Foydalanuvchi:Karimov khurshid-/qumloq
ABU ALI IBN SINONING DORISHUNOSLIKKA QO`SHGAN XISSASI
-
Abu Ali ibn Sino
Hozirgi fan-texnika va texnologiyalar rivojlangan davrda tibbiyotning
rivojlanishiga katta xissa qo`shgan vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino bemorlarning
davolashda dorilarning qo`llash usullari, dori shakllari hozirda ham saqlanib
qolganligi va kelajak avlodga qo`llanma bo`lib xizmat qilmoqda.
Abu Ali ibn Sino (980-1037 yy.) Buxoro viloyatining Afshona qishlog„ida 980
yilning avgust oyida tug„ilgan. Tibbiyot ilmini Nux al Kumriydan o`rganib o`zinig
zehni va xotirasi juda o`tkirligi sababli 16-17 yoshidanoq mashhur tabib bo`lib
yetishdi. Ibn Sino tabiblik bilan birga umrini turli tibbiyotga doir asarlar yozish bilan
o`tkazdi. Uning 280 dan ortiq asarlari bo`lib ulardan 40 tasi tabobat ilmiga
bag„ishlangan. Bugun dunyoda tibbiyot va farmasiyaning taraqqiyotiga Ibn Sino
o`zining g„oyat katta ta'sirini o`tkazgan. Bundan 10 asr avval, Ibn Sino yashab,
faoliyat ko`rsatgan davrda mustaqil dorishunos xizmat bo`lmagan, u tabiblikdan
endigina ajralib mustaqil ravishda shakllana boshlagan edi. Keyinchalik reseptlar
tarkibi va ularni tayyorlash texnologiyasining murakkablanishi hamda murakkab
dorilarning yangi turlarini hakimlar (yoki tabiblarning bir o`zi bajarish qiyin bo`lib
qoldi. Ibn Sino davrida farmasiya mustaqil fan sifatida ajralmagan edi. Ibn Sino
o`zining farmasevtika masalalariga oid fikrlarini buyuk asari bo`lmish “Tib
qonunlari” ning ayrim kitoblarida bayon etgan. Ibn Sinoning tibbiyot asarlaridan eng
muhimi “Tib qonunlari” bo`lib, asar beshta mustaqil kitoblardan iborat. Kitoblarning
ikkinchi va beshinchisida dorishunoslikka oid ma'lumotlar yozilgan. Xususan
ikkinchi kitobda 700 dan ortiq dori vositalariga tarif berilgan, ularning tayyorlash va
qo`llash usullari ko`rsatilgan. Beshinchi kitobida esa 275 ta murakkab dorilar bayon
etgan. Bulardan tashqari yana 64 ta yurak kasalliklarida ishlatiladigan dorilarni
ko`rsatgan. Ibn Sino bayon etgan murakkab dorilarning soni 400dan oshadi. Shu
bilan birga olim tamonidan kimyoviy moddalar margumush, mis, oltingugurt,
kumush va ularning birikmalaridan foydalanish ilk bor tibbiyotda foydalanilgan.
Beshinchi kitobda esa unda murakkab dorilarni tayyorlash usuli, tanaga ta'siri va
istemol qilish usullari berilgan. Abu Ali ibn Sino bemorlarning davolashda
dorilarning qo`llash usullari hozirda ham saqlanib qolmaygina
xattoki ananaviy usullar hisoblanadi. Ibn Sino sahrodan yig„ilgan
dorilarning hammasi bog„lardan yig„ilganga qaraganda kuchliroq,ko`pincha hajmi kichikroq bo`ladi. Tog„-toshloqlarda terilgan – undanda kuchliroq
deb tariflanadi.
Shunday qilib, dorivor o`simlik mahsulotlarining yuqori sifatli bo`lish mezoni
va unga qo`shiladigan talabni aniqlash bilan Ibn Sino kelajak farmakognoziya faniga
asos solgan. Dorivor o`simliklar mahsulotlarini yig„ish vaqtlari, quritish usullari va
saqlash muddatlari to`g„risidagi Ibn Sino fikrlari, uni dorivor mahsulotlarni yuqori
sifatli bo`lishiga qo`ygan talablari, albatta, kelajakda farmakognoziyaning fan sifatida
shakillanishiga va bu fanni maqsadlarini aniqlashga so`zsiz o`z ta'sirini ko`rsatadi.
Alloma dori vositalarini davolash maqsadida ishlatilishida asosiy uchta prinsipga
rioya etilishi zarurligini ta'kidlaydi. Bular, birinchisi, dorilarni kayfiyatga qarab, ya'ni
issiqlik yo sovuqlik, ho`llik yo quruqligiga qarab tanlash qonuni, ikkinchisi,
dorilarning miqdorini saqlash qonuni; bu ikkinchi qonun dorilarning og„irligini
o`lchash qonuniga va dorilar kayfiyatini o`lchash, ya'ni issiqlik, sovuqlik va
boshqalarning darajasini aniqlash qonuniga bo`linadi. Uchunchisi esa dorilarni
istemol qilish vaqtini aniqlash qonuni. Abu Ali ibn Sino qisqa ammo mazmunli hayot
kechirgan, yaratgan asarlari ayniqsa “Tibbiy doston ” tibbiyotni, xususan
dorishunoslikni rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga buyuk
alloma tabobat mavzuiga oid bir necha nazmiy asarlar yaratgan.U bunday asarlarning
aruzning rajaz vaznida yozganligi jihatidan ularni urjuzalar deb atagan. Abu Ali ibn
Sino tabobatga oid 8 ta doston yozgan va ular quyidagilar: Sog„liqni saqlash-gigiena
haqida urjuza, yilning to`rt fasllari haqida urjuza, anatomiya haqida urjuza,
Gippokrat vasiyatlari haqida urjuza, tajribadan o`tgan amaliyotlar haqida urjuza,
tibbiy nasihatlar haqida urjuza, aloqa haqida urjuza, tabobat haqida urjuza.
