Norodom Sihanouk (1922-yil 31-oktyabr, Kambodja — 2012-yil 15-oktyabr, Xitoy) — Kambodja prezidenti va Bosh vaziri[1]. Fransiyada taʼlim olgan. Oʻsha paytlar Kambodja Fransiyaning mustamlakasi edi. 1941-yilda Kambodja Nordom Sihanouk prezidentligi davrida yaponlar tomonidan bosib olingan. 1945—1955-yillarda Kambodja prezidenti, 1955—1969-yillarda turli hukumatlarning bosh vaziri, 1991-yilning iyunidan Oliy Milliy Kengashni boshqaruvchi shaxs kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan[2].

Norodom Sihanouk
Tavalludi 1922-yil 31-oktyabr
Vafoti 2012-yil 15-oktyabr
Xitoy
Fuqaroligi Kambodja
Taʼlimi Calvary School
Otasi Norodom Suramarit
Onasi Sisowath Kossamak

1956-yilda u Kambodjaning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlangan[2]. 1982-yilda Sihanouk yana quvgʻindagi koalision hukumatni tuzgan va uning tarkibiga „qizil kxmerlar“ning vakillarini ham kiritgan. 1984-yilda koalisiya Koreya Respublikasi bilan muzokaralar olib borgan. 1990-yilning fevralida Vyetnam qoʻshinlari chiqarilgach va 1991-yilning oktyabrda tinchlik shartnomasi imzolanganidan soʻng vataniga qaytib kelgan[1].

1991-yilning noyabrida Sihanouk „qizil kxmerlar“ bilan munosabatlarini uzgan. Keyinchalik, Oliy kengash raisi lavozimini egallagan va bu lavozimda, 1993-yilning sentyabrida, mamlakatda demokratik monarxiya oʻrnatuvchi yangi konustitutsiya tasdiqlanguniga qadar faoliyat yuritgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Jeldres (2005).
  2. 2,0 2,1 Jeldres (2003).
  3. Osborne (1994).