Foydalanuvchi:Eldorbek1202/IBN HANBAL

IBN HANBAL

tahrir

IBN HANBAL Ahmad Abu Abdulloh (780—Bagʻdod — 855) — ilohiyotchi olim, sunniylikdagi hanbaliylik mazhabining asoschisi va imomi. Otasi hurosonlik boʻlib, Ibn Hanbal tugilishidan bir oz avval oilasi bilan Bagʻdodga koʻchib oʻtgan. Ibn Hanbal oʻsmirligidanoq hadis va fiqhni oʻrgana boshladi, zamonasining yirik ulamolari, jumladan Abu Yusuf va ash-Shofiʼiylar bilan muloqotda boʻldi. 816—833-y. larda Bagʻdodda mu-darrislik qilib, fiqq ilmi bilan ham shugʻullandi. Ibn Hanbal anʼanaviy sunniylikni himoya qilgan, muʼtaziliylarga qarshi kurashgan. Abbosiy xalifalar: Maʼmun (813 — 833), Muʼtasim (833-842) va Vosiq (842-847) lar davrida muʼtaziliylar oqimi taʼli-moti rasmiy eʼtiqod sifatida eʼtirof etilgach, Ibn Hanbal mansub boʻlgan anʼanaviy islom tarafdorlari taʼqib ostiga olingan edi. Aslida anʼanaviy islom ulamolari va muʼtaziliylar oʻrtasidagi bahs bir asrdan (xalifa Hishom (724—743) davridan) beri davom etib kelar, ular islom ummasining parchalanishida bir-birini ayblardi. Maʼmun ana shu bahsga barham berish, muʼtaziliylarning bir necha aqidalari va, ayniqsa, Qurʼonning yaratilganligi (yaʼni Alloh tomonidan yaratilgani, bunga Muhammad ham daxldorligi) haqidagi fikrni qaror toptirish maqsadida 833-y. maxsus xayʼat tuzdi va barcha ulamolarni imtihon (mehna) qildirdi. Bu aqidalarni qabul qilmagan din arbobi Qurʼonni Alloh bilan bir darajaga qoʻyuvchi mushrik, yaʼni koʻpxudolik tarafdori deb eʼlon qilinar va shunga yarasha jazoga tortilardi. Oʻz fikrlaridan qaytmagan bir necha ulamo qatori Ibn Hanbal 2 y. zindonda yotdi. Ozodlikka chiqqach, umrining oxirigacha diniy-siyosiy faoliyatini da-vom ettirdi. Pirovardida mehna kutilgan natija bermadi va anʼanaviy islom tarafiga oʻtgan xalifa Mutavakkil (847—861) 848-y. mehnani bekor qildi. Keksayib qolgan I. H. Bagʻdodda endi oʻzining nomi bilan atala boshlagan diniy-siyosiy harakatning gʻoyaviy rahnamosiga aylandi. Bagʻdod va Basradagi faol muʼtaziliylarning roʻyxati tuzilib, ular qirgʻin qilindilar. 9 – a. ning 20—40-y, lari musulmon ummasida yuz bergan parokandalik holatini tahlil qilib, Ibn Hanbal islomning «oltin davri» — Muhammad (sav) va ilk xalifalar davriga qaytish kerak degan xulosaga keldi. Ayniqsa, «bidʼat» masalasida u keskin mavqeda boʻldi. Uning fikricha, Qurʼonga, qadisga va musulmon ulamolarining ilk uch avlodi fikri (ijmo) ga asoslanmagan din va hayotga oid har qanday «yangilik» qoralanmogʻi darkor. Siyosat sohasida Ibn Hanbal diniy-siyosiy kurash, fitna-isyonlar uyushtirish joiz deb hisobladi. Shuningdek, udiniy arbrblar hokimga taʼsir oʻtkazishlari lo-zim, deb uqtirdi. Ibn Hanbal taʼlimotini uning shogirdi albarbahariy (847 — 941) oʻz asarlarida davom ettirdi. Hanbaliylik mazhabi nazariyasi Ibn al-Javziy (11161200) va Ibn Taymiya asarlarida oʻz ifodasini topdi. Ibn Hanbal taʼlimoti 18 – a. oxirlarida vahhobiylikning shakllanishiga asos boʻldi. Ibn Hanbalning «6 aqida» (islom dini ahkomlarining qisqacha bayoni), hadislar toʻplamlari, shu jumladan 30 ming qadisni oʻz ichiga olgan «Musnad» (Suyanchiq yoki «Isnodli hadislar toʻplami») va imon-eʼtiqod, fiqh va ibodat masalalari boʻyicha risolalari hozirgacha saqlanib qolgan.

Manbalar:

tahrir

Qomus.Info onlayn ensiklopediya.