Foydalanuvchi:Feruza13pro/Retrospektiv usul

Retrospektiv usul

tahrir

Retrospektiv usul tarixiy modellashtirish usuli ham deb ataladi. Bu usulning mohiyati «retrohikoya», ya’ni tadqiqotchining fikrlash yo‘nalishi hozirgi zamondan o‘tmishga, hozirgacha saqlanib qolgan eski elementlarni o‘rganishdan ular asosidagi tarixiy voqea va hodisalarni rekonstruksiya qilishdadir. O‘tmish, hozirgi zamon va kelajakning birligi retrohikoyaga imkon beradi. Hozirgi zamondan o‘tmishga borish natijasida tadqiqotchi voqeliklarning turli bosqichlarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘z navbatida o‘rganilayotgan jarayonlarning mohiyatini chuqur anglab yetishga, keyinchalik ularning mohiyatini ochib berishga imkon beradi. Ammo tadqiqotchi o‘sha davrdagi rivojlangan voqelikni etalon sifatida qabul qilmasligi lozim.

Adabiyotlar

tahrir

B.A.Odilov "Antropologik va  etnologik tadqiqot usullari" Toshkent-2021