Labirintdagilar
Labirintdagilar – James Dashnerning 2009-yildagi shu nomli romaniga asoslanib 2014-yilda Wes Ball tomonidan suratga olingan film. Ushbu film Labirintdagilar trilogiyasidagi ilk qism boʻlib, Ellen Goldsmith-Vein, Wyck Godfrey, Marty Bowen va Lee Stollman tomonidan taqdim etilgan. Ssenariy mualliflari – Noah Oppenheim, Grant Pierce Myers va T.S Nowlin. Filmda bosh rollarni Dylan O'Brien, Kaya Scodelario, Thomas Brodie-Sangster, Willl Poulter va Patricia Clarkson ijro etgan. OʻBrien tomonidan gavdalantirgan oʻn olti yoshli Thomas oʻzining kimligini eslolmaydigan holatda zanglagan liftda uygʻonib, ulkan labirint oʻrtasiga kelib qolganini tushunadi. Labirintni yigitlar Glade deb nomlab, oʻzlarini Gladerlar deya atab kichik bir jamiyatini shakllantirishadi. Gladerlar doimiy ravishda oʻzgarib borayotgan labirintdan chiqish uchun harakat qilib kelishardi.
Labirintdagilar | |
---|---|
Teatr nashri uchun poster | |
Rejissyor(lar) | Wes Ball |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) |
|
Qaysi asarga asoslangan |
The Maze Runner –James Dashner |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | John Paesano |
Kinematografiya | Enrique Chediak |
Muharrir(lar) | Dan Zimmerman |
Studiya(lar) | |
Distribyutor | 20th Century Fox |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 113 daqiqa |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $34 million[1][2] |
Daromadi | $348.3 million[1] |
Labirintdagilar filmini suratga olish 2011-yil yanvar oyida Fox Dashnerning romaniga ekranlashtirish huquqlarini sotib olgach boshlangan edi. Filmga dastlab Gotham Group, Temple Hill Entertainment, TSG Entertainment prodyuserlik qilishlari va Catherine Hardwicke rejissorlik uchun chaqirilishi kerak edi. Ammo 2012-yil Ball janr voqealar jihatidan Labirintdagilar ga oʻxshash Ruin nomli qisqa metrajli animatsion filmga rejissorlik qilganligi uchun Labirintdagilar filmiga rejissorlik qilishga taklif etilgan. Filmni suratga olish Luiziana shtatining Baton-Ruj shahrida rasman 2013-yil 13-mayda boshlanib, 2013-yil 12-iyulda yakunlangan.
Voqealar rivoji
tahrirOʻsmir yigit oʻz shaxsiyatini eslay olmaydigan holatda yer osti liftida uygʻonadi. Lift oʻsmir yigitni ulkan tosh devorlar bilan oʻrab olingan Glade deb ataladigan yashil oʻtloq maydonning oʻrtasiga eltadi. U yerda oʻsmir yigit boshqa yigitlar tomonidan kutib olinadi. Gladerlar ibtidoiy jamiyatni tashkil etib har biri turli vazifalarga biriktirilgan. Yigit ularni oʻrab olgan keng devorlardan chiqish faqat labirint orqali ekanligini bilib oladi. Tong otganda yuguruvchilar labirint ichiga kirib ketib labirintdan chiqish yoʻlini qidirishadi va quyosh botarda kirish qism yopilishidan avval qaytib kelishadi. Gally bilan boʻlgan jangda boshini yerga qattiq urganidan keyin yigit ismi Thomas ekanligini eslaydi.
Ertasi kuni tongda Thomasga Ben hujum qiladi. Ben tunda labirint ichida yuradigan biomexanik mavjudodlar Grieverlar dan biri sabab infeksiyalangan edi. Qolganlar Benni ushlab kun botishidan avval uning kasalligiga davo yoʻq boʻlgani uchun labirint ichiga kirgizib yuborishadi. Tunda esa Ben Grieverlar uchun oʻlja boʻladi.
Keyingi kun tongda Alby va Minho Benning ortidan ketishadi. Ammo oʻsha kuni quyosh botishidan avval Minho infeksiyalangan Albyni Glade tomon sudrab keladi. Thomas yordam berish uchun labirint ichiga kiradi va kirish yopilgani sabab ular tuzoqqa tushib qolishadi. Labirintda Thomasni Griever quvlaydi va labirint yoʻnalishlarini oʻzgartirayotgan vaqtda Thomas Grieverni devorlar orasida qoldirib uni oʻldirishga muvaffaq boʻladi. Tunda uch yigit tirik qolishni uddaladi va ertasi kuni yana ortga qaytdi.
