Foydalanuvchi:Kalogderde/qumloq



O‘ZBEK TILI TA’LIMI FAKULTETI

tahrir

Fakultet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O'zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-yanvardagi PF-14-son Farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 26-iyuldagi “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” O‘zbekiston Respublikasining davlat standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 327-son buyrug‘i hamda universitet Ilmiy Kengashining 2023-yil 5-iyuldagi 11-sonli yig‘ilishi qarorida belgilangan vazifalar ijrosidan kelib chiqqan holda Universitet rektorining 2023-yil 31-avgustdagi 01-167-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Fakultetga o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili, kompyuter lingvistikasi, sotsiologiya, noshirlik ishi, psixologiya (amaliy psixologiya) kabi ta’lim yo‘nalishlari, o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili, kompyuter lingvistikasi mutaxassisliklari birlashtirilgan.
Fakultetda 4 ta kafedra faoliyat yuritadi:

O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’limi.

tahrir

Ijtimoiy-gumanitar fanlar. Kafedra mudiri: psixologioya fanlari nomzodi, dotsent Aslonov Ilhom Nizomovich. Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar. Kafedra mudiri: texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Elov Botir Boltayevich. Xorijiy tillar. Kafedra mudiri: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Rashidova Nargiza Baxtiyarovna. Fakultetda bir qancha xorijiy davlatlar OTM bilan hamkorlik oʻrnatilgan. Xususan, Qozon Federal universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Ozarbayjon davlat tillar universiteti, Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti, Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti, Anqara universiteti, Belorus davlat universiteti, Gumilev nomidagi Yevroosiyo universitetlari bilan samarali hamkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Fakultetda faoliyat ko‘rsatayotgan olimlar dunyoning turli xalqaro ilmiy markazlari, rivojlangan davlatlarda oʻz maqola, ilmiy izlanishlari, monografiya va o‘quv qo‘llanmalarini nashr qildirishgan. Fakultet jamoasi turli ilmiy loyihalarda munosib ishtirok etmoqda. Xususan, “Turkiy tillarning lingvodidaktik platformasini yaratish”, “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish”, “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi ‒ o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” kabi loyihalar shular jumlasidan. Fakultetda nomdor stipendiya sohiblari, “Yil talabasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari, “Yosh kitobxon” respublika tanlovi sovrindorlari tahsil oladi.