Foydalanuvchi:Feruza13pro/Tarix metodologiyasi

Tarix metodologiyasi

tahrir

Tarix metodologiyasi – tarix fanining usullar haqidagi qismi. XIX asrning birinchi yarmidan bu tushuncha ishlatila boshlagan. Atama dastlab nemis tarixchilari tomonidan usul haqidagi ta’limot (Methodenlehre) va o‘quv fanining nomi sifatida ishlatilgan. Hozirgi kunda “metodologiya” tushunchasi nafaqat dastlabki holatida, balki tarixiy bilishning nazariy asosi sifatida qo‘llaniladi. Tarixchining tadqiqot amaliyotini umumiylashtirgan holda metodologiya bilishga ongli ravishda munosabatda bo‘lish, usullar va nazariy tamoyillarni ishlab chiqish va ongli ravishda ularni tadqiqotga qo‘llash imkoniyatini beradi. Metodologiya qo‘yilgan muammolarga tayyor javob bermaydi, ammo muammolarni qanday yechishni o‘rgatadi. Tarix fanining umumiy metodologiyasi mavjud emas. Tarixchining nazariy pozitsiyasi uning tanlovi yoki mustaqil ijodi va bilim darajasi, ijtimoiy muhit bilan bog‘liq.

Adabiyotlar

tahrir

B.A.Odilov "Antropologik va  etnologik tadqiqot usullari" Toshkent-2021