Yer osti liftida bir qiz qoʻlida „bu qiz Gladega kiradigan oxirgi odam boʻladi“ degan xat bilan keladi. U Thomasni taniydi, ammo Thomasni oʻzi uni eslay olmaydi. Gally bu Gladerlar va Grieverlar orasidagi tinchlikni xavf ostiga qoʻygan deb hisoblaydi va uni jazolash kerak degan fikrni ilgari suradi. Ammo guruhning ikkinchi yoʻlboshchisi Newt Thomasni yuguruvchi etib tayinlaydi. Thomas, Minho, Frypan, Winston va Zart Griverning jasadini koʻzdan kechirish uchun uni oldiga borishadi va ichidan mehanik uskunani topib olishadi. Minho Thomasga avvalgi izlanishlar natijasida yasalgan labirint modelini koʻrsatib raqamlangan boʻlimlar ishlash tizimini tushuntiradi. Thomas Grieverdan chiqqan mexanik qurilmani bu boʻlimlarga bogʻliqligini tushunib yetadi.
Teresada 2 ta Griever zahariga qarshi ziddi zahar bor edi. Birini Albyda sinab koʻrishadi va u infeksiyadan tuzaladi. Thomas va Minho uskuna bilan labirintga kirib chiqish mumkin boʻlgan joyni topishadi ammo bir nechta tuzoqlar faollashgani sabab u yerni tark etishga majbur boʻlishadi.
Oʻsha kechada eshik yopilmasdan yana boshqa tomondan Grieverlar Gladega kirishlari uchun eshiklar ochiladi. Alby, Zart Clint va yana bir qancha Gladerlar halok boʻladi va Gally bularning barchasiga sababchi sifatida Thomasni aybdor qiladi. Kelganidan beri xotirasidan baʼzi narsalarni qisman eslab yurgan Thomas butun xotirasini tiklash maqsadida Grieverdan olingan uskuna bilan oʻzini zararlaydi. U holatda Thomas Teresa bilan WCKD da birga ishlaganini va u yerda yigitlar yashirincha eksperiment qilinayotganini eslaydi. Uygʻonib barchasini ularga aytib beradi.
Gally boshqaruvni qoʻliga olib, Grieverlar bilan tinchlikni tiklash maqsadida Thomas va Teresani qurbon qilmoqchi boʻladi. Bir nechta Gladerlar ularni qutqarib, labirint tomon yoʻl olishadi, biroq Gally va yana bir qancha Gladerlar ketishdan bosh tortadilar.
Turli qiyinchliklardan oʻtib, nihoyat Gladerlar jasadlar bilan toʻla laboratoriyaga kirishadi. Ekranda WCKD tadqiqotchisi Ava Paige quyosh chaqnashi oqibatida yer yuzida oʻlimga sabab boʻladigan Flare virusi tarqalganini tushuntirgan video yozuv chiqib turadi. Gladerlar bu virusga qarshi dori topilishida tajriba qilinganligini tushunishadi. Video soʻngida laboratoriyaga qurolli shaxslar bostirib kirganda Paige oʻzini otib tashlagani koʻrsatiladi. U yerni tark etishayotganda Grieverdan zararlangan Gally kelib Thomasga qarata toʻpponcha oʻqtalib ular hech qachon ozod boʻlmasligini aytadi. Minho Gallyga qarata nayza uloqtiradi. Gally esa allaqachon Thomasga oʻq otgan edi, ammo oʻq yoʻlini Chuck toʻsib qoladi. Thomas Chuckning jasadi ustida oʻtirganida qurollangan niqobli kishilar kelib ularni vertolyotga solib olib ketishadi. Vertolyot keng yoyilgan choʻl boʻylab uchib vayrona boʻlgan shahar tomon yaqinlashadi.
Keyinroq oʻzlarini oʻlgan qilib koʻrsatgan olimlar Paige bilan uchrashishadi. U tajriba muvaffaqiyatli oʻtganini qayd qilib tirik qolganlar endi ikkinchi fazaga kirishlarini taʼkidlaydi.
Rollarda
tahrir
|
Yaratilishi
tahrir2011-yil 4-yanvarda 20th Century Fox, rejissori Catherine Hardwicke orqali James Dashnerning Labirintdagilar asarini ekranlashtirish huquqini qoʻlga kiritgani eʼlon qilingan[3]. 2012-yil 23-avgust, filmda rejissyor sifatida Wes Ball, prodyuser sifatida Gotham Group ishlashi tasdiqlangan[4]. Ball Ruin nomli animatsion ilmiy-fantastik qisqa metrajli filmni suratga olib, 20th Century Fox ga 3D formatida taqdim qilgan[5].
