaniyati Sharqda Hindiston va Markaziy Osiyogacha, gʻarbda Pireney yarim oroli va Britaniya orollarigacha tarqalib, mahalliy xalqlarning madaniyati bilan aralashib ketganligi bois, ular toʻgʻrisida yangi maʼlumotlar toʻplandi va koʻplab asarlar yozilgan. Ayrim xalqlarning geografik joylashuvi, mashgʻuloti, siyosiy tuzumi, sud va qurol-aslahasi, harbiy, nikoh va oilaviy urf-odatlari kabi muhim maʼlumotlar milodning I asrlarida yashagan Strabonning „Geografiya“ nomli ensiklopedik asarida tanqidiy tarzda keltirilgan.
Afmalik mashhur tarixchi Fukidid asarlarida, Sokratning atoqli shogirdi Ksenofantning „Anabasis“ida Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Qora dengiz boʻylari va Frakiyada yashagan xalq va elatlar toʻgʻrisida juda koʻp etnografik maʼlumotlar aks etgan. „Iskandarning yurishlari“ nomli asarini yaratgan Arrian ham makedoniyalik jahongir bosib olgan xalqlar toʻgʻrisida batafsil axborot yozib qoldirgan.
Qadimgi davrning buyuk mutafakkirlari — Aflotun va Arastu asar-larida afsonaviy Atlantida aholisi, qoʻshni xalqlarning urf-odatlari, elatlar ruhiyati, rasm-udumlari va davlat tuzumiga taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar, nazariy mulohazalar uchraydi. Qadimgi Elladaning ajoyib faylasufi materialist Demokrit asarlarida jahon adabuK>tida birinchi marta insoniyat urugʻining yarim hayvoniy, vahshiy holatdan oʻz mehnati va idroki tufayli madaniy hayot tarziga oʻtish jarayoni tasvirlangan. Tibbiyot fanining otasi, mashhur olim va shifokor Gip-pokrat etnologik dalillarga tayanib xalqlarning urf-odatlari, milliy ruhiyati, xarakteri va tafovuti tabiiy-geografik sharoit bilan bogʻliq-ligi toʻgʻrisidagi dastlabki ilmiy mulohazalarni ilgari surgan.
Jahon sivilizatsiyasida beqiyos oʻrin tutgan qadimgi Rim muta-fakkirlarining asarlarida ham muhim etnologik maʼlumotlar, qim-matbaho mulohazalar, nazariy fikrlar mavjud. Ayniqsa, Korneliy Tatsit, Lukresiy Karlar qadimgi germanlar va keltlar, sarmatlar va skiflarning turmush tarzi, siyosiy va harbiy tuzumi, ijtimoiy va oila-viy hayoti, mashgʻuloti, uylari, kiyimlari, axloqi va tarbiyasi, taomi va oʻyinlari toʻgʻrisida ajoyib maʼlumotlar yozib qoldirganlar. Tatsit chirib borayotgan Rim davlatining axloqiy inqiroziga „yovvoyi odam“ (germanlar)ning qoʻpol va qashshoq, ammo sogʻlom va pok turmush tarzini qarama-qarshi qoʻyadi. Muarrix shoir Lukresiy Kar „Buyumlar tabiati toʻgʻrisida“ nomli asarida hayotning rivojlani-shi, odamning paydo boʻlishi va uning madaniy oʻsishi toʻgʻrisida izmumiy fikrlar yuritadi.
Shunday qilib, qadim zamonda yuqori madaniy saviyaga erish-gan yevropaliklar boy etnologik bilimga ega boʻlganlar. Ular oʻrta yer dengizi atrofida joylashgan xalqlar, Shimoliy Afrika va Old Osiyo, qisman uzoqroq joylardagi etnoslar toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar toʻplashgan, bu xalqlarning maishiy turmushi, madaniy xususiyatlarini haqqoniy tasavvur qila bilganlar. Maz-kur maʼlumotlardan ayrim olim va mutafakkirlar umumiy xulo-salar chiqarib, baʼzi qonuniyat va oʻxshashliklarni kashf qilgan-lar. Ayrim faylasuf olimlar xalqlarning kelib chiqish tafovuti, oʻxshashligini koʻrsatibgina qolmay, ularning sababini izohlashga ham intilganlar.
