Foydalanuvchi:Eldorbek1202/Biryonkati
Biryonkati
tahrirBiryonkati – کتی بریان Buxoro amirligi devonxonasi hujjatlarida shu koʻrinishda uchraydi. Ikki qismdan iborat joy nomi. Biryon fors tojik tilida “qovurilgan”, “kuygan”, “gʻam-alamga botgan”, “gʻamgʻussali” ma’nolarini anglatadi. Toponimning ikkinchi tarkibiy qismini tashkil etuvchi kati soʻzi, yuqorida ta’kidlanganidek, aslida Buxoro vohasining janubiy hududlarida yashaydigan qisman turkmanzabon aholi tomonidan katti, gati, gatti, gitti, ketti tarzida talaffuz qilinadi va “ketdi” ma’nosini bildiradi. Toponim “gʻam ketdi” ma’nosini anglatib, gʻam-alam, tashvishlardan forigʻ boʻlgan qishloqqa nisbatan ishlatilgan.
Manbalar:
Halim To`rayev: "Buxoro toponimikasi" Buxoro-2021