Foydalanuvchi:Jo'ybori Kalon/qumloq/qisgacha tarix
Madrasa tarixi
Jo‘ybor tojikcha so‘z bo‘lib “Katta oqar ariq, ariq bo‘yi“ ma’nolarini anglatadi.. Jo‘ybor hojilari va ularning zurriyotlari, asosan, shaharning Jo‘ybori Mavzesida istiqomat qilishgan. Hoja Sa’diddin (1531-1589) Kalonxo‘ja ibn Hoja islomning(1493-1563) avlodlari shu mavzening Havzi Nav guzarida yashaganlar. Bu guzarda masjid bo‘lib, uning binosi (18-asrda) Abdulazizxonning onasi o‘z mablag‘i bilan qurdirgan. Masjid ro‘parasida yo‘lining shimoliy tomonida katta madrasa bo‘lib, u “Jo‘ybori Kalon“ madrasasi deb nomlangan. Mazkur madrasa Subxonqulixon davrida (18-17 asrning ikkinchi yarmi ) aniqrog‘i, 1670-1671 yillarda Hoja Sa’diddin ibn Islomning nevarasi, Hoja Abdurahim Jo‘yborning qizi Oyposhshabibi Merosiy mulki mablag‘i hisobidan qurdirgan. Oyposhsha soliha, fozila, zohida va taqvodor ayollardan bo‘lib, uning nasabi quyidagicha: Oyposhsha bint Abdurahim ibn Xoja Sa’diddin (Xoja kalon) ibn Xoja Islom ibn Xoja Ahmad ibn Xoja YAxyo... Madrasa joylashgan Jo‘ybor mavzesi qal’a ichiga kirmagani uchun “Jo‘ybor Berun“ deb ataladi. Madrasaning baland peshtoqli eshigi janub tomonga qarab ochiladi. Darvoza ro‘parasida ixchamgina hovuz “Hovuzi nav“ joylashgan. Oyposhsha bibi madrasa qurilishida azaliy an’anaga rioya qilgan. Hashamatli peshtoq ichidagi darvoza orqali Miyonsaroyga kiriladi. CHap qo‘lda masjid, o‘ng qo‘lda tomga chiqiladigan pillapoya va hujralar tizilmasi. Madrasa birqavatlik 28 hujrasi bor. Peshtoqining yuza qismida koshinkoriydan namunalar mavjud. SHo‘rolar davrida madrasa molxonaga, so‘ngra nonvoyxona va shisha idish qabul qiladigan maskanga aylantirilgan.
Arxiv hujjatlarida ko‘rsatilishicha, madrasada so‘nggi paytlarda 16 nafar mudarris dars o‘tgani va ularning ro‘yxati berilgan. Har bir mudarrisning yillik maoshi taxminan 40 tillani tashkil etgan. Lekin ba’zi hujjatlarda mudarris 45-50 tilla haq olgani ham qayd etilgan. SHuningdek, hujjatlarda ko‘rsatilishicha, Jo‘ybori kalon madrasasida bemor mudarris va talabalar uchun alohida hujralar ajratilgan hamda ular o‘sha erda davolangan.
O‘zbekiston istiqlolga erishgach, “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti 1992 yil 2 sentyabrda o‘z faoliyatini boshlab, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufiga o‘tkazildi. Bilim yurti o‘rta ma’lumotli boshlang‘ich arab tili murabbiysi, diniy ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari maslahatchisi tayyorlaydi. Madrasa tashkil topgan yillarida 60 nafar talaba qizlar tahsil ko‘rgan. Hozirgi kunda esa bu ko‘rsatgich 100 taga etdi. Hozirgi kunda bilim yurti talabalariga 25 nafar mudarrisu mudarrisalar Qur’on, hadis, fiqh, islom tarixi, aqoid, arab tili (sarf, nahv), xattotlik kabi maxsus fanlar bilan bir qatorda dunyoviy fanlardan saboq berayotir. Bilim yurti talaba qizlari ilmga chanqoqligi va uztozlardan olgan ko‘nikma va malakasi tufayli Respublika miqyosida o‘tkaziladigan qoriyalar musobaqasi, fan olimpiadasi, “Barkamol avlod” sport musobaqalarida va anjumanlarda qatnashib faxrli o‘rinlarni olib kelmoqdalar. Diniy ta’lim muassasalari mudarrris va mudarrisalari uchun har yili bo‘lib o‘tadigan “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovlarida bilim yurti o‘qituvchilari faol ishtirok etib kelishmoqda. Ta’lim muassasasida 2018-2019 yillar davomida bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida bir qator yutuqlarga erishildi. Jumladan, haftaning juft kunlarida ilmiy-ma’rifiy mavzularda davra suhbatlari, hamda 4-kurs talabalari tomonidan