Suratga olish jarayoni
tahrirFilmni suratga olish Luiziana shtatining Baton-Ruj shahrida 2013-yil 13-may kuni[6] rasman boshlanib, 2013-yil 12-iyulda yakunlangan[7]. Filmning montaj esa ishlari 2014-yil iyun oyida yakunlangan.
Saundtrek
tahrirJohn Paesano tomonidan filmga ishlangan saundtrek 21 taronadan iborat boʻlib, 2014-yil 16-sentyabr ommaga taqdim etilgan[8].
Namoyish etilishi
tahrirFilm asli 2014-yil 14-fevralda premyera qilinishi kerak boʻlgan[9], ammo baʼzi sabalarga koʻra 2013-yil 5-oktyabrda film taqdimoti keyinga qoldirilgani eʼlon qilingan[10]. 2014-yil 19-sentyabr film IMAX kinoteatrlari orqali ommaga taqdim qilingan[11].
Qabul qilinishi
tahrirFilm Shimoliy Amerikada 102.4 million dollar, dunyoning boshqa hududlarida 245.8 million dollar, jami hisoblaganda 348.3 million dollar sof daromad qildi[12].
AQSh va Kanadada premyera qilinishidan oldin, tahlilchilar samarali marketing va xalq orasida tezda shov-shuvlarga sabab boʻlganligi uchun filmni yaxshi daromad keltirishini tahmin qilishgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra film ochilishi Shimoliy Amerikada 30-32 million dollar mablagʻ bilan boshlanishi mumkin edi[13][14][15][16]. Fandango kino-chiptalar veb-saytiga koʻra Labirintdagilar filmi eng koʻp sotilgan film boʻlib, premyera oldi chiptalar sotuvining 50% dan ortigʻini tashkil etgan[17]. Film 2014-yil 19-sentyabrda AQSh va Kanadada 3604 ta joyda va 350 dan ortiq IMAX kinoteatrlarida namoyish etilgan[18][19]. Film 1,1 million dollar Payshanba oqshom namoyishlari[20] orqali, 11,25 million dollar ochilish kunida daromad qilgan[21]. Film ochilish haftasida 32,5 million dollar daromad qilgan boʻlsa, shundan 9 foizi IMAX kinoteatrlari orqali kelib tushgan[22]. Ochilish haftasidagi daromadi sabab sentyabrda taqdim etilgan filmlar orasida 7-oʻrin[23][24], katta yoshlilar uchun moʻljallangan kitoblarga asoslangan filmlar boʻyicha 18-oʻrinni egalladi[25]. Film Shimoliy Amerika namoyishlarida jami 102 272 088 dollar ishlab AQSH va Kanadada 2014-yilning eng koʻp daromad keltirgan filmlari roʻyxatida 26-oʻrinni egalladi[26].
Yil | Mukofot | Turkum | Nomzod(lar) | Natija |
---|---|---|---|---|
2014 | IFMCA Awards[27] | Best Original Score for an Action/Adventure/Thriller Film | John Paesano | Nominatsiya |
2015 | MTV Movie Awards[28] | Best Breakthrough Performance | Dylan O'Brien | Gʻolib |
Best Fight | Dylan O'Brien and Will Poulter | Gʻolib | ||
Best Hero | Dylan O'Brien | Gʻolib | ||
Best Scared-As-Shit Performance | Dylan O'Brien | Nominatsiya | ||
Teen Choice Awards[29] | Choice Movie: Action/Adventure | The Maze Runner | Nominatsiya | |
Choice Movie: Breakout Star | Thomas Brodie-Sangster | Nominatsiya | ||
Choice Movie: Chemistry | Dylan O'Brien and Thomas Brodie-Sangster | Nominatsiya | ||
Choice Movie Actor: Action/Adventure | Dylan O'Brien | Nominatsiya | ||
Choice Movie Actress: Action/Adventure | Kaya Scodelario | Nominatsiya | ||
World Soundtrack Awards[30] | Public Choice Award | John Paesano | Gʻolib | |
2016 | Nickelodeon Kids' Choice Awards[31] | Favorite Book | James Dashner | Nominatsiya |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „The Maze Runner (2014)“. Box Office Mojo (2014-yil 19-sentyabr). 2019-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-fevral.
- ↑ Bahr, Lindsey (September 18, 2014). „Box office preview: Maze Runner teens prepare to battle Liam Neeson“. Entertainment Weekly. December 21, 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 24, 2014.
- ↑ Zeitchik. „Young-adult sensation The Maze Runner gets ready to run the movie gantlet (Updated)“. The Los Angeles Times (2011-yil 4-yanvar). 2012-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-fevral.
