Foydalanuvchi:Eldorbek1202/KOʻSHK
KOʻSHK
tahrirKOʻSHK (koʻchik) — toʻrt ustunli, tomi qubbali, asosan, yogʻochdan qurilgan yengil inshoot; pavilyon, kiosk. Kelib chiqishi jihatidan oddiy oʻtovga borib taqaladi. Oʻrta asrlar Sharq meʼmorligida keng tarqalgan. Dastlab qadimda koʻchmanchi xalqlarning koʻchib yurishiga qulay uy (koʻchik) sifatida paydo boʻlgan. Arana ustiga oʻrnatilgan Koʻshklardan ham foydalanilgan. Keyinchalik Koʻshklar badavlat kishilar, hukmdorlar uchun bezakdor qilib bogʻlar ichida qurilgan. Tarixiy manbalarda Koʻshk namunalari haqida maʼlumotlar saqlangan. Vizantiya elchisi Zemarx 568-yilda Oʻrta Osiyo koʻchmanchilarining xoqoni oʻrdasida 4 tovus hayqalini koʻtarib turgan Koʻshkni koʻrgani haqida yozgan. 738-yilda Termiz yaqinida arab sarkardasiga oltin va kumush bilan bezatilgan 2 Ko`shk taqdim etilgan va boshqalar. 10-15 asrlarda Koʻshk meʼmorligi rivojlanib, aksari bogʻ ichkarisidagi sinchqori yengil qurilmalar (K. lar) ustun, ayvon va boloxonali, zebu ziyvatli, hashamatli, koʻrkam imoratlari b-n koʻzga tashlangan. Amir Temur bunyod etgan bogʻlar ichidagi Koʻshklar shaklu shamoyili bilan meʼmoriy taraqqiyotda yangi davr ochgan. Samarqand atrofida bunyod etilgan (14—16 asrlarda) bogʻrogʻlar ichidagi Koʻshklar haqida tarixiy manbalar aniq maʼlumot beradi. Samarqanddagi Koʻksaroy, Shahrisabzdagi Oq saroyni Bobur Ko`shklar qatoriga kiritgan. Koʻshk meʼmorligi Turkiya, Xitoy, Yaponiya va boshqalar. mamlakatlarda keng tadbiq etildi. Yevropaga ham Sharq orqali («kiosk shaklida») kirib kelgan.
Manbalar: