Foydalanuvchi:Elbek.0205/Ko‘hna Urganch

Ko‘hna Urganch. tahrir

Ko'hna Urganch- hozirda Turkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi shahar. Toshhovuz shahridan 105 km shimoliy-garbda joylashgan. Asl nomi Gurganj, arab geograflari asarlarida Jurjoniya deb tilga olinadi. Mil.avv. I asr Xitoy manbalarida YueGan yoki Yue-Tszyan shaklida qayd qilingan. Ko‘hna Urganch X-XIV asrlarda Xorazm davlatining poytaxti bo‘lib, Xorazm va Movarounnahrda eng katta shaharlardan biri bo‘lgan. XV-XVI asrlarda Amudaryo suv rejimining o‘zgarishi munosabati bilan shaharning madaniy va iqtisodiy rivojlanishida bir oz turg‘unlik ro‘y beradi. 1646 yilda Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxon (1643-1664) hozirgi Urganch shahriga asos soladi. Shundan keyin qadimgi shaharning nomi Ko‘hna Urganch bo‘lib qoladi.[1]

Adabiyotlar tahrir

Arxeologiya Toshkent 2021 Z.M.Qodirov

  1. Arxeologiya Toshkent 2021 Z.M.Qodirov.