BORJOMI DARASI — Gruziyadagi chuqur dara. Kichik Kavkazning Mesxeti va Trialeti tizmalari oraligʻida. Daradan Kura daryosi oqib oʻtadi. Uz. 60 km, chuq. 1500 m. Yon bagʻirlarida keng bargli va igna bargli daraxtlar oʻsadi. Darada Borjomi kurorti joylashgan.