Foydalanuvchi:Husniya2012/Bariy sulfat

BARIY SULFAT, BaSO4 — tuz, rangsiz kristall modda. a-(1150° gacha turgʻun) va E-(1150° dan 1580° gacha turgʻun) modifikatsiyalari maʼlum. Zichligi 4500 kg/m3. Suyuqlanish t-rasi 1580°. Suvda juda oz (18° da 1 l da 2 mg), konsentrlangan sulfat kislotada esa yaxshi eriydi. Tabiatda barit minerali holida uchraydi. Yelim, rezina, linoleum, qogʻoz, fotoqogʻoz i. ch. da, qogʻozni oqartirishda, litopon (oq boʻyoq) olishda, neft quduqlarini burgʻilashda qoʻllaniladigan ogʻir suyuqlik tarkibida va b. da ishlatiladi. Bariy sulfat rentgen nurlarini yaxshi yutadi, shuning uchun meʼda-ichaklarni rentgen apparatida tekshirihdan oldin bemorlarga Bariy sulfat ichiriladi.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/b/bariy-sulfat/