Foydalanuvchi:Fizika fakulteti/qumloq

Radioaktivlik lotincha so’zdan olingan radio nurlanish, radius nur va aktivus ta’sirchan degan ma’noni anglatadi. Radioaktivlikni 1896-yilda Anri Bekkerel kashf qilgan. Mariya va Pyer Kyurilar radioaktivlikni batafsil o’rganishib Toriy, Radiy, Poloniy elementlarini kashf etishgan.

Ayrim atom yadrolarining tashqi ta’sirsiz,o’z-o’zidan (spontan) zarachalar chiqarib boshqa yadroga aylanish hodisasiga radioaktivlik deyiladi.

Uyg’ongan holatdagi yadrolar va ko’p kimyoviy elementlarning turg’un bo’lmagan izotoplari o’z-o’zidan biror zaracha yoki yengil yadrolarni chiqarib yemirilishiga radioaktivlik deyiladi. D.Mendeleyev davriy jadvalida 83-elementdan boshlab barchasi radioaktivlikdir.

Radioaktivlik atomning ichki xususiyati ekan . Chunki  nurlanish intensivligiga tashqi harorat, bosim, elektr va magnit maydon ta’sir etmaskan.

Radioaktiv nurlar ko’zga ko’rinmaydi. Agar ularni elektr va magnit maydoniga joylashtirsak  3 ta komponetaga ajralarkan:

1. Alfa nurlar (zaryadi musbat va o’tkazuvchanligi eng past, oddiy qog’oz varog’ida yutilib qoladi).

2. Betta nurlar (tez harakatlanayotgan elektronlar oqimi.(ishorasi manfiy) O’tkazuvchanligi o’rtacha,Ular 1 sm qalinlikdagi Alyuminyda yutilib qoladi, o’tolmaydi).

3. Gamma nurlar (hech qayoqqa og’maydigan nurlar ya’ni elektromagnit nurlanish ekan, va bular EMT shkalasida roentgen nurlardan keyin turadi).

Bu nurlar o’tuvchanligi juda yuqori va bu nurlarni tutib qolish uchun bir necha sm lik qo’rg’oshin kerak.

Yadrolarning o’z-o’zidan yoki bir nechta zarralar chiqarib parchalanishi (yemirilishi) Radioaktivlik deyiladi.

Radioaktiv bo’lmagan yadrolar Turg’un(STABIL) yadrolar deyiladi

Radioaktiv parchalanish natijasida massa soni A va zaryad Z o’zgaradi.