Foydalanuvchi:Eshkabilov Hikmat/qumloq
Bronxit (bronchitis) deganda, bronxlar shilliq qavati (endobronxit) yoki barcha devorining (panbronxit) o'tkir yoki surunkali diffuz yallig'lanishi nazarda tutiladi. Uning birlamchi (bronxlarning birlamchi - alohida tamaki tutuni, atmosferaning ifloslanishi va boshqalar), ikkilamchi (organizmdagi mavjud o'choqli surunkali infeksiyaga bog'liq - rinosinusitlar, o'pkaning surunkali absessi va boshqalar) hamda boshqa kasalliklar oqibatida (qizamiq, qizilcha, sil, yurak qon-tomir kasalliklarida dimlanish) yuzaga keladigan turlari farqlanadi.