Mir Jafar Abbos o‘g‘li Bag‘irov
Mir Cəfər Bağırov

1948-yilda Bagʻirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-sentyabr 1896-yil
Quba, Rossiya imperiyasi
Vafoti 7-may 1956-yil(1956-05-07)
(59 yoshda)
Sibir, SSSR
Bolalari Mirza Bagʻirov, Jahangir Bagʻirov, Jen Bagʻirov[1]

Mir Jafar Abbos oʻgʻli Bagʻirov (ozarbayjoncha: Мир Ҹәфәр Аббас оғлу Бағыров:, Mir Cəfər Abbas oğlu Bağırov deya romanizatsiya qilinadi, ruscha: Мир Джафар Аббасович Багиров; 1896-yil 17-sentyabr – 1956-yil 7-may) 1933-yildan 1953-yilgacha boʻlgan davrda Iosif Stalin rahbarligidagi Sovet Ittifoqi tarkibidagi Ozarbayjon SSRning kommunistik yetakchisi boʻlib faoliyat olib borgan[2].

Yoshligi

tahrir

Bagʻirov 1896-yilda Boku guberniyasining Quba shahrida tugʻilgan, keyinchalik Petrovskda pedagogika sohasida taʼlim olgan. M. J. Bagʻirov 1915-yildan 1917-yilgacha Xudat qishlogʻida maktab oʻqituvchisi boʻlib faoliyat olib borgan[3]. U 1917-yilning mart oyida bolsheviklarga qoʻshildi va Quba inqilobiy qoʻmitasi rais oʻrinbosari lavozimiga saylandi[4]. 1918-yildan 1921-yilgacha Oktyabr inqilobi va Rossiya fuqarolar urushida faol ishtirok etgan. Bu davrda Bagʻirov polk komandiri, Ozarbayjon diviziyasining harbiy komissari, Rossiya harbiy qoʻmondonligining Kavkaz korpusi maslahatchisi va Ozarbayjon diviziyasining inqilobiy tribunali boshligʻi lavozimlarida xizmat qilib kelgan. Ozarbayjon, Sovet tomonidan bosib olingandan soʻng, Bagʻirov Ozarbayjonning Qorabogʻ viloyati inqilobiy qoʻmitasi raisi etib tayinlandi. Maʼlum qilinishicha, Bagʻirov Ozarbayjon Demokratik Respublikasi politsiyasida ham ishlagan. 1921-yil fevral oyida u sovet maxfiy politsiyasi boʻlmish Chekaga aʼzo boʻlgan. Keyinchalik bu tashkilot OGPU deb qayta nomlandi. 1927 – 1929-yillarda u Zakavkazye SFSRning Suv taqsimoti boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan. Bagʻirov 1929-yilning dekabr oyidan 1930-yilning avgust oyigacha Ozarbayjonda davlat xavfsizlik xizmati boshligʻi lavozimida ishlagan.

Beriya bilan munosabati

tahrir
Bagʻirov (chapda turibdi) at the Butunittifoq Kommunistik partiyasining (bolsheviklar) 17-syezdi, (chapdan) Lavrentiy Beriya, Nikolai Yezhov, Aghasi Xanjian hamda Robert Eikhe

1921-yilda Bagʻirovning Chekada ishlagan yordamchilaridan biri yosh Lavrentiy Beriya boʻlib, u Bagʻirovning karerasini qoʻllab-quvvatlagan[5]. Keyinchalik Beriya, Bagʻirovga oʻz minnatdorchiligini bildirib, 1932-yilda uni uchta Kavkazorti respublikalari (Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya) rahbari etib tayinlashda yordam bergan. Avvaliga Beriya, Bagʻirovning Ozarbayjonda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasining „mas’ul yoʻriqchisi“ lavozimiga tayinlanishini tashkil qilib, keyin uni Ozarbayjon kommunistik partiyasining rahbari etib tayinlashga koʻmaklashgan.

Kommunistik partiyaning birinchi kotibi

tahrir

Bagʻirov 1933-yil dekabr oyidan 1953-yil apreligacha Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimida ish olib borgan. U Leningraddagi Andrey Jdanovdan tashqari, Buyuk tozalash davri mobaynida oʻz lavozimini saqlab qolgan yagona mintaqaviy partiya rahbari boʻlgan. Shu davrda Ozarbayjonda 10 000 dan ortiq kishi Bagʻirovga suiqasd uyushtirish fitnasida ayblanib, otib tashlangan[6]. 1937-yil oktyabrda, bir qator amaldorlar „xalq dushmanlari“ deb qoralangandan soʻng, Bagʻirov Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasining toʻlaqonli aʼzosi etib tayinlandi.

1953-yil 7-mart sanasida, Iosif Stalin vafot etishi bilanoq, Bagʻirov Markaziy Qoʻmita Prezidiumi (Siyosiy byuro)ga nomzod aʼzo etib tayinlangan. Bu uning Rossiyadan tashqaridagi kichikroq Sovet respublikalaridan birida joylashgan eng yuqori mansabdagi kommunistik rahbar sifatida rasman tan olinganini anglatgan[7]. 21-aprel kuni oʻzini Ozarbayjon SSR Vazirlar Kengashi raisi lavozimiga tayinlagan, biroq 19-iyulda Beriyaning qamoqqa olinishi oqibatida lavozimidan chetlashtirilgan.

Yana qarang

tahrir

Ozarbayjon rahbarlarining roʻyxati

Manbalar

tahrir
  1. „В Индии скончался сын коммунистического вождя Азеpбайджана“. Novosti.ru (2005-yil 9-aprel). Qaraldi: 2010-yil 4-may.
  2. "Stalin's Personality Cult. Three Times I Changed My Mind". Azerbaijan International. September 1999. http://azeri.org/Azeri/az_latin/latin_articles/latin_text/latin_73/eng_73/73_stalin_cult.html. Qaraldi: 2010-05-04. Foydalanuvchi Ibroximovasss/qumloq]]
  3. „Directory of Biographies. Mir Jafar Baghirov“. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-may.
  4. „Багиров Мир Джафар Аббасович 1896-1956 Биографический указатель“. Chronos. Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
  5. „Багиров Мир Джафар Аббасович 1896-1956 Биографический указатель“. Chronos. Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
  6. Medvedev, Roy. Let History Judge, The Origins and Consequences of Stalinism. Nottingham: Spokesman, 1976 — 344-bet. 
  7. Conquest, Robert. Power and Policy in the U.S.S.R.. London: MacMillan, 1961 — 197-bet. 

Havolalar

tahrir


Partiya siyosiy idoralari
Oʻtmishdoshi:
Ruben Rubenov
Ozarbayjon Kommunistik partiyasining birinchi kotibi
1933–1953
Vorisi:
Mir Teymur Yaqubov