Foydalanuvchi:Eldorbek1202/Usunlar

Usunlar - Markaziy va O'rta Osiyodagi ko'chmanchi qabilalar. U. xitoy manbalariga kura, mil. av. 3-asrda yueyjilar bilan birga Dunxuan (Do'ngxuang) bilan Tangritog'ning sharqi, Qorong'u tog' (Kunlun)ning shimolidagi Chilan tog'i orasidagi kichik bir davlat aholisi boʻlgan. Mil. av. 177 yil ular yueyjilarning tazyiqi natijasida sharqqa siljib, xunlar orasiga (hozirgi Gansu o'lkasining shim.sharqidagi Ersin yaylovi) borib joylashgan. U. gunmosi (kunbeyi, xoni) Nandubey o'ldirilgan. Mil. av. 160 yil uning o'g'li Liye Jiaobek hunlar yordamida yueyjilarni mag'lub etib, ularning hududini egallab g'arbga siljiganlar. Yettisuvda ular kuchli davlat tashkil etgan. Uning markazi xitoy manbalarida Ili daryosining janubidagi Chigu (Qirg'izistondagi qad. Kizil ko'rg'on sh.) deb yuritilgan. Mil. av. 3-asrda Usun xonligi Farg'onaning shim.da, Kangqiya (Kangyuy, Kang') ning g'arbida bulib, uning hududiga Issiqko'lning shim., Balxash ko'lining janubidagi yerlar kirgan. U.ning bir kismi kuchmasdan uz yurtlarida qolgan. Arxeologik ma'lumotlarga kura, 5-asrda U. yueyjilar bilan birga Xesi yulagida yashashgan. U.ning Xitoy bilan ittifoq bulib hunlarga qarshi uzoq muddat kurashi ularning parchalanishiga olib kelgan. Natijada Usun xonligi avar (jujan)lardan yengilib, mil. 404-410 ylarda Pomir tog'lari atrofiga borib joylashgan. 420-854 yillarda Usun xonligi aholisi 630 ming kishini tashkil qilgan. 938 yil mazkur xonlik qoraxitoylar xoniga bojxiroj to'laganligi haqida xitoy manbalarida ma'lumot berilgan.

Manbalar

https://qomus.info/oz/?s=usun&submit=