Foydalanuvchi:Husniya2012/Biolagik pereparat
BIOLOGIK PREPARATLAR, biopreparatlar — q. x. da hayvonlarning yuqumli va invazion kasalliklariga diagnoz qoʻyish, kasalliklarning oldini olish, davolash, mahsuldorligini oshirishda, shuningdek oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, tuproqunumdorligini oshirishda qoʻllaniladigan biologik vositalar. Veterinariyada Biologik preparatlarning quyidagi turlari mavjud: davolash uchun (maxsus giperimmunli zardoblar, gammaglobulinlar); kasalliklarning oldini olish uchun (vaksinalar, anatoksinlar); diagnostika uchun (allergenlar, antigenlar, diagnostik zardoblar, bakteriofaglar), stimulyatorlar (hayvonlar qon zardobi, boʻgʻoz biyalar qon zardobi, V12 vitamini va b). Oʻzbekistonda Biologik preparatlar Davlat biologiya k-tida, i. t. institutlarida, veterinariya lab. larida har bir turdagi preparatlar uchun yagona boʻlgan uslub boʻyicha OʻzR Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan texnikmeʼyoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqariladi. Biologik preparatlarning tayyorlanishi va chiqarilishini mazkur korxona va muassasalarning biologiknazorat boʻlimi yoki nazorat lab., shuningdek Veterinariya preparatlari davlat ilmiynazorat lab. nazorat qiladi.
Q. x. ekinlarini va daraxtzorlarni zararkunanda hasharotlar va kasalliklardan himoya qilishda spora hosil qiluvchi entomopatogen bakteriyalar (dendrobatsillin, entobakterin, dipel va b.) asosida tayyorlangan bakterial preparatlar qoʻllaniladi. Dalalar, pichanzorlar, bogʻlarni, omborlarni kemiruvchilar (sichqon, kalamush va b.)dan himoya qilishda bakterodensidlar ishlab chiqariladi. Tuproq unumdorligini oshirishda nitragin va b. dan foydalaniladi (q. Bakterial oʻgʻitlar).
Biologik preparatlarning atrof muxit va inson uchun xavfi kam boʻlib, tanlab taʼsir etadi va biotsenozdat tabiiy aloqadorlikni buzmaydi.
Manba