Foydalanuvchi:Elshod3118/Uzbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi

Uzbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi

tahrir

O‘zbekiston Respublikasining jahon ham jamiya tiga integratsiyalashuvida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish va tobora chuqurlashtirish alohida o‘rin tutadi. 1996-yil 21-iyun da Florensiya shahrida imzolangan O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rta sidagi «Sheriklik va ham kor lik to‘g‘risidagi bitim», uning 1999-yil 1-iyulda kuchga kirishi mam lakatimizning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o‘zaro muno sa bat larining huquqiy negi ziga aylandi. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalari yildan yilga rivojlanib, chuqurlashib bormoqda. Respublikamizda Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning 145 firma va kompaniyasi vakolatxonalari akkreditatsiya qilindi. Yevropalik sarmoyadorlar ishtirokida tashkil etilgan 491 ta korxona ishlayapti, ulardan 111 tasi 100 foizlik Yevropa kapitaliga ega. 1995–2002-yillarda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining firma va kom pa niyalari respublikamizda umumiy qiymati qariyb 8 mlrd AQSH dollariga teng yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda qatnashdi. 2002-yilda O‘z bekis tonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan mahsulot ayirboslilash hajmi 1 mlrd 65,8 mln AQSH dollarini, 2003-yil yanvar–oktabr oylari yakunlari bo‘yicha esa 910,6 mln AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqining a’zosi, ulkan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega bo‘lgan Germaniya bilan o‘zaro manfaatli aloqalari kengayib bormoqda. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov ning Germaniyaga 1993-yil 28-aprel kuni boshlangan va besh kun davom etgan rasmiy tashrifi O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasida munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. I. Karimov GFR Federal Prezidenti Rixard fon Vayzenker va Fideral kansler Gelmut Kol bilan samimiy, o‘zaro tenglik asosida suhbatlashdi. Ikki davlat o‘rtasida madaniy hamkorlik to‘g‘risida, sarmoyalar qo‘yishni amalga oshirish va o‘zaro himoya qilishga ko‘maklashish to‘g‘risida, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fondini tashkil etish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. «Deutsche Bank», «Mersedes-Benz» va «Simens» kompaniyalarining rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘ldi, ular bilan hamkorlik qilish haqida kelishib olindi. Safar natijalariga ko‘ra, O‘zbek–Germaniya hamkorligi masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzildi. Toshkentda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi, GFRning elchixonasi ochildi. 1994-yil 1-sentabrda GFRning o‘sha paytdagi poytaxti Bonnda O‘zbekiston Respublikasining Yevropada birinchi elchixonasi ochildi. Hozirgi paytda elchixona Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yuritmoqda. «Toshkent–Frankfurt» havo yo‘li ochildi, O‘zbekistonda «Deutsche Bank»ning bo‘limi faoliyat ko‘r satmoqda. Germaniyaning «Heidelberg» firmasi O‘zbekistonda nashriyot matbaasohasida hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. «Heidelberg» firmasi asbob-uskunalari bilan Yangiyo‘l kitob fab rika si, Toshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari, Samarqanddagi «Tong» nash riyoti qayta jihozlandi. O‘zbekistondagi «Rastr» va «Gro teks» matbaa korxonalari «Heidelberg» firmasi texnologiyasi asosida ishlamoq da. Natijada maktablar uchun darslik, o‘quv qo‘llanmalari va bosh qa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha yaxshilandi. 2001-yilda O‘zbekiston–Germaniya–Rossiya hamkorligidagi «Namangan qog‘oz» qo‘shma korxonasi qurilib ishga tushi rildi. O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning 2001-yil 2–5-aprel kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kansleri Gerxard Shrederning 2002-yil 9–10-may kunlari O‘zbekistonga qilgan rasmiy safarlari O‘zbekiston–Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. Ikki mamlakat tadbirkorlari va rasmiy doiralari o‘rtasida aloqa lar kengayib bormoqda. 1997-yilda O‘zbekistonda 55 ta Germaniya kompaniya si ning vakolatxonalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2001-yil da bu ko‘rsatkich 80 taga yetdi. Ularning eng yiriklari «Xobas TAPO», «Xiva Karpet» va boshqalardir. 2003-yilda germa ni yalik sar mo yadorlar ishtirokida yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘ ja ligi mahsulotlarini qayta ishlash, farmatsevtika sanoati, tran sport va boshqa sohalarda tashkil etilgan 138 ta korxona faoliyat ko‘r sat di, ulardan 40 tasi yuz foizlik Germaniya kapitaliga ega. O‘zbe kistonga kiritlayotgan Germaniya sarmoyalari hajmi 2001-yil da yoq 1 mlrd AQSH dollaridan oshdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi sav do aylanmasi 2001-yilda 283,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Samarqanda 2009-yilda «MAN Avto-Uzbekiston» O‘zbekiston– Germaniya qo‘shma korxonasi barpo etildi. Zavodda 15–50 ton nalik yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan zamonaviy MAN avtomobillari ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. 2010-yilda korxonada 480 dona yuk mashinasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2011-yilda bu ko‘rsatkish 658, 2012-yilda mingan ortiqni tashkil qildi. Germaniya Federativ Respublikasi O‘zbekistonning Yevropadagi eng yirik iqtisodiy hamkoridir. O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. 