Foydalanuvchi:Husniya2012/Rixtagarlik
Rixtagarlik
tahrir(fors.-toj. - metall eritmoq) - hunarmandchilikning qadimiy turlaridan biri. Rangli metall (asosan, mis, bronza, qalay)dan turli buyumlar quyish kasbi. Arxeologlar tomonidan Uzbekiston hududida mil.avv. 3 ming yillikka oid bronza bolta quyiladigan tosh qoliplari topilgan. Mo‘g‘ullar istilosi O‘rta Osiyoda rixtagarlikning rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. XIV asrdan metall konlarining qayta ishga solinishi munosabati bilan bu kasb yana taraqqiy eta boshlaydi. 1399 yil Amir Temurning buyrug‘i bilan Ahmad Yassaviy maqbarasi uchun Abdulaziz ibn Sharafiddin tomonidan bronzadan quyilgan "nazr-niyoz qozoni" rixtagarlikning eng noyob namunasidir
Adabiyotlar
tahrirZ.M Qodirov Arxealogiya Toshkent 2021