Qadimiy madaniyatning yemirilishi, madaniy darajali quyi qabi-lalarning hujumlari, xoʻjalik va madaniy hayotning inqirozi milod-ning V-VI asrlarida geografik va etnografik bilimlar doirasi qisqarib ketishiga sabab boʻldi. Ilk feodalizm davrida Yevropada paydo boʻlgan siyosiy tarqoqlik hatto hukmron tabaqalar orasida ham bilimga qiziqishni, ilmga intilishni birmuncha soʻndirib yubordi, Bilimdonlik dunyoviy ilmlarga qarshi turgan ruhoniylar orasida saqlanib qolgan edi. Oqibatda oʻrta asrlarning deyarli butun birinchi yarmi etnografik bilimlarning inqirozga uchragan davri boʻldi. Bu inqirozga nasroniy dini ham „oʻz hissasini“ qoʻshdi. Nasroniy mafkurasi dunyoviy voqelikdan voz kechishni targʻib qilibgina qolmay, ajdodlar yaratgan antik dunyo fani, adabiyoti va sanʼati namunalarini, ibodatxona va obidalarni „majusiy“ deb atab, vayron qildi, yoʻqotib yubordi.
Faqatgina sharq mamlakatlarida, Vizantiya mualliflari, arab xalifaligi tarkibidagi oʻlkalarda yashagan mutafakkirlar va sayyoh-lar yaratgan asarlarda baʼzi maʼlumotlar saqlanib qolgan xolos. Prokopiy Kesariyskiy, Gotlik lordan, Anna Komina kabi mashhur tarixchilarning risolalarida, Titmar, Adam Bremenskiy, Gelmold kabi nemis cherkov yozuvchilarining solnomalarida qoʻshni qabilalar toʻgʻrisida etnologik lavhalar uchraydi.
IX-XII asrlarda arab tilida ijod qilgan sharq mualliflaridan ibn Xurdodbek, Al-Balxiy, Al-Istahriy, ibn Havqal, Mas’udiy, Yoqut singari yirik geograf va sayyohatchilar, ajoyib faylasuf va musiqashunos Abu Nasr Forobiy, mashhur ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniy (ayniqsa, uning „Hindiston“ asari) va buyuk tabib ibn Sino, atoqli etnolog, geograf va tarixchi Abu Saʼd Abdukarim, ibn Muhammad Saʼmoniy asarlarida hamda nomaʼlum muallif yaratgan „Hudud ul-olam“ nomli risolada Sharq mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda yashagan aholi toʻgʻrisida noyob etnologik maʼlumotlar aks etgan.
Shuningdek, XI asrda yashab ijod etgan ulugʻ tilshunos olim Mah-mud Qoshgʻariyning „Devonu lugʻatit turk“ („Turkiy soʻzlar devo-ni“) asarida har bir shahar va qishloq aholisining turmushi, etnik tarkibi va til xususiyatlari maxsus oʻrganilgan, juda koʻp turkiy qabi-lalarning ijtimoiy tuzumi, kelib chiqishi va oʻrnashishi, hatto har bir qabilaga oid geografik mavqelari belgilanib, oʻz davriga mos ilmiy xarita tuzilgan.
Maʼlumki, Chingizxon hukmronligi davrida moʻgʻullar imperi-yasi misli koʻrilmagan darajada kengayib, Xitoy, Sharqiy va gʻarbiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Eron yassi togʻligi, Mesopatamiya, Kavkazorti va Sharqiy Yevropani oʻziga qaram qilib oladi. Moʻgʻullar bosib olingan xalqlarni vahshiylarcha talon-taroj qilganlar, koʻp shahar va qishloqlarni vayron qilib, yondirib yuborganlar, aholining ancha qismini qirganlar va qul qilib olib ketganlar. Oqibatda yashnab yotgan minglab shahar va qishloqlar, bepoyon unumdor yerlar xarobalarga aylangan. Bunday dahshatli, jahonni larzaga solgan qoʻshinning paydo boʻlishi va uning yengilmas zoʻr qudrati sirini bilish Yevropa monarxlari Rim papasini ham qiziqtirmay qoʻymas edi, albatta. Bu holat Yevropa mamlakatlari bilan Moʻgʻul imperiyasi oʻrtasida savdo, siyosiy va diplomatik munosabatlar oʻrnatishga turt-ki boʻldi. Moʻgʻullar bilan yaqin munosabat oʻrnatishda Rim papa-lari ancha faollik koʻrsatdilar. Birinchi boʻlib „Tatar oʻlkasiga“, yaʼni Moʻgʻulistonga papa Innokentiy IV 1245-yilda loanna Plano Karpi-ni boshchiligida monaxlardan iborat elchilarni yuboradi.