Xatoba fani bo‘yicha ma’ruzalar tashkil etilgan. SHu bilan bir qatorda bilim yurti mudarrisalari va talabalari ishtirokida ta’lim, madaniyat va mahalla soha xodimlari bilan hamkorlikda tadbirlar va ochiq muloqotlar olib boriladi. Bilim yurti moddiy bazasi boyitilish jarayonida o‘qish binosi, tahoratxona, masjid, oshxona, talabalar turar joylarida to‘liq rekonstruksiya ishlari tugatildi. Vaqf tomonidan ta’lim muasassasiga 10 dona zamonaviy kompyuter jamlanmasi beg‘araz hadya qilindi va talabalar foydalanishlari uchun tayyor holga keltirildi. Sinf va o‘quv xonalariga zamonaviy konditsionerlar o‘rnatildi, isitish tizimi to‘liq yangilanib bilim yurti Mudarrisalar, ishchi xodimlari va talabalarga barcha shart-sharoitlar yaratildi. Talabalar turar joyida yangi 6 ta hujralar qo‘shilib, talabalar ixtiyoriga topshirish uchun tayyor holga kelitirildi. Bilim yurti masjidi katta hajmli smart doska o‘rnatildi. Talaba qizlarni har tomonlama ertangi kunga tayyorlash maqsadida pazandachilik, bichish-tikish, to‘qish kabi hunarlar ham o‘rgatiladi. Bundan tashqari “Orasta qizlar” to‘garagi tashkil etilgan. Talabalarning bo‘sh vaqtidan unumli foydalangan holda “uy hamshirasi” to‘garagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish istiqboldagi rejalarga kiritilgan. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari qoidalariga mos ravishda Qur’oni karim fani xonasi, fiqh fani xonasi, xattotlik fani xonasi ximiya-fizika labaratoriya xonasi, chet tillari fan xonasi, tarix fani xonasi, informatika fani xonasi tashkil qilindi. 4 ta video kamera mavjud Talabalarga har tomonlama qulaylik yaratish maqsadida sinf xonalariga sovitgichlar o‘rnatilgan. Bilim yurti ARMi 2 xonadan iborat bo‘lib, birinchisi asosiy kutubxona, ikkinchisi qiroat xonasi. Bilim yurtida hozirgi kunda 3045 ta maxsus fanlardan darslik, 1169 ta umumta’lim fanlardan o‘quv qo‘llanma va darsliklar, 794 badiiy kitoblar, 1687 ta ilmiy ommabop, 1623 ta Prezident asarlari va ijtimoiy siyosiy kitoblar, 1651 ta arab tilida ilmiy adabiyotlar jami 10145 ta kitob zaxirasiga ega bo‘lgan kutubxona mavjud. ARM qiroat xonasi yangi (14ta) kitoblar javoni bilan ta’minlanib, ikki (umumta’lim va maxsus fanlar)ga ajratildi, 2 ta kompyuter va printer bilan jihozlangan ARM xonalari talabalar ixtiyorida. 100 o‘rinli oshxona, 25 o‘rinli dam olish xonasi, 8 ta fan xonalari, 15 o‘rinli ma’naviyat va ma’rifat xonasi, 16 o‘rinli kompyuter xonasi, sport maydonchasi, masjid, qiroatxona talabalar xizmatida YAngi ta’mirdan chiqarilgan 5 ta talabalar turar joyi xonalarida 2 qavatli kravatlar va to‘shaklar bilan jihozlangan Ayvon, bilim yurtining barcha qismi zamonaviy issiqlik manbai bilan ta’minlangan, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan Hamshira xonasi, tahoratxona, bilim yurti talabalari uchun oziq-ovqat saqlash xonasi ham mavjud. Madrasa 1998 yil O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tdi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining maxsus litsenziyasini ham olib, Buxoro viloyati hokimligidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustda chiqarilgan “Din sohasidagi ma’naviy va ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatni yanada takomillashtirishda ijtimoiy va imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi Qaroriga binoan Islom ma’hadi va islom o‘rta maxsus bilim yurti bitiruvchilariga beriladigan diplomlar davlat ta’lim hujjati sifatida e’tirof etildi hamda ana shu hujjat (diplom)ga ega bo‘lgan shaxslarga oliy o‘quv yurtlariga kirish huquqi berildi.