Foydalanuvchi:Husniya2012/Bessel Fridrix Vilgelm

BESSEL Fridrix Vilgelm (1784.22.7, Minden, Germaniya — 1846.17.3, Kenigsberg) —nemis astronomi, geodezisti va matematigi. Astrometriya asoschilaridan biri. U 20 yoshligidayoq Gapley kometasi orbitasini hisoblab chiqdi. Bessel rahbarligida Kenigsberg untida rasadxona qurildi; u umrining oxirigacha shu rasadxona direktori boʻlib ishladi. Besselning astrometrik oʻlchashlar sohasidagi birinchi katta ishi 17-a. 40—50-y.

lari ingliz astronomi J. Bradleyning yulduzlar jadvalini tuzish uchun bajargan kuzatish natijalarini qayta ishlashga bagʻishlandi va u 1818-y. da «Astronomiya asoslari» nomi bilan chop etildi. Bessel 1821—33 y. larda Reyxenbax meredian doirasida 75000 yulduz oʻrnini yuqori aniklikda oʻlchadi va «Kenigsberg jadvallari»ni tuzdi. Bessel birinchilar qatorida yulduzlar parallakttl, shu bilan birga, ulargacha boʻlgan masofalarni aniklzdi. U Sirius va Protsion yulduzlarini bir necha yil kuzatib, bu yulduzlarning yoʻldoshlari bor, deb faraz qildi. Uning taxminlari keyinchalik tasdiqlandi: 1862-y. da Siriusning, 1896-y. da Protsionning yoʻldoshi borligi aniqlandi. Bessel 1831—41 y. larda rus olimi I. Ya. Bayer bilan birgalikda Sharqiy Prussiyada trangulyatsiya ishlarini bajarib, meridianning bir darajasi uzunligini oʻlchab Yer sferoidi elementini aniqladi. Bu element geodeziyada 100-yilga yaqin ishlatildi va Bessel elementi deb ataldi.

Manbalar

https://qomus.info/oz/encyclopedia/b/bessel-fridrix-vilgelm/