Plano Karpini yozib qoldirgan sayohatnomada, undan bir oz keyin (1249-1251) xuddi shu yoʻl va shu maqsad bilan safar qilgan uning vatandoshi Vilgelm Rubruk asarida baʼzi tarixiy-etnografik maʼlumotlar uchraydi. Buyuk venetsiyalik sayohatchi Marko Polo ham Rim papalarining topshirigʻi bilan bir necha yil sayohatlarda boʻladi, bir necha mahalliy tillarni oʻrganadi, oʻz vataniga qaytishda genuyaliklar tomonidan asir olinadi va qamoqda oʻzining manbalarga boy sayohatnomasini yaratadi.
Bu davrda yashab, ijod qilgan Sharqning buyuk mutafakkir tarixchisi Rashididdinni (1247-1318) alohida qayd qilib oʻtish lo-zim. Uning ajoyib solnomalar toʻplamida turk va moʻgʻul qabilalari haqida juda qimmatli tarixiy-etnografik maʼlumotlar mavjud.
Temuriylar davriga oid qiziqarli etnologik lavhalarni ispan elchisi Gonzales de Klavixo asarida, rus solnomalarida, Nizomiddin Shomiy, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqa ulugʻ ajdodlarimiz asarlarida uchratish mumkin. Temur davlati, Movarounnahr va qoʻshni mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini har tomonlama mukammal tasvirlagan Zahiriddin Muhammad Boburning tengsiz asari -"Boburnoma" alohida diqqatgasazovordir. Bu asar oʻnlab Yevropa tillariga tarjima qilingan. Buyuk oʻzbek shoiri, yirik davlat arbobi Bobur koʻp oʻlkalarni zabt etgan, boshidan oʻtgan voqealarni, oʻzi boshqargan yoki oʻrgangan oʻlkalar tarixi, iqlimi, yashash tarzi, madaniyati xususida atroflicha toʻxtalib, qimmatbaho tarixiy-etnografik manbalarni yozib qoldirgan.
XV asr oʻrtalaridan boshlangan „Buyuk geografik kashfiyot-lar“ etnologik axborotlarning keng miqyosda va tez sur’atlar bilan toʻplanishga sabab boʻldi. Bu davr shaharlarning oʻsishi, savdo mu-nosabatlarining kengayishi, manufaktura xoʻjaligining tugʻilishi va boshqa katta ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bogʻliq edi. Yangi-yangi yerlarni bosib olish maqsadida oʻtkazilgan yurishlar, jasur dengizchilar va savdogarlarning, qaroqchi va mustamlakachilar-ning bepoyon okeanlarda suzishlari natijasi oʻlaroq Amerika qitʼa-sini, Afrika sohillarini, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo oʻlkalari-ni, Okeaniya arxipelagi va orollarini kashf etilishi yevropaliklarni ilgari nomaʼlum boʻlgan turli irq va tildagi xalqlar bilan tanishtir-di. Dastlab portugal va ispan sayyohlari, keyin golland, ingliz va fransuzlar dunyoning barcha qifalarida boʻlib, yangi yerlarni kashf qilibgina qolmay, juda koʻp oʻlka va elatlarni oʻz izmlariga boʻysun-dirib, mustamlakachilikka yoʻl ochib berganlar. Kashf etilgan mam-lakatlar va ularning aholisi toʻgʻrisidagi birinchi maʼlumotlar kema kundaliklarida va sayohatlar haqidagi hisobotlarda, keyinchalik ancha batafsil tuzilgan bayonnoma va sayohatnomalarda aks etti-rilgan.
XV-XVII asrlar davomida etnografiya fani Markaziy, Shimoliy va Janubiy Amerika hindilari, Afrika va Osiyoning aksariyat xalq-lari toʻgʻrisida juda boy maʼlumotlarga ega boʻlgan edi. Yevropalik-larning avvalgi tevarak-atrofdagi yurt va elatlar toʻgʻrisidagi tasawurlari ancha kengaydi. Missioner va konkistadorlarning1 koʻz oʻngida gʻoyat boy oʻrmonlar, serunum tuproqli bepoyon sahro va choʻllar, turli iqlimli va rang-barang tabiatli oʻlkalar, nomaʼlum gʻayri odat, til va irqdagi xalqlar paydo boʻlgan edi. Ularning makon va fazo toʻgʻrisidagi tushunchalari ham butunlay oʻzgarib ketgan edi. Endilikda yevropaliklarning nazdida dunyo deyarli oʻn hissa kengaygan, yer kurrasi butunlashib yaxlit sayyora shaklida namoyon boʻldi. Yevropaliklar jismoniy tuzilishi, kiyim-kechak, turmush tar-zi, diniy eʼtiqodi, til va urf-odatlari jihatidan mutlaqo farqlanadigan „gʻalati“ kishilarni uchratdilar, yangicha hayot tarziga, noanʼana-viy madaniyatga katta eʼtibor qaratdilar.
XVI asrda barcha tarqoq maʼlumotlarni yigʻib, hindilarni birin-chi bor muntazam ravishda tasvirlagan italiyalik insonparvar yozuvchi Petro Matir, meksikalik darvish olim Bernardino de Saa-gun, yepiskoplar Bartolome de Las Kasas va Diyego de Landa asar-lari diqqatga sazovordir. oʻsha davrda yashab ijod qilgan fransuz faylasufi va publisisti Mishel Monten „Tajribalar“ asarida, keyinchaik XVII asr — „maʼrifat asri“da paydo boʻlgan buyuk mutafakkirlar — italyan Viko, ingliz Fergyusson, fransuzlar Russo, Didro, Monteske, Volter, Kondorse asarlarida insoniyatning tabiiy taraqqiyoti tasvirlarigan, ibtidoiy bolalik davri „saxiy vahshiy“lar yoki „oltin asr“ deb taʼriflanib, uni asoslashda etnologik maʼlumotlardan keng foydalanilgan. Ibtidoiyjamiyatni ideallashti-rish atoqli maʼrifatchilar Jan Jak Russo va Deni Didro asarlarida fantastik ravishda aks ettirilgan.
Mashhur nemis mutafakkiri logan Gotfrid Gerderning koʻp qirrali falsafiy-tarixiy asarlarida insoniyat urugʻi tarixining ibtidoiy davrdan yangi zamongacha bosib oʻtgan taraqqiyoti tasvirlangan. Uning asarlarida xalqlar katta va kichik, ilgʻor va qoloq xalqlarga ajratilmaydi, muallif ularni tenglashtirib ifoda etadi. Gerder nasroniy
Konkistador — istilochi, Amerika kashf qilingandan keyin uni talon-taroj qilgan aholiga qirgʻin keltirgan ispan bosqinchilari— axloqining yevropalik mustamlakachilar tomonidan zoʻrlik bilan oʻrnatilishiga, jabr-zulmlarga qarshi chiqqan. U „Insoniyatni ragʻbatlantiradigan xatlar“ nomli asarida oʻz munosabatini quyidagicha bayon etgan: "Qani menga yevropaliklar borib, ojiz, laqma insoniyatni oʻzzulmi, adolatsiz urushlari, ochkoʻzligi, jabrla-ri, kasalliklari va halokatli sovgʻalari bilan oʻziga abadiy dogʻ tu-shirmagan mamlakatni koʻrsating! Bizning qifamiz jahonda eng dono deb atalmasdan, balki eng qoʻrs, bezori, savdogar deb nomla-nishi zarur, u xalqlarga madaniyat keltirgan emas, balki ularning tub madaniy kurtaklarini imkoniyati boricha quritib, yoʻqotib yubor- Gerderning fikricha, insoniyat yaxlit, uning tarixi ham yaxlit jarayondir, ammo bu umumiylikda u har bir xalqning taraqqiyotda teng huquqqa ega ekanligini qayd qilib, oʻziga xos „milliy ruhni“, takrorlanmaydigan maʼnaviy boyliklarni seza bilgan. Gerderning mazkur fikrlari Yevropa xalqlarida milliy ruhning qayta tiklanishiga zoʻr taʼsir koʻrsatib, xalq badiiy ijodi va milliy odatlarini jiddiy oʻrganishga qiziqish uygʻotgan edi.