“Tibbiy doston” urjuzalarning eng kattasi va mashhuridir.“Tibbiy doston”ning
amaliy qismining ikkinchisi kasallarga dori va ovqat berib dardni tuzatish haqida
dorilar tarkibiy qismi haqida, og„riqni to`xtadigan dorilar haqida, dorilarning
ishlatilishi haqida, yomon a'zolarning davolash va ularning belgilari haqida alohida
alohida to`xtalib o`tib o`z taklif-maslahatlarini bayon etgan.
Yangi dori vositalarini tibbiyot amaliyotida davolash uchun ishlatiladigan ular
ma`lum bor miqdorda ya`ni dozada olinadi. Chunki dori vositalarining tasiri foyda
berishi har tomonlama ularning dozasiga bog`liq. Yuqoridagilardan shuni aytish
mumkinki, yani har qanday dori-darmonlani tayyorlashda ma`lum qoidalarga,
ayniqsa gigiyenik tozalikka, dorilarning tayyorlash texnologiyasiga, qo`shilayotgan
mahsulotlarning miqdoriga tayyor xolga keltirilgan mahsulotni
qo`llash uchun ma`lum miqdor ya`ni dozalarga bo`lish ko`rsatib
o`tilgan. Chunki dori vositasini dozasiga e`tiborsizlik bilan qabul qilish organizmda turli noxush va nojuya o`zgarishlar yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.
Shu bilan birga buyuk tabib dorilarning ishlatilishi yani organizmga yuborish yo`llari
haqida ham qilgan.
Buyuk alloma dorilarning qo`llanish shakllar tariflangan bo`lib, hozirda
zamonaviy tibbiyotda qo`llanilayotgan usullar: ya`ni qattiq shakldagi
(tabletkalar,kukunlar,drajelar), suyuqliklar (eritmalar nastoykalar, damlamalar,
qaynatmalar) ko`rsatish, shu bilan birga dorilarni organizmga igna orqali yuborish
usullari bir necha asr avval ham qo`llanilgan va ularni qo`llash to`g`risidagi fikrlar
bildirilgan. Shu bilan birga dori vositalarini organizmga yuborish yo`llari, so`rilishi,
tanada tarqalishi yig`ilishi qondagi miqdori ma`lum ahamiyatga ega. Shundagina dori
vositasi tana to`qimasi bilan o`zaro bog`lanib o`z tasirini ko`rsatadi. Dorilarning bu
tasir samarasi ko`p tomondan ularning organizmga yuborish yo`llariga bo`liq.
Shunday dorilar borki og`iz orqali qabul qilinsa hech qanday tasir ko`rstmaydi,
boshqa yo`l bilan (inyeksiya) yuborilsa ijobiy tasir ko`rsatadi. Shunday holatlar
bo`lishi mumkinki bir dori vositasi turli yo`llar bilan yuborilganda organizmga
turlicha tasir ko`rsatadi. Shuning uchun har bir dori vositasini organizmga
yuborilganda ijobiy tasiri namoyon bo`ladigan yo`lni to`g`ri tanlash lozim. Ibn Sino
dorilarni organizmga kiritish yo`llari, og`iz, orqa (anal) teshikdan, burun yoki peshob
yo`llaridan kiritish haqida ma`lumotlar nazm ko`rinishida bergan. Ayniqsa og`iz
orqali yuborishning imkoniyati bo`lmaganda hozirda to`g`ri ichak orqali yuborish
ham mumkin va foydali hisoblanganligi haqida xakim davrida bilgan, qo`llagan va
o`z asarlarida yozgan. Hozirda turli texnogen omillarlarning ayniqsa, konserogen
omillarning inson organizmga salbiy tasir ko`payib borayotgan davrda saraton
kasalligini bilan kasallanish xolati ham o`sib borayapti, malumotlarga qaraganda
dunyoda ayniqsa kasalliklar ichida saraton kasalligi bilan kasallanish o`sib
bormoqda. Jahon Sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotlariga ko`ra kelgusi 10-
12 yil ichida dunyo saraton kasalligi bilan to`qnash kelishi mumkin. Chunki dunyo
aholisi o`rtasida semizlik, spirtli ichimliklarni ko`p istemol qilish va sigareta chekish
ko`payib bormoqda bu esa ushbu kasallikni paydo bo`lishisa zamin yaratmoqda.
Yuqoridagi tashkilotning bashorat qilishi bo`yicha 2025 yilga borib 19 mln, 2030
yilda 22 mln, 2035 yilga borib esa 24 mlnga yetishi mumkin. Sharq tabobatida
saroton kasalligi tushunchasi bo`lgan va Ibn Sino ham shu kasalga davo topishga
harakat qilgan. “Tibbiy doston” da buyuk xakim yomon azoni davolash va uning
belgilari haqida to`xtatib o`tgan.
Yuqoridagi keltirilgan ma`lumotlardan shuni xulosa
qilishimiz mumkin buyuk alloma Abu Ali ibn Sino bemorlarni davolashda turli xil dori darmonlardan, dorilarning organizmga kiritish usullaridan
foydalanilgan. Abu Ali ibn Sinoning fikrlari hozirda ham zamonaviy tibbiyotda
foydalanilmoqda, ayniqsa xalq tabobatida muhim roli o`ynamoqda. Shu bilan birga
bo`lajak shifokorlara va dorishunoslar uchun o`quv qo`llanma sifatida ham o`z
ahamiyatiga egadir.