Foydalanuvchi:Gulzoda002/qumloq

Anthony Wayne Van Leer
Tavalludi 3-mart 1783-yil
Kasbi temir ustasi
Otasi Samuel Van Leer

Anthony Wayne Van Leer (3 mart, 1783 — 9 iyul, 1863) amerikalik temirchi va Dickson (Tennessee) dagi Cumberland Furnace (temir qizitish fabrikasi)ning egasi bo'lgan. U obroʻli Van Leer oilasining aʼzosi, Amerika inqilobiy urushi davomida Kontinental armiya kapitani boʻlgan Samuel Van Leer ning oʻgʻli va General Anthony Wayne ning jiyani boʻlgan. Vanleer, Tennessee shahri uning nomi bilan atalgan.

Hayoti

tahrir

Van Leer 1783-yil, 6-aprelda Chester[1] da dunyoga kelgan.[2] U 1816-yil, 12-iyunda Rebecca Brady bilan turmush quradi va 7 farzandli boʻladi ammo ulardan faqat 2ta qizigina tirik qoladi.

1825 yilda Van Leer Tenessadagi temirchilik biznesiga pul tikishni boshlaydi va Cumberland Furnace ni hamkorlari [3] bilan birgalikda „markaziy Tenessaning temir ustasi“ nomi bilan mashhur boʻlgan Montgomery Bell dan sotib oladi.[4] Van Leer Tenessaning eng boy temir ustalaridan biriga aylanadi.[5] U 1840 yilgacha oʻz biznesi bilan 114 ta erksiz ishchilarni ish bilan taʼminlaydi.[6] Ishchilar qullik maʼqomiga ega boʻlishlariga qaramasdan erkak ishchilar 12$, ayol ischilar 5$ oylik maoshi bilan taʼminlangan.[7]

Fuqarolar urushi davomida uning oilasining Ittifoq bilan yaqin aloqalari boʻlgan. Van Leerning temir qizdirish biznes faoliyati urushning qolgan qismi uchun 1862 yilda toʻxtatiladi. Ittifoq armiyasining dushmanga qoʻl keladigan binolar, yuqori haroratdagi isitish tizimiga ega boʻlgan korxonalarni yoʻq qilib yuborishlariga qaramasdan Cumberland Furnace buzib tashlanmadi.[3] Uning uyi esa Ittifoq armiyasi tomonidan shtab kvartirasi sifatida ishlatilgan.

Van Leer 1863-yil, 9-iyulda Nashville shahrida olamdan oʻtdi[1][8] va Cumberland Furnacening egalik huquqi uning nabiralari boʻlgan Vanleer Kirkman va Mary Florencega oʻtdi. Uning nabirasi Mary turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda akasining korxonadagi ulushini sotib oladi. Maryning turmush oʻrtogʻi Ittifoq armiyasining kapitani lavozimida ishlagan. Korxona nabiralari boshqaruviga oʻtishiga qaramay barcha erksiz ishchilarga doimgidek miqdorda maosh toʻlanishi saqlanib qolgan.[3]

Merosi

tahrir

Vanleer, Tennessee shahri uning sharafiga nomlangan.[9][10] Van Leer farzandlarining xonasining loyihasini yaratish uchun oʻz davrining mashhur arxitektori William Stricklandni ishga yollagan.[11]

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Acklen, Jeanette Tillotson. Tennessee Records - Tombstone Inscriptions and Manuscripts Historical and Biographical. Nashville: Clearfield Company, Inc., 1933 — 91-bet. ISBN 0-8063-0001-9. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul. 
  2. Colonial and Revolutionary Families of Pennsylvania; genealogical and Personal Memoirs, Volume III. Lewis Publishing Company, 1911 — 1321-bet. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar. 
  3. 3,0 3,1 3,2 Jackson, George E. „Cumberland Furnace“. www.tennesseeencyclopedia.net. Tennessee Historical Society. Qaraldi: 2022-yil 26-iyul.
  4. Dalton, Robert E. (Spring 1976). "Montgomery Bell and the Narrows of Harpeth". Tennessee Historical Quarterly 35 (1): 3–28. 
  5. Culbertson, Lewis R.. Supplement to the Culbertson Genealogy. Cincinnati: The Cincinnati Lancet-Clinic, 1896 — 4-bet. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul. 
  6. Goings, Henry. Rambles of a Runaway From Southern Slavery. Charlottesville: University of Virginia Press, 2012. ISBN 978-0-8139-3238-5. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul. 
  7. „Historical Documents at Tennessee State Archives“. www.vanleerarchives.org. Van Leer Archives. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  8. „Obituaries - 1863 - Nashville City Cemetery“. www.thenashvillecitycemetery.org.
  9. "A Brief History of Vanleer (Wayback Machine saytida 2013-09-02 sanasida arxivlangan)," Dickson County Historical and Genealogical Society website, originally published in Heritage Book of Dickson County, 1803-2006. Retrieved: 28 February 2013.
  10. Miller, Larry L.. Tennessee Place Names. Bloomington, IN: Indiana University Press, 2001 — 213-bet. ISBN 0-253-33984-7. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul. 
  11. „Southern Belle and a Yankee officer | Ladies Tea - War from a Feminine Perspective“.