Fransuz inqilobi toʻlqinlari va undan keyingi Napoleon urushlari Yevropani larzaga keltirdi. Oqibatda XIX asrning birinchi choragi turli xil ijtimoiy hodisalar, gʻoyaviy yoʻnalishlar, ijtimoiy tafakkurdagi oʻzgarishlar bilan toʻlib toshdi. Bu jarayon etnologik bilimlar va gʻoyalarga ham taʼsir qildi, ayniqsa, Markaziy Yevropaning german xalqlari va qisman slavyanlarda oʻz xalqi maishiy turmushi, madaniyati, folkloriga qiziqish uygʻotib, uni romantizm bilan bezatdi, XIX asrning birinchi oʻttiz yilligi „romantizm davri“ deb atalganligi bejiz emas. oʻsha davrdagi dastlabki ajoyib folklor toʻplamlari, nemis aka-uka Grinun ertaklari, Gerder gʻoyalari taʼsirida slavyan xalqlari ijodiy boyligini oʻrganish natijasida yaratilgan asarlar etnologiya fani obroʻsini yanada koʻtargan edi. Turli vaqtdagi nashrlar, etnologik tashkilot va jami-yatlarning moziyni, xalq turmushi va ijodini, maʼnaviy hayoti va ruhini jiddiy oʻrganishga kirishgani romantik qiziqishni uygʻotib yubordi.
Bu qiziqish faqat Yevropaga emas, balki boshqa qitʼa va oʻlka-larga ham tarqalgan edi. Dastlab XIX asrning birinchi yarmida atoqli nemis geografi Aleksandr Gumboldt va fransuz tabiatshunosi Effle Bonplan Janubiy Amerikaning ichki qismini jiddiy ilmiy tadqiq qildilar. 1832-1836-yillarda yosh Charlz Darvin tushgan „Vigl“ nomli kema yer kurrasini aylanib chiqib, ajoyib maʼlumotlar toʻpladi. Shimoliy Amerikani ilmiy jihatdan oʻrganib chiqqan Gerri Rou Skulkraft gʻoyat samarali natijalarga erishgan va koʻp jildlik boy etnologik toʻplamlar yaratgan edi. Okeaniya va Avstraliyada atoqli rus dengizchilari Kruzenshtern, Lisyanskiy, Golovnin, Kotsebu, Lazarev, Litkelar kemalarda yangi kashfiyotlar qilishga muyassar boʻlganlar. Afrika qifasiga ham bir necha ilmiy ekspeditsiyalar tash-kil qilingan va ichki oʻlkalar toʻgʻrisida baʼzi maʼlumotlar toʻplangan edi.
XIX asrning birinchi yarmida fransuz maʼrifatchilari targʻib qilgan tarixiy taraqqiyot nazariyasi „Oltin asr“ romantizmi gʻoyalariga qarama-qarshi holda yangi pogʻonaga koʻtarildi. Etno-logik bilimlar ham asrlar davomida toʻplanib kelgan nihoyatda boy va rang-barang maʼlumotlarni oʻzlashtirib, muayyan xulosalar va nazariyalar, dunyoqarashlar tizimi va yoʻnalishlar hosil qildi. Natijada XIX asr oʻrtalariga kelib, mustaqil fan sohasi — etnografiya tugʻilishiga zarur shart-sharoit yaratilgan edi.
1860-1870-yillarda yangi fan — etnologiya bilan bogʻliq ravishda paydo boʻlgan turli jamiyatlar va jurnallar bilan bir qatorda har xil kasbdagi kishilar tomonidan yaratilgan (keyinchalik, klassik asarlar deb tanilgan) ajoyib tadqiqotlar etnologiya ilm sohasi ekanligini toʻliq tasdiqladi. Atoqli tadqiqotchilardan germaniyalik Adolf Bastian, Teodor Vays, Yulius Lippert, Genrix Shurs kabilar, angliyalik Djon Fergyusson, Mak Lennan, Jon Lyobbok, Gerbert Spenser, Eduard Teylor, fransuz Sharl Leterpo, amerikalik Lyus Genri Morgan kabi-larning koʻp jildlik asarlari etnologiya fani qonuniy ravishda tugʻilganligini isbotlovchi dalillar edi.
