Spiral model xavfga asoslangan Dasturiy taʼminot ishlab chiqish jarayoni modelidir. Maʼlum bir loyihaning oʻziga xos xavf koʻrsatkichlariga asoslanib, spiral model jamoani inkremental, sharshara, yoki evolyutsion prototiplash kabi bir yoki bir nechta jarayon modellarining elementlarini qoʻllashga yoʻnaltiradi.

Tarixi

tahrir

Ushbu model dastlab Barry Boehm tomonidan 1986-yildagi „Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va takomillashtirishning spiral modeli“ nomli maqolasida tavsiflab berilgan[1]. 1988-yilda Boem keng auditoriyaga moʻljallangan shunga oʻxshash maqolani[2] nashr etdi.

Spiral modelning olti oʻzgarmas qoidasi

tahrir

Spiral modelning asl qoʻllanilishi har doim oltita xususiyatni namoyon etadigan sikllarga asoslanadi. Boehm ularning har birini oʻzgarmas qoidani buzadigan „xavfli spiral koʻrinishidagi aldamchi namuna“ misoli bilan koʻrsatib beradi[3]]].

Artefaktlarni bir vaqtning oʻzida aniqlash

tahrir

Loyihaning asosiy artefaktlarini ketma-ket aniqlash koʻpincha manfaatdor tomonlarning „gʻalaba qozonish shartlari“ga (maqsadlar va cheklovlar) mos keladigan tizimni ishlab chiqish imkoniyatini oshiradi.


Manbalar

tahrir
  1. Boehm, B (August 1986). "A Spiral Model of Software Development and Enhancement". ACM SIGSOFT Software Engineering Notes 11 (4): 14–24. doi:10.1145/12944.12948. 
  2. Boehm, B (May 1988). "A Spiral Model of Software Development and Enhancement". IEEE Computer 21 (5): 61–72. doi:10.1109/2.59. http://www-scf.usc.edu/~csci201/lectures/Lecture11/boehm1988.pdf.  (Wayback Machine saytida March 6, 2023, sanasida arxivlangan)
  3. Boehm, B (July 2000). "Spiral Development: Experience, Principles, and Refinements". Special Report (Software Engineering Institute). CMU/SEI-2000-SR-008. https://resources.sei.cmu.edu/asset_files/SpecialReport/2000_003_001_13655.pdf. 

MATLAB’da hodisalarni boshqarish vositalari

tahrir

MATLAB — ilmiy va muhandislik sohalarida keng qo‘llaniladigan dasturlash muhiti bo‘lib, unda hodisalarni boshqarish vositalari tizimlarni real vaqt rejimida boshqarish va modellashtirish imkonini beradi. MATLABning Simulink platformasi foydalanuvchilarga grafik blok diagrammalar orqali dinamik tizimlarni yaratish va simulyatsiya qilish imkonini beradi. Simulink, asosan, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, raqamli signalni qayta ishlash va ishlab chiqarish tizimlarini modellashtirishda qo‘llaniladi[1].

MATLAB’da hodisalarni boshqarishning muhim vositalaridan biri — Stateflow hisoblanadi. Stateflow yordamida holat mashinalari va ketma-ketlikka asoslangan mantiqiy tizimlarni yaratish mumkin. Bu vosita orqali murakkab tizimlarni, masalan, avtomatlashtirilgan transport vositalari va ishlab chiqarish liniyalarini boshqarish uchun foydalanish mumkin. Stateflow foydalanuvchilarga holat diagrammalarini tuzish va shartli oʻtishlarni belgilash imkonini beradi[2].

Bundan tashqari, MATLAB’ning Simulink Coder va Embedded Coder kabi qo‘shimcha vositalari yordamida yaratilgan modellar uchun avtomatik tarzda C yoki C++ kodlarini yaratish mumkin. Bu, MATLAB yoki Simulink modellarini ichki tizimlarda real qurilmalar uchun kod sifatida ishlatishga imkon beradi va avtomatlashtirilgan boshqaruvni amalga oshirishda qulaylik yaratadi[3].

Havolalar

tahrir

Shuningdek qarang

tahrir

Manbalar

tahrir