- ↑ Fleming. „Fox Sets Wes Ball To Helm 'Maze Runner'“. Deadline (2012-yil 23-avgust). 2021-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
- ↑ „Director Wes Ball Talks How He Landed the Job, Finding His Cast, Mixing LORD OF THE FLIES with LOST, and More on the Set of THE MAZE RUNNER“. collider.com (2014-yil 3-may). 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Maze Runner Movie Set“. jamesdashner.com. 2014-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-sentyabr.
- ↑ „The Maze Runner Movie Release Date, News, and Updates: 2 New Clips Released in Anticipation of The Premiere“. hallels.com. 2014-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-sentyabr.
- ↑ „The Maze Runner [Original Motion Picture Soundtrack“]. AllMusic. 2016-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-mart.
- ↑ Fleming. „Tweets Lead Blake Cooper To Maze Runner Role“. Deadline (2013-yil 23-aprel). 2014-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-may.
- ↑ „Fault in Our Stars Gets Release Date, Maze Runner Pushed Back - ComingSoon.net“ (2013-yil 5-oktyabr). 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ Vlessing, Etan. „Imax to Release Fox's The Maze Runner“. The Hollywood Reporter (2014-yil 26-avgust). 2014-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-avgust.
- ↑ „The Maze Runner (2014)“. The Numbers. 2020-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
- ↑ Busch. „Box Office Friday: Maze Runner Over $30M; Liam's Leisurely Walk To 224M; Where I Leave You Stays Put At No. 3“. Deadline Hollywood (2014-yil 20-sentyabr). 2014-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-sentyabr.
- ↑ Mendelson, Scott (September 20, 2014). „Box Office: Maze Runner Sprints To 231.25M Friday, $30M+ Weekend“. Forbes. November 11, 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 21, 2014.
- ↑ Khatchatourin, Maane (September 20, 2014). „Box Office: Maze Runner Outpaces Liam Neeson on Way to $31 Million Debut“. Variety. November 12, 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 21, 2014.
- ↑ Subers. „Friday Report: Maze Runner Quick Out of the Gate“. Box Office Mojo (2014-yil 20-sentyabr). 2019-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-sentyabr.
- ↑ Pomerantz, Dorothy (September 19, 2014). „Does The Maze Runner Mark The Beginning Of The End Of The YA Movie Craze?“. Forbes. March 11, 2018da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 21, 2014.
- ↑ Lang, Brent (September 17, 2014). „Box Office: Maze Runner Will Outrace Walk Among the Tombstones“. Variety. November 12, 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 19, 2014.
- ↑ Busch. „Box Office Preview: Maze Runner To Put Tombstones In Ground; This Is Where I Leave You Debuts“. Deadline Hollywood (2014-yil 18-sentyabr). 2019-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-sentyabr.
- ↑ Busch. „Box Office Late Nights: Maze Runner Off To Good Start With 29.1M, Tombstones Takes In $480K“. Deadline Hollywood (2014-yil 19-sentyabr). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-sentyabr.
- ↑ Busch. „Box Office Friday: Maze Runner Over $30M; Liam's Leisurely Walk To 314M; Where I Leave You Stays Put At No. 3“. Deadline Hollywood (2014-yil 20-sentyabr). 2014-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-sentyabr.
- ↑ Mendelson, Scott (September 21, 2014). „Box Office: Maze Runner Races To $32.5M Weekend, Kevin Smith's Tusk Bombs“. Variety. November 12, 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 21, 2014.
- ↑ Busch. „Box Office Sunday: Maze Runner Finds $32.5M; Liam's Walk Limps In; Where I Leave You No. 3“. Deadline Hollywood (2014-yil 21-sentyabr). 2014-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-sentyabr.
- ↑ „Top Opening Weekends by Month“. 2019-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Young-Adult Book Adaptations (Opening Weekends)“. 2019-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-sentyabr.
- ↑ „2014 Domestic Grosses“. Box Office Mojo. 2019-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-dekabr.
- ↑ „IFMC Awards 2014“. IFMCA: the International Film Music Critics Association (2015-yil 20-fevral). 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyul.
- ↑ Boardman, Madeline „MTV Movie Awards Winners 2015: Complete List“. Us Weekly (2015-yil 12-aprel). 2016-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-may.
- ↑ „2015 Teen Choice Award Winners – Full List“. Variety. Penske Media Corporation (2015-yil 16-avgust). 2016-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-avgust.
- ↑ World Soundtrack Awards „Winners of the 15th World Soundtrack Awards“. World Soundtrack Academy (2015-yil 24-oktyabr). 2016-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-fevral.
- ↑ „Kids' Choice Awards 2015: The Complete Winners List“. The Hollywood Reporter (2015-yil 28-mart). 2016-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-may.