Turli xalqlarni, ayniqsa, Yevropadan tasbqaridagi elatlarni oʻrganish amaliy ehtiyojlar uchun ham zarur boʻlgan, XIX asr bosh-lariga kelib, Yevropaning eng qudratli davlatlari oʻzlarining katta mustamlakalarini boshqarish uchun u yerda yashovchi xalqlarning maishiy turmushi va madaniyatini bilishga muhtoj edi. Ingliz etnologiya faniga asos soluvchilardan biri Jan Lyobbok: „Yot yovvoyi turmushni oʻrganish dunyoning barcha qismlarida joylash-gan va turli madaniy pogʻonada turgan elatli mustamlakalarga ega boʻlgan buyuk davlat — Angliya uchun muhim ahamiyatga ega“, degan edi. Bunday zarurat boshqa mustamlakachi davlatlar uchun muhim rol oʻynadi va oqibatda etnologiya fanining oʻsishiga turtki berdi.
Demak, dastlab etnologiya Yevropaning yirik mustamlakachi mamlakatlariga xizmat qiladigan vosita sifatida qoloq, yaʼni hali oʻz davlatiga ega boʻlmagan xalqlarni oʻrganuvchi fan shaklida paydo boʻlgan. Shu holatda XX asraing birinchi oʻn yilliklarigacha davom etgan va keyin etnoslar ijtimoiy-iqtisodiy rivojidan qafi nazar oʻziga xos kishilar birligi toʻgʻrisidagi tasawurlarning yuzaga kelishi bilan etnologiya faniga munosabat oʻzgardi. U metodologik jihatdan jahondagi barcha etnoslarni baravar oʻrganuvchi ilmiy soha deb tanildi.
Xalqlar toʻgʻrisidagi bu fanning teran ildizlari 1789-yili Germaniyada ilmiy yoʻnalish shaklida paydo boʻlib, noyevropa xalq va madaniyatlarni oʻrganishni maqsad qilib qoʻygan. XIX asrning 30-yillaridan boshqa xalqlarni ham oʻrganuvchi fan sohasi sifatida „etnologiya“ atamasi kiritila boshlangan. Shu bilan bir vaqtda nemis fanida yangi yoʻnalish paydo boʻlib, uni „Xalqshunoslik“ deb nomlashgan, bu yoʻnalish asosan, nemis tilli xalqlar va madaniyatlarni tadqiq qiluvchi fan sohasi boʻlib hozirgacha saqlanib kelmoqda.
Ingliz zabon mamlakatlarda etnologiya fani bir oz boshqacha yoʻnalishda shakllangan. XVIII asrda xalqlar toʻgʻrisidagi fan soha-si bu yerda antropologiyaning bir qismi sifatida inson tabiatini oʻrganuvchi biologiya fani bilan bir qatorda gurkirab rivojlanadi. Keyinchalik Yevropa mamlakatlarida antropologik jamiyatlar paydo boʻlishi bilan, ibtidoiy makonlarda kashf etilgan kishi suyaklarini oʻrganish juda avj oladi. Neandertal odamlarni oʻrganib ibtidoiy jamiyat va madaniyat tarixini tiklashga intilgan tadqiqotchilar fanga yangi yoʻnalish — sotsial antropologiyani olib kirishadi. Ilk bor bu atamani 1906-yili mashhur ingliz etnologi Jeyms Frezer ishlatgan. Mazkur yoʻnalish qisqa muddatda keng tarqalib, ingliz fanida „etnologiya“ tushunchasining bir variantiga aylanib ketadi.
AQSHda etnologiya Yevropaga nisbatan bir oz keyinroq rivojla-na boshlagan. Bu yerda irqiy munosabatlar jiddiy boʻlganligi tufayli Amerika antropologiyasi dastlab jismoniy antropologiya muammolarini, irqiy va madaniy tafovutlarni tadqiq qilgan. Ushbu yoʻnalish uning asoschisi koʻp qirrali etnolog olim amerikalik Genri Lyus Morgan tomonidan belgilangan edi. Olim koʻrsatgan yoʻnalish qoloq jamiyatlarda qavmu qarindoshlik tizimi, oila-nikoh munosabatlari, insoniyat tarixini davrlashtirish kabi muamniolar Amerika etnologiyasining keyingi rivojiga kuchli taʼsir qilgan. XX asrning 50-yillarida AQSH etnologiyasi Frans Boas ijodi zamirida ancha tor doirada tadqiqotlar oʻtkazadi, etnologlar asosan, xalqlarning madaniy xususiyatlarini oʻrgana boshlaganlar va bu yoʻnalish „madaniy antropologiya“ nomi bilan mashhur boʻlgan.
Fransiyada etnologiya fani mustamlakachilik siyosatining taʼsirida qaram boʻlgan xalqlarning turmush tarzi, madaniyati va anʼanalari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarga muhtojlik tufayli oʻziga xos xususiyatlarda rivojlangan. Xalqlar toʻgʻrisidagi bu fan dastlab Fransiyada „Etnografiya“ nomi bilan XIX asr oxirlarigacha saqlangan. Faqat XX asr boshlarida tarixiy va nazariy maʼlumotlar koʻpayib ketishi natijasida „etnologiya“ga aylangan.
Jahon etnologiyasi rivojida rus olimlarining roli katta. Etnik jarayonlarga qiziqish XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab dastlab Rossiyaning boshqa xalqlar bilan muloqoti, rus xalqining tarixiy ildizlari va madaniyati xususiyatlari kabi muammolarni oʻrganish maqsadida yuzaga kelgan. Rossiyada etnologiya fan sifatida gʻarbga nisbatan ilgariroq paydo boʻla boshlaydi. Ayniqsa, Rus geografiya jamiyati va uning boʻlimlari 1846-yilda tashkil topgandan soʻng etnografiyaning mavqei yuksalib nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyatga ega tadqiqotlar oʻtkazila boshlanadi. Mazkur jamiyatlarning ijobiy tomoni shunda ediki, atoqli rus etnografi va sharqshunosi S. P. Tolstov taʼrifi bilan aytganda, ular „rasmiy“ mohiyatga ega boʻlmagan va hech vaqt oʻzini chorizm xizmatiga toʻliq bagʻishlamay, asosan, ijtimoiy xarakterga ega boʻlgan. Mazkur ilmiy jamiyat dasturi Rossiyaning geografiyasi va undagi xalqlarni har tomonlama oʻrganishni nazarda tutgan. oʻsha davrdan boshlab rus xalqi va Rossiya imperiyasiga qaram boʻlgan Sibir, Markaziy Osiyo va Kavkaz xalqlarini etnografik jihatdan tadqiq qilish ayj oladi. Ayniqsa, rus geografiya jamiyatining faol aʼzolaridan mashhur sayyohlar N. N. Mikluxo Maklay va G. N. Potanin, oʻzga oʻlkalarga badargʻa qilingan V. Seroshevskiy, D. A. Klemens, L.Ya. Shternberg, V. G. Bogoraz, V. I. Yoxelson, original tarixiy — etnografik asarlar yaratgan D. N. Anuchin, N. N. Xaruzin va boshqa rus olimlarining ajoyib tadqiqotlari etnografiya, (inchu-nin etnologiya) fanini yuqori bosqichga koʻtargan edi.
XIX asrning 40-50-yillari rus olimlari K. M. Ber, N. I. Nadejdin, K. D. Kavelin etnografiya fanining asosiy tamoyillarini belgilab bergan edilar. Bu tamoyillar 1846-yili Rus jamiyatida „Rus xalqini oʻrganish dasturi“ nomi bilan qabul qilingan va shu asosda: 1) buyumlar hayoti, 2) tirikchilik hayoti, 3) axloqiy hayot va 4) til muammolari — tadqiqot muammosi deb qabul qilingan, shu asosda barcha maʼnaviy-madaniy masalalar oʻrganilib kelingan.
Maʼlumki, shoʻrolar davrida etnologiya fani aqidaviylashgan mafkuraga tayanib ish koʻrgan. Mazkur yondashish etnik jarayon-larni siyosiy buyurtma asosida oʻrganishga asoslangan boʻlib, uni muayyan mafkuraviy qolipga solib qoʻygan edi. Oqibatda juda koʻp etnik muammolar bir yoqlama, yuzaki hal qilingan. XX asrning 70-80-yillariga kelib etnologiya fanida atoqli etnograf L. N. Gumilev-ning etnogenez nazariyasi ustuvor boʻlib, etnoslarning kelib chiqishi va rivoji mexanizmini oʻrganish birinchi darajali masalaga aylanadi. Ushbu masala ayni paytda mustaqillikni qoʻlga kiritgan mamlakatlar uchun oʻta dolzarb mazmun kasb etadi. Chunki xalqlarning oʻzligini anglashga intilishi milliy ildizlari va xususiyatlarini chuqur oʻrga-nishga kirishishi tabiiy holdir.
