Foydalanuvchi:Elbek.0205/AMYEN
AMYEN
tahrirAmyen - Fransiya shim. dagi shahar. Somma daryosi boʻyida. Somma departamentining maʼmuriy markazi va Pikardiya tarixiy oʻlkasining eng katta shahri. Aholisi 136 ming kishi (1990). T. y. tuguni. Toʻqimachilik sanoati (ipgazlama, duxoba va trikotaj toʻqish), metallurgiya, mashinasozlik va kimyo z-dlari bor. Qadimda Amyen (Samarobriva) da gallarning ambian qabilasi (shahar nomi shundan) yashagan. Amyen tarixiy voqealarga boy. Shahar 2-jahon urushi davrida qattiq shikastlangan. Uni qayta tiklashda tarixiy qiyofasi asrab qolingan. Fransiyada eng katta Notr-Dam gotika sobori (13—15-a. lar) hamda 13—18-a. larga oid boshqa meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.