1993-yil 28–30-oktabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Prezident I. Karimov Fransiya Prezidenti F. Mitteran, Fransiyaning boshqa rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari bilan do‘stona suhbat va samarali muzokaralar yuritdi. F. Mitteran qabul marosimida nutq so‘zlab: «Hozirgi siyosiy vaziyatda Markaziy Osiyoda yetakchi o‘rinni egal lab turgan mustaqil O‘zbekiston Sharq bilan G‘apb o‘rtasida ishonchli ko‘prik bo‘lishi mumkin. Ko‘p asrlik tarix, teran an’ana larga ega bo‘lgan, insoniyatning faxriga aylangan allomalarni yetkazib bergan O‘zbekiston doimo fransuzlarning diqqatini tortib kelgan. Bu tashrifdan keyin shui ishonch bilan aytish mumkinki, mamlakatingiz biz uchun yanada yaqin bo‘lib qoldi», – deb ta’kidla gandi. Bu Vatanimiz to‘g‘risida, uning shon-shuhratini ulug‘lovchi xolisona, olijanoblik bilan berilgan bahodir. Safar natijasida Parijda «O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shart noma», madaniyat, ilmiy-texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to‘g‘ risida bitim, sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘ risida bitim imzolandi. Mamlakatimiz rahbarining Parij Xartiyasini imzolashi respublika mizda demokratiyaning yanada rivojlanishi, shuningdek, O‘zbekistonning Yevropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yanada yaqinlashuvi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Milliy banki bilan Fransiyadagi yirik «Credit Commercial de France» ban ki o‘rtasida muddaolar haqida bitim imzolandi, unda Buxoroda neft ni qayta ishlash zavodi qurish loyihasini pul bilan ta’minlash ko‘zda tutildi. Taniqli «Elf-akiten» neft-kimyo konserni, «Texnip» firmasi va boshqa kompaniyalar bilan Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurishga kelishildi. Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-sotiq hisob-kitoblarini ta’minlab turgan «Credit Commercial de France» banki zavod qurilishini ham mablag` bilan ta’minladi. O‘zbekiston bu bankka mablag‘ qo‘ydi, u hamkorlik uchun kafolat bo‘lib turibdi. 1994-yil 25–27-aprel kunlari Fransiya Prezidenti F. Mitteranning O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida fuqarolarning erkin harakati haqidagi bitimlar, shuningdek, havo transporti sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalar imzolandi. O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy, aloqalar kengayib bormoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda. O‘zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo‘lgan Buyuk Britaniya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1993-yil 22–25-noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq respublikamiz delegatsiyasining rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo‘lishi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik tarixida buyuk voqea bo‘ldi. Mamlakatimiz rahbarining qirolicha Yelizaveta II, Bosh vazir J.Meyjor bilan samimiy,ochiq o‘zaro manfaatli suhbatlari, muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Safar samarali bo‘ldi. «O‘zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya qirolligi o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida shartnoma», sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risida bitim, havo yo‘llarini ochish to‘g‘risida bitim, ikki mamlakat hududida fuqa rolarning erkin yurishi haqida memorandum imzolandi. «Toshkent–London» havo yo‘lida samolyot qatnovining yo‘lga qo‘yilishi aloqalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1996-yilning boshlarida O‘zbekistonda Britaniya Kengashi bo‘limining ish bosh-lashi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish yo‘lida xizmat qilmoqda. O‘zbekistonning Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, Shveytsariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o‘rnatildi va kengayib bormoqda. Shveysariyaning Altendorf shahrida «O‘zbekiston» Savdo uyining ochilishi muhim voqea bo‘ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo uyigina bo‘lib qolmay, O‘zbekis tonning Yevropa va jahonda biznes va savdo markazi hisoblanadigan mamlakat –Shveytsariyadagi vakolatxonasiga ham aylandi. O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi mamlakatimizning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligini yangi bosqichga ko‘tardi. O‘zbekiston Oliy Majlisi bilan Yevroparlament o‘rtasida ham aloqalar o‘rnatildi. Bu aloqalar O‘zbekiston Parlamenti bilan Yevroparlament o‘rtasida 1998-yilda tuzilgan hamkorlik qo‘mitasi darajasida kengayib bormoqda. O‘zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Xorijiy mamlakatlardan respublikaga ilg‘or texnologiyalar, sarmoyalar kirib kelishi, ko‘plab qo‘shma korxonalarning qurilishi oqilona tashqi siyosatning natijasidir. 2003-yilda respublikamizda xorijiy sarmoya ishtirokida barpo etilgan 2087 ta qo‘shma korxona jahondagi 80 mamlakatdan kelgan sheriklari bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatdi. Ular 386,7 mlrd so‘m hajmida iste’mol mollari, eksport uchun sifatli tovarlar ishlab chiqardi, aholiga xi zmat ko‘rsatdi. Jahondagi 80 dan ortiq xorijiy bank bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonga kiritilgan chetel investitsiyalari 30 mlrd AQSH dollaridan oshdi. O‘zbekiston jahondagi 140 mamlakat bilan savdo-sotiq qilmoqda. Har yilgi tovar ayirboshlash hajmi 6–8 mlrd AQSH dollarini tashkil etmoqda. Ilg‘or mamlakatlar kadrlar tayyorlashda, bank sohasida va bosh qaruvda, axborot tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish da, yetakchi birjalar bilan aloqalar o‘rnatishda, qonunchilik tajribasini o‘rganishda respublikamizga ko‘maklashmoqdalar. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi, uning mavqeyi yildanyilga mustahkamlanib bormoqda.

Adabiyotlar

tahrir

Q. USMONOV, M.SODIQOV. S.BURXONOVA .