Albatta, etnologiya fani oldingi etnografiyadan bir oz farq qilsa-da, real ijtimoiy jarayonlar bilan uzviy bogʻliq boʻlgan, uning hozirgi tarixiy muammolarni oʻrganishdagi ahamiyati juda katta. Agar ilgari etnografiya predmeti tadqiqi asosan, qoloq etnoslar, turmushdagi eski sarqitlar va ijtimoiy tuzum masalalari boʻlsa, endilikda eng taraqqiy qilgan ilgʻor xalq va elatlar ham etnologiyaning diqqat markazida turibdi. Hozirgi zamon industrial jamiyat etnoslarini va qoloq xalqlarni oʻrganishda yangi muammolar paydo boʻlib, boshqa fanlar bilan hamkorlikda — etnosotsiologiya, etnopsixologiya, etnolingvistika, etnodemografiya kabilar etnologiya fanini yuqori pogʻonaga, yaʼni inson va uning madaniyatini oʻrganuvchi yangi ijtimoiy fan qilib koʻtardi. XX asrdagi asosiy tarixiy voqealarni oʻrganishda etnomadaniy omillarning roli nihoyatda oʻsganligi koʻzga tashlanadi. Chunki XX asr haqiqatdan ham milby harakatlar, milliy mustaqillik uchun kurashlar, milliy uygʻonishlar, qolaversa millatchilik asri boʻlib tarixga kirdi. Demak, nafaqat oʻtgan asrda, kirib kelgan XXI asrda ham etnik jarayonlar, millatlararo munosabatlar, etnoslarning turmush tarzi, moddiy va maʼnaviy madaniyati xususiyatlarini oʻrganuvchi etnologiya fani muhim omil boʻlib qolaverdi.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, etnologiya hozir jahonda mustaqil tarixiy fan deb tan olingan boʻlsa, „etnos“ atamasi toʻgʻrisida olimlar orasida yakdillik yoʻq. Bu atama etnologik adabiyotda koʻpdan beri ishlatilib kelganligiga qaramay, uning ilmiy taʼrifi umumiy tarzda maʼnaviy jihatdan odamlarning etnik birligini anglatuvchi soʻz sifatida soʻnggi oʻn yilliklarda fanga kiritilgan. Shu bilan birga mazkur atama bilan bogʻliq „etniklik“ tushunchasi ayrim etnik guruhlarning xususiy belgilari yoki umumiyligini aniqlovchi atama sifatida keng ishlatilmoqda. Etniklik tushunchasi oʻtgan XX asrning 70-yillaridan boshlab jahonda etnoslararo murakkab mimosabatlar va jiddiy kashfiyotlarning kuchayishi tufayli kirib kelgan boʻlsa-da, asli bu atama etnoslararo madaniy tashkilot shaklida yuzaga kelgan.
Etnos va etniklik tushunchalari hozirgi etnologiya fanida qabul qilingan umumiy tushuncha boʻlib, umumiy hudud va til birligini belgilovchi asosiy omildir. Mazkur omillar etnoslarning nafaqat shakllanishida, balki etnogenezida ham hal qiluvchi belgilar hisoblanadi. Baʼzan til birligi u yoki bu etnosning nomiga (etnonimi) ham oʻtadi. Shubhasiz, har bir etnosning shakllanishida uning moddiy va maʼnaviy madaniyati hal qiluvchi rol oʻynashi mumkin. Ayniqsa, etnosning asrlar davomida shakllanib kelgan anʼanaviy xoʻjaligi, urf-odat va marosimlari, uy-roʻzgʻor buyumlari, kiyim-kechak, xulq-atvori kabilar muhim etnik belgilar sanaladi. Toʻgʻri, barcha etnos-lar oʻziga xos ruhiy kechinmalari va xarakteri, yaʼni kishilarning tabiati va didi, oʻziga xos etnik qadriyatlari, mentaliteti bilan ham farqlanadilar. Shu sababdan ham etnoslar (elat, xalq, millat) ayrim umumiy guruh odamlarning birligini boshqa guruh oʻziga oʻxshash odamlar guruhidan farqlab oʻzligini anglashi natijasida muayyan nom (etnonim)lar bilan atalib ayrim xalq (elat) sifatida